Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifasi


Informatika va axborot texnologiyalari


Download 48.5 Kb.
bet2/6
Sana13.04.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1355333
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

Informatika va axborot texnologiyalari fanining kelib chiqishi, uning uch tarkibiy qismi algoritm, dastur va hisoblash vositalari kompyuterning paydo bo`lishi va rivoj­lanishi bilan bog`liq. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida fanlarning yangi yunalishlari va yangi fanlarning paydo bo`lishi ishlov berish uchun zarur bo`lgan axborotlar hajmini keskin oshib ketishiga olib keldi. XX asr o`rtalarida yaratilgan axborot­larni avtomatik ishlov qurilmasi-elektron hisoblash mashina (kompyuter) lar katta hajmdagi axborotlarni saqlab turish va katta tez­likda ishlov berish imkoniyatini tug`dirdi. Buning natijasida esa murakkab ilmiy-texnik masalalarni (atom energetikasi, kosmosni o`zlashtirish, ob-havo bashorati, ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqarish, avtomatlashtirilgan loyixalash va x.k.) yechish, ularni tahlil qilish mumkin bo`lib qoldi. Demak, quyillgan masalani to`g`ri yechib olish uchun zarur bilim va maxorat (algoritm va usul), kompyuter tushunadigan dastur va kompyuterning o`zi bir butunning uch qismi, biz urgananishimiz kerak bo`lgan fanning tarkibiy qismidir.
"Informatika va axborot texnologiyalari" axborotlarni kompyuter yordamida tasvirlash, saqlab turish, uzatish va ishlov berish usullarini urganadigan fandir.
Bu fan ham boshqa fanlar qatorida olamni bilish uchun xizmat qiladi. Olamdagi har bir jonli va jonsiz mavjudot makonda va vaqtda o`zgarib turadigan modda va quvvat ko`rinishda namoyon bo`la­di. Modda va quvvat dunyoning ikki muhim mazmuni, uning ikki muhim tarkibiy qismidir. Lekin borliqning mavjud bo`lishi va uni bilishning yana bir muhim va zarur mazmuni bor, bu ham bo`lsa axborotdir.
Axborot umumiy ta`rifga ega bo`lmagan imperik tushuncha bo`lib, axborot nima degan savolga, falsafa fani bizni o`rab turgan borliqning ifoda­si deb tushuntirsa, axborotlardan amalda foydalanuvchilar axborot bu saqlanish, shakl o`zgartirish va uzatish mumkin bo`lgan ashyo (ob`ekt) deb tushuntiradi.
Atrofimizni o`rab turgan borliq haqidagi bilimlar yoki har qanday ma`lumotlar axborot deb ataladi.
Axborot odamlar bir-biriga og`zaki, yozma yoki boshqa usulda (shartli signallar, texnika vositalari yordamida) beriladigan ma`lu­mot, shuningdek ularni berish va olish jarayonidir. Axborot ayirboshlash nafaqat odamlar o`rtasida, balki odam bilan kompyuter, kompyuter bilan kompyuter o`rtasidagi ma`lumotlarni, hayvonlar va o`simliklar o`rtasidagi xabar (signal) almashinishi yoki to`qimadan to`qimaga, organizmdan organizmga irsiy va boshqa alomatlar orqali o`tish ko`rinishida sodir bo`lishi mumkin.
Insonning ijodiy yoki mexnat faoliyati, fan va texnikaning rivoji, jonli mavjudotlarning o`zini to`tishi, har qanday avtomatik tarzda ishlaydigan qurilmalar faoliyati axborotni ayirboshlash bilan bog`liq.
Xozirgi kunda axborot juda katta ahamiyatga ega. Inson faoliya­tining hamma sohalarida axborotlarni qayta ishlaydi:
- yangi ma`lumotlarni (ro`znoma, kitob, havo mavjlari, televizor, o`zaro fikr almashinish orqali) oladi.
- kundalik hayotda oldindan ma`lum axborotlarni ishlatadi.
-yangi axborotlar yaratadi (fanda, adabiyotda, san`atda);
Qishloq xo`jaligi, sanoat yoki maishiy xizmat sohalari axborotni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan inson faoliyatining asosiy sohasi emas, lekin fan, siyosat, boshqarish, san`at esa asosiy sohalardan hisoblanadi.
Insonning o`zi katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlay olmay­di unga kompyuter yordamga keladi.

Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling