Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni hajmi
Download 389.77 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni hajmi
1. Tayyorgarlik (izlanish) bosqichida to‘garak a’zolarining bilishi, bajara
olishi kerak bo‘lgan tushunchalarni, maqsadini aniqlaydi “Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida bilishi kerak: kompyuter o‘zi nima, u qanday ishlaydi, qanday asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bor; kompyuter dasturlari va ularning bir-biridan farqi nimada; matn muharriri nima, unda qanday ishlar amalga oshiriladi; prezentatsiya yaratish, slayd-shou, slaydlarga animatsiya, musiqa va boshqa effektlar berish; rasm chizish, uni tahrirlash Microsoft MS operatsion tizimda fayl, papkalar hosil qilish, ularni tahrirlash. “Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida bajara olishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar: kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bilan ishlay olishi; office dasturlari imkoniyatlaridan foydalanib rasmlar chizishi, tahrirlashi; PowerPoint dasturi imkoniyatlaridan foydalanib prezentatsiya yaratib, unda slayd-shou, slaydlarga animatsiya, musiqa va boshqa effektlar berishi; MS Word matn muharririda matnlar kiritish, ularni tahririlash: saqlash, o‘chirish, ko‘chirish, bosmalash, jo‘natish va hokazo amallarni bajara olishi; Microsoft MS operatsion tizimda fayl, papkalar hosil qilish, ularni tahrirlash ishlarini bajara olishi va h.k. “Yosh informatik” to‘garagining maqsadlari [42]: a) ta’limiy maqsad: “Informatika” fanidan o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish; axborotlar ular ustida ishlash: qabul qilish, qayta ishlash, uzatish usul va vositalarini o‘rgatish; kompyuterning ofis dasturlarida ishlash bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; o‘quvchilarda umumiy ta’limga mos bilim malaka va ko‘nikmalalarini shakllantirishga yordam berish; o‘quvchilar olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish. b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda tashkilotchilik, ozodalik, intizomni; kichik guruhlarda ishlash, o‘zaro aloqada bo‘lish, muloqot qilish madaniyatini; ta’lim muassasasi mulkidan ehtiyot bo‘lib foydalanish; sog‘lom turmush tarzi bilim, ko‘nikmalarini shakllantirish. v) rivojlantiruvchi maqsad; o‘quvchilarda qo‘yilgan masalani yechishda ijodiy va oqilona yondashuvni, xotira, diqqat, kuzatuvchanlik, asbtrakt va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish. 1. Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichida to‘garak mazmunini belgilaydi, qatnashchilarni tanlaydi, to‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi, e’lonlar doskasiga osadi. 2. To‘garak mazmunini belgilab olish uchun to‘garakning o‘qitilishi lozim bo‘lgan mavzulari tematik rejalashtiriladi. Haftasiga bir soatdan yil davomida 36 soat (17.1-jadval). “Yosh informatik” to‘garagi mazmuni (17.1-jadval). SSa na t.r Mashg‘ulot mavzusi v v aq t Bo‘limning mazmuni 1. Kirish. To‘garak haqida ma’lumot, texnika xavfsizligi qoidalari, kompyuternirng asosiy va qo‘shimcha qurilmalari. 1 To‘garakda o‘rganiladigan mavzular, adabiyotlar, texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish, kompyuternirng asosiy va qo‘shimcha qurilmalari ishlash jarayoni bilan tanishtirish Raint grafik muharriri 2. Raint grafik muharriri bilan tanishish, dasturning oyna tuzilishi, asboblar paneli 2 Raint grafik muharririning dasturiy ta’minoti, dasturga kirish, chiqish, ranglarni o‘zgartirish, siniq, to‘g‘ri chiziqlar geometrik figuralar murakkab chizmalarni chizish, ularni tahrishlash, ranglash ishlarni bajarish. Chizmalarga matnlarni kiritish, matnlarni tahrirlash, matn ranglarini o‘zgartirish. “Mening oilam”, “Bizning hovli”, “Bizning qishloq” va hokazo nomdagi rasmlarni chizish. Ushbu dasturda bajarilgan ish bo‘yicha taqdimot qilish. 3. Ranglar palitrasi, to‘g‘ri va siniq chiziqlarni chizish 1 4. Geometrik figuralarni chizish, tahrirlash. 1 5. Geometrik shakllar yordamida murakkab shakllarni yaratish 1 6. Grafik muharririda matnlar bilan ishlash 1 7. Grafik muhurririda “O‘z ijodingizni qo‘rsating”, ixtiyoriy ijodiy ish. 2 8. Bajarilgan ishlarni namoyish etish. 1 Word matn muharririda ishlash 9. Word matn muharriri, uning menyusi bilan tanishish 2 Word matn muharriri dasturi haqida tushunchalar olish, dastur oynasi qismlari bilan, menyu va uning vazifalari bilan tanishish, matn terish ishini bajarish. Matnda jadval qo‘yish, jadvalni tahrirlash, WordArt 10. Word matn muharriri matn terish, matnni tahrirlash 1 11. Word matn muharriri jadval bilan ishlash 1 12. Word matn muharriri WordArtda ishlash 1 13. Word matn muharririda rasm, figura va diagrammalar bilan ishlash 1 dasturi ishi bilan tanishish, unda turli yozuvlarni bajarish. Matnda rasm, diagramma, figuralar tushirish, sahifalarni betlash, matn qismlarini belgilab, tahrirlash, matnda formulalar tushirish, ularni tahrirlash. Matnga turli simvollar tushirish, simvollarni tahrirlash, gipermurojaatlar o‘rnatish. Katta hajmdagi mantlardan kerakli so‘zlarni qidirib topish, bir so‘zni boshqa so‘z bilan almashtirish. Matn muharirida saqlangan fayllarni .rtf, ko‘rinishlarida o‘tkazish. Word matn muharririda o‘rganilganlarni xulosalash. 14. matn muharririda sahifani betlash, o‘chirish ko‘chirish 1 15. matn muharririda formulalar bilan ishlash 1 16. matn muharririda simvollar bilan ishlash 1 17. matn muharririda giper murojaatlar hosil qilish 1 18. matn muharririda qidirish “Nayti”, almashtirish “zamenit” ishini amalga oshirish 1 19. Faylni ko‘chirish, o‘chirish, nomini o‘zgartirish, .rtf, .pdf shakllariga o‘tkazish 1 20 Word matn muharririni yakunlovchi dars 1 Power Pointda prezentatsiyalar yaratish 21. Power Point dasturi bilan tanishish 2 Power Point dasturi haqida tushunchalar olish, dastur oynasi qismlari bilan, menyu va uning vazifalari bilan tanishish, Yangi slaydlar hosil qilish, slayd fonida turli shablonlardan foydalanish, 22. Slaydlar yaratish, slayd fonida turli shablonlardan foydalanish 1 23. Slaydda rasm va boshqa bezash usullaridan foydalanish 1 24. Obyektlarga animatsiya effektlarini qo‘llash 1 25. Slaydda musiqa joylashtirish 1 Slaydda rasm va boshqa bezash usullaridan foydalanish, slayd obyektlariga animatsiya effektlarini qo‘llash, slaydda musiqa joylashtirish, slaydda gipermurojaatlarni joylashtirish, slaydda jadvaldan foydalanish, slaydda formula va simvollardan foydalanish. Prezentatsiyalarni ochish, yopish, bosmalash, saqlash va jo‘natish, hosil qilingin prezentatsiyalarni taqdimotini o‘tkazish, o‘tilganlarni xulosalash. 26. Slaydda gipermurojaatlarni joylashtirish 1 27. Slaydda jadvaldan foydalanish. 1 28. Slaydda formula va simvollardan foydalanish. 1 29. Slaydda figura, diagrammalardan foydalanish. 1 30. Prezentatsiyalarni ochish, yopish, bosmalash, saqlash va jo‘natish. 1 31. Prezentatsiya taqdimotini o‘tkazish. 1 32 Power Point bo‘yicha yakuniy dars 1 Download 389.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling