Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni hajmi


Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari


Download 389.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana04.10.2023
Hajmi389.77 Kb.
#1692030
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni hajmi

 


Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari - bu o'qituvchi tomonidan 
maktab 
o'quvchilarining 
darsdan 
tashqari 
vaqtlarda 
turli 
faoliyatlarni
tashkillashtirish orqali bola shaxsini ijtimoiylashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratishdir. Uning asosiy maqsadi - informatikadan o‘quvchilarning olgan bilim va 
ko'nikmalardagi bo'shliqlarni o'z vaqtida bilib olish to‘g‘rilash, ta’lim sifati va 
szmaradorligiga erishishdir . 
So'nggi yillarda informatika sohasida amaliy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarni 
qayta ishlash texnologiyalari, hususan, multimedia, gipermatn, Internet, bulutli 
texnologiya kabi yangi yo'nalishlarning paydo bo'lishi o’quvchilarda informatika 
bilimlariga bo'lgan qiziqishni yanada orttirdi. 
Informatika o’qituvchishi informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni 
individual, kichik guruhlarda, butun sinf bilan o’tkazishi mumkin. 
 Darsdan tashqari mashg’ulotlarning turlari.
 To‘garak ishlarini tashkil etish; 
 Soha fidoiylari, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar; 
 Bahs munozara kechasini tashkil etish; 
 Iqtidorli bolalar bilan ishlash; 
 Викторина кечалари; 
 “Quvnoqlar va zukkolar, “Zakovat”, “Kim iqtidorli”, “Bilimdonlar klubi” 
kechasini tashkil etish“.
Darsdan tashqari mashg’ulotlar tashkil etishni rejalashtirish. Informatika fanidan 
darsdan tashqari mashg‘ulotlarni rejalashtirish o‘qituvchining ish dasturida, shaxsiy 
ish rejalaridan o‘rin olgan bo‘lib, u dars qoldiradigan, o‘zlashtira olmaydigan 
o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, motivatsiya berishga xizmat qiladi.
O‘
quvchilarning 
darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari, iqtidorli bolalar bilan 
individual shug‘ullanish hamda tarbiyasi og‘ir bolalarga ijobiy ta’sir etish orqali 
ularning tarbiyasi va fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish yo‘llaridan biri–bu 
darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishdir. 
Yoshlarning kompyuterga qiziqishlarini ortganligi sababli bolalarni informatika 
faniga oid to‘garaklarga jalb etish boshqa fanlarga nisbatan bir muncha osonroq 


kechadi. Kompyuter va uning imkoniyatlaridan barcha sohalarda unumli 
foydalanilayotganlik turli sohalarga qiziquvchi bolalarni kompyuter to‘garaklariga 
jalb etish imkonini beradi. 
To‘garaklarni tashkil etish uchun kompyuter xonasi yetarlicha dasturiy vositalar 
bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Masalan, musiqaga qiziquvchilar uchun 
SoudForge, rassomchilikka qiziquvchilar uchun Corel Draw va Photoshop, 
arxitekturaga qobiliyati bor bolalar uchun AutoCad va hokazo dasturni o‘rgatish 
shular jumlasidandir . 
O‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan to‘garaklar avvalo bolalarning 
yoshiga, qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim. Informatika fanidan dasturlash tillarini 
o‘rganishga, veb-sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratishga, umuman 
olganda kompyuter sirlarini o‘rganishva savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan 
bir nechta to‘garaklarni tashkil etish mumkin. 
To‘garaklarni tashkil etilgan yo‘nalishi, tanlangan mavzularini hisobga 
olib, Basic, Pascal, Visual Basic, Delphi dasturlash tillarini yoki ulardan faqat 
bittasini o‘rganuvchilar uchun “Yosh dasturchi”, kompyuter dasturini aralash
o‘rganuvchilar uchun “Yosh informatik”, “Kompyuter savodxonligi”, “Qiziqarli 
informatika” multimedia va animatsiyalar ustida ishlaydiganlar uchun “Yosh 
multiplikatorlar”, sayt yaratuvchilarni “Web-dizayn” kabi nomlar bilan nomlash 
mumkin. 
To‘garak ishini loyihalashtirish uchun o‘qituvchi: 
o‘quvchilarning bilishi lozim bo‘lgan bilimlarni, bajara olishi bo‘lgan ko‘nikmalarni 
belgilab oladi; 
 to‘garak maqsadi, mazmunini belgilab oladi; 
 to‘garak a’zolarini qiziqishlariga ko‘ra tanlaydi
 to‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi; 
 to‘garak a’zolari uchun jurnal tutib, o‘quvchilarni va o‘rganiladigan 
mavzularni qayd etib boradi; 
 yil yakunida to‘garak faoliyati haqida hisobot beradi. 


Misol sifatida informatika o‘qituvchisi tomonidan umumiy o‘rta maktab yuqori 
sinflarida “Yosh informatik” to‘garagini olib borilishini loyihasin keltiramiz. 

Download 389.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling