Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifasi


Download 67.5 Kb.
bet6/9
Sana02.01.2022
Hajmi67.5 Kb.
#193558
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
axborot texnologiyalari fanidan Elektron portfolio

Kompyuter deganda, axborotlar va hisoblashlarni algoritm asosida ish­lov berishni tezlashtiradigan yoki avtomatik tarzda amalga oshiradigan qurilma tushuniladi.

Informatika va axborot texnologiyalari axborot­ni kompyuter yordamida ishlov berishni urganadi.

Xammaga ma`lumki kompyuter hisoblashlarni avtomatlashtirish vositasi­dir. Hisoblash mashinasi keng ko`lamdagi masalalarni: fan, texnika, tibbiyot, aloqa va boshqalarni hisoblashda ishlatiladi.


Axborot turlari. Axborotlarni kompyuterda tasvirlash usullari

Axborotni abstrakt tushunchalar qatoriga, masalan matematik formulalar qatoriga quyilsh mumkin, lekin u har doim moddiy-quvvat shaklida fizik asosga ega bo`lgan holda namoyon bo`ladi va shuning uchun ham uni o`lchash mumkin. Uzunlik, massa, vaqt, tok va boshqalarni o`lchash uchun asboblar va o`lchash usullari o`ylab topilgan.

Turli xildagi hodisa va ashyolarning vaqt va fazodagi holati fizik kattaliklar bilan aniqlanadi. Fizik kattaliklar turli qiymatlar qabul qilishi mumkin. Ma`lum bir tuplamda cheksiz ko`p miqdor­dagi bir-biriga juda yaqin turli qiymatlar qabul qila oladigan kattaliklar uzluksiz kattaliklar deb, uzluksiz kattaliklar vosi­tasida olinadigan axborotlar uzluksiz axborotlar deb ataladi. Masalan: jism massasi, isitilgan yoki yortilganlik darajasi, vaqt va x.k.

Ma`lum bir to`plamda cheklangan miqdordagi turli xil, alohida-alohida qiymatlar qabul qila oladigan kattaliklar uzlukli (diskret) kattaliklar deb, uzlukli kattaliklar vositasida olinadigan axborot­lar uzlukli axborotlar deb ataladi. Masalan: odamlar soni, olamdagi elektronlar soni, kitob varag`ini tartib raqami, uyning soni, masa­laning soni qiymati va x.k.

Aynan ana shu uzlukli kattaliklar orqali axborotni ifodalash usuli kompyuterlarda qo`llaniladi.

Kundalik hayotimizda uzlukli axborotni biz so`zlar orqali o`zlashtirib kelamiz. So`zlar esa o`z navbatida harf va maxsus belgilar­dan tashqil topadi. Bu turdagi axborotlar matnli axborot deb ataladi. Qayta ishlayotgan axborot turiga qarab, hisoblash texnikasi vositalari 3 turga bulinadi:

1) Uzluksiz (analog) elektron hisoblash mashinasi (AEHM), bu xildagi mashinalarda vaqt birligi ichida uzluksiz axborotlar ustida hisoblash ishlari bajariladi.

2) Raqamli (diskret) elektron hisoblash mashinasi (REHM), bu­larda vaqt birligi ichida raqamlardan tashqil topgan diskret (uzlukli) qiymatlar ustida amallar bajariladi.

3) Aralash (gibrid) elektron hisoblash mashinasi (GEHM) bu xildagi mashinalar AEHM larni axborotni uzluksiz kiritib-chiqarish, REHM larni esa axborotlarni katta tezlikda ishlov berish kabi xusu­siyatlarni o`zida mujassamlashtirgan.

Ma`lumotdagi axborot miqdorini o`lchash mumkinligini quyildagicha tushuntirsa bo`ladi. Biror hodisa yoki ashyo haqidagi son qiymatlar ko`rinishida berilgan ma`lumot va uni ortib borishi, ayni paytda bil­maslik darajamizning kamayishi yoki axborot noaniqligining kamayishiga olib keladi.

Masalan, Axmedov A. Qodiriy ko`chasida yashaydi degan xabar bor. Uning uyi ko`chaning juft raqamli tomonida deb atalishi noaniqlikni ka­maytiradi.


Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling