Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifasi


Download 48.5 Kb.
bet5/6
Sana13.04.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1355333
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

Misollar:
1) Koptok sakkizta qutidan birida joylashgan degan xabarda - axborot noaniqligi 8 ga teng.
Axborot noaniqligini teng ikki martaga kamaytiradigan ma`lumot, bu axborot o`lchov birligi bit deb ataladi.
2) Kitob javonining ikki qatoridan birida kitob joylashgan. Ki­tob birinchi qatorda deb aytsak, 1 bit axborot bergan bo`lamiz.
Zamonaviy Rkompyuter larda axborotni signallarning ketma-ketligi yor­damida kodlashning ikkilik usuli ishlatiladi. Bir holatni 0 raqami bilan ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan. Bunday kodlash ikkilik kodlash deyiladi, 0 va 1 raqamlari esa bit (binary digit ya`ni bit-ikkilik raqam) deb ataladi. Matnli axborotni ikkilik kodlashda har bir belgiga uning kodi-belgilangan miqdor­dagi 0 lar va 1 lar ketma-ketligi mos keladi. Kompyuterda bir belgiga bayt (byte) deb ataladigan 8 ta 0 va 1 dan tashkil topgan ketma­-ketlik mos keladi. Bu turdagi ketma-ketliklar jami 2 = 256 ta bo`lib, turli belgilarni kodlash imkonini beradi. Demak, har qanday belgi bayt yoki 8 bit axborot hajmiga ega.
Masalan: Informatika de­gan so`z orqali berilgan ma`lumot 11 bayt, 1 raqam 1 bayt, 10 soni esa 2 bayt hajmiga ega. Bayt va bitlar xotiraning "sig`imini" o`lchash va ikkilik ma`lumotlarni uzatish tezligini o`lchash uchun ham ishla­tiladi.
Uzatish tezligi-1 sekundga uzatiladigan bitlar soni bilan o`lchanadi (masalan 19200 bit/sek.). Bir sekundda bajara oladigan amallar soni kompyuterning hisoblash tezligi deb ataladi (masalan 500000 amal/sek.). Ikkilik ma`lumotlardagi axborot miqdorini o`lchash uchun bit va baytlardan tashqari, quyildagi birliklardan ham foy­dalaniladi.
1 kbayt (bir kilobayt) = 2^10 = 1024 bayt (1 ming bit)
1 mbayt (bir megabayt) = 2^20 = 1048576 bayt
1 gbayt (bir gegobayt) = 2^30 = 1 mlrd. bayt
1 tbayt ( bir terabayt) = 2^40 = 1 tlrd. bayt
Yuqorida aytganimizdek ikkilik kodlashdagi 0 va 1 raqamlarini kompyuterda ifodalash uchun turg`un holati ikkita bo`lgan elementdan foyda­laniladi. Elementning turg`un holatlaridan biri 0 ni ifodalasa, ikkinchisi 1 ni ifodalaydi. Ikkita turg`un holati bor bo`lgan elementni tex­nik jixatdan yaratish, 8 ta yoki 10 ta turg`un holatli elementni yaratishga qaraganda osonroq.
Demak, har qanday sonlar 0 va 1 ning termalaridan (kombina­tsiya) iborat bo`ladi. Shuning uchun ham ikkilik sanoq sistemai
Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling