Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifasi
Download 67.5 Kb.
|
axborot texnologiyalari fanidan Elektron portfolio
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot turlari. Axborotlarni kompyuterda tasvirlash usullari
Kompyuter deganda, axborotlar va hisoblashlarni algoritm asosida ishlov berishni tezlashtiradigan yoki avtomatik tarzda amalga oshiradigan qurilma tushuniladi.
Informatika va axborot texnologiyalari axborotni kompyuter yordamida ishlov berishni urganadi. Xammaga ma`lumki kompyuter hisoblashlarni avtomatlashtirish vositasidir. Hisoblash mashinasi keng ko`lamdagi masalalarni: fan, texnika, tibbiyot, aloqa va boshqalarni hisoblashda ishlatiladi. Axborot turlari. Axborotlarni kompyuterda tasvirlash usullari Axborotni abstrakt tushunchalar qatoriga, masalan matematik formulalar qatoriga quyilsh mumkin, lekin u har doim moddiy-quvvat shaklida fizik asosga ega bo`lgan holda namoyon bo`ladi va shuning uchun ham uni o`lchash mumkin. Uzunlik, massa, vaqt, tok va boshqalarni o`lchash uchun asboblar va o`lchash usullari o`ylab topilgan. Turli xildagi hodisa va ashyolarning vaqt va fazodagi holati fizik kattaliklar bilan aniqlanadi. Fizik kattaliklar turli qiymatlar qabul qilishi mumkin. Ma`lum bir tuplamda cheksiz ko`p miqdordagi bir-biriga juda yaqin turli qiymatlar qabul qila oladigan kattaliklar uzluksiz kattaliklar deb, uzluksiz kattaliklar vositasida olinadigan axborotlar uzluksiz axborotlar deb ataladi. Masalan: jism massasi, isitilgan yoki yortilganlik darajasi, vaqt va x.k. Ma`lum bir to`plamda cheklangan miqdordagi turli xil, alohida-alohida qiymatlar qabul qila oladigan kattaliklar uzlukli (diskret) kattaliklar deb, uzlukli kattaliklar vositasida olinadigan axborotlar uzlukli axborotlar deb ataladi. Masalan: odamlar soni, olamdagi elektronlar soni, kitob varag`ini tartib raqami, uyning soni, masalaning soni qiymati va x.k. Aynan ana shu uzlukli kattaliklar orqali axborotni ifodalash usuli kompyuterlarda qo`llaniladi. Kundalik hayotimizda uzlukli axborotni biz so`zlar orqali o`zlashtirib kelamiz. So`zlar esa o`z navbatida harf va maxsus belgilardan tashqil topadi. Bu turdagi axborotlar matnli axborot deb ataladi. Qayta ishlayotgan axborot turiga qarab, hisoblash texnikasi vositalari 3 turga bulinadi: 1) Uzluksiz (analog) elektron hisoblash mashinasi (AEHM), bu xildagi mashinalarda vaqt birligi ichida uzluksiz axborotlar ustida hisoblash ishlari bajariladi. 2) Raqamli (diskret) elektron hisoblash mashinasi (REHM), bularda vaqt birligi ichida raqamlardan tashqil topgan diskret (uzlukli) qiymatlar ustida amallar bajariladi. 3) Aralash (gibrid) elektron hisoblash mashinasi (GEHM) bu xildagi mashinalar AEHM larni axborotni uzluksiz kiritib-chiqarish, REHM larni esa axborotlarni katta tezlikda ishlov berish kabi xususiyatlarni o`zida mujassamlashtirgan. Ma`lumotdagi axborot miqdorini o`lchash mumkinligini quyildagicha tushuntirsa bo`ladi. Biror hodisa yoki ashyo haqidagi son qiymatlar ko`rinishida berilgan ma`lumot va uni ortib borishi, ayni paytda bilmaslik darajamizning kamayishi yoki axborot noaniqligining kamayishiga olib keladi. Masalan, Axmedov A. Qodiriy ko`chasida yashaydi degan xabar bor. Uning uyi ko`chaning juft raqamli tomonida deb atalishi noaniqlikni kamaytiradi.
Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling