Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni hajmi


Soha fidoiylari bilan uchrashuvni loyihalashtirish


Download 389.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana04.10.2023
Hajmi389.77 Kb.
#1692030
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni hajmi

Soha fidoiylari bilan uchrashuvni loyihalashtirish. Informatika o‘qituvchisi 
o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtirishi uchun darsdan tashqari tadbirlarda soha 
fidoyilari, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlarni tashkil etish lozim. Informatika 
o‘qituvchisi soha fidoyilari bilan uchrashuvni loyihalashtirishi uchun quyidagicha 
ish yuritadi: 
Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi. O‘quvchilarning uchrashishi lozim bo‘lgan 
informatika sohasi mehnat faxriysi, fidoiylarini aniqlaydi: Ismi sharifi, turar joyi, 
qayerda yashashi, sog‘-salomatligi, uchrashuv joyini (ta’lim muassasasidami yoki 
soha faxriysi uyidami), qaysi vaqtda uchrashuv belgilanishi va h.k. 
Loyihani tayyorlash (konstruktorlik) bosqichi. Uchrashuvga nom tanlaydi. Nom 
tanlashda chiroyli jarangdor fikr-mulohazalar (Kasbim-faxrim, fidoyingmiz ona 
Vatan)dan, maqollardan foydalanishi mumkin. “Mehnat insonni ulug‘laydi”, 
“Mehnatning noni shirin”, “Mehnating qiyin bo‘lsa, yeganing shirin bo‘lar”, 
“Mehnat baxt keltirar” va h.k.
Soha fidoiysi bilan uchrashuvning taklifnomasi va e’lonini tayyorlaydi, tarqatadi
e’lonni e’lonlar doskasiga osadi. O‘quvchilarni uchrashuvga tayyorlaydi: Guruh 
bo‘lib chiroyli guldasta, biror esdalik sovg‘asi olinadi. O‘quvchilar tomonidan 
maqollar, she’r aytish, mehnat fidoiysiga beriladigan savollar tayyorlanadi. Masalan 
[42]: 
 nega siz shu kasbni tanlagansiz? 
 kasbingizning ijobiy tomonlari nimada bo‘lgan? 
 ish jarayonida biror qiziqarli voqea sodir bo‘lganmi? 
 siz boshqatdan tug‘ilib qolsangiz yana shu kasbni tanlarmidingiz? 
 farzandlaringiz, nabiralaringizdan kasbingiz davomchilari bormi? 
 biz yoshlarga qanday tilaklaringiz bor va hokazo. 

Download 389.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling