Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifasi


Download 48.5 Kb.
bet1/6
Sana13.04.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1355333
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari


Mavzu:Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

Reja:


  1. Fanning predmeti va vazifasi.

  2. Axborotning jamiyat, ishlab chiqarish va fandagi o`rni.

  3. Axborotni yig`ish, saqlash va ishlov berishning yangi texnologiyasi.

  4. Axborot turlari. Axborotlarni kompyuterda tasvirlash usullari.



Fanning predmeti va vazifasi
"Informatika va axborot texnologiyalari" fanining predmeti bir-biri bilan o`zviy bog`liq uchta tushuncha: algoritmlash, dasturlash va kompyuterdan tashqil topgan bo`lib, talabalarning algoritmik fikrlash madaniyatini ustirish, kom­pyuter savodxonligini oshirish va kompyuterni o`qish jarayonida, ilmiy texnik hisoblash ishlarida, ilmiy izlanishlarda qo`llash bilimlarini berishni nazarda tutadi.
"Informatika va axborot texnologiyalari" fanining vazifasi talabalarga kompyuterda qayta ishlov uchun zarur bo`lgan axborotlarni tasvirlash, yechilayotgan masalani birmuncha sodda bulaklarga bo`lib, matematik modellash asoslarini o`zlashtirish, asosiy algoritmlar turlarini, algoritmik tillardan birini mukammal bilish, dastur tuzish va uni kompyuterga kiritib natija olish va shaxsiy kompyuterlarda ishlashni urgatishdan iboratdir.


Axborotning jamiyat, ishlab chiqarish va fandagi o`rni
Insoniyat o`zining rivojlanishi tarixi mobaynida modda, quvvat va axoborotlarni o`zlashtirib kelgan. Bu rivojlanishning butun bir davrlari shu bosqichning ilg`or texnologiyasi nomi bilan atalgan. Masalan: "tosh asr" - mexnat quroli yasash uchun toshga ishlov berish texnologiyasini egallash bosqichi, "kitob chop etish asri" - ax­borotni tarqatishni yangi usulini o`zlashtirish bosqichi, "elektr asri" - quvvatning yangi turlarini o`zlashtirish bosqichi shular jumlasidan­dir. Bundan 20-30 yillar ilgari "atom asri" boshlandi deyilgan bo`lsa, hozirgi kunda "axborot asri", "Kompyuter asri" deb aytiladi.

Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling