"informatika va axborot texnologiyalari" kafedrasi mavzu: texnologik jarayonlarni modellashtirish va optemallashtirish fanidan
Download 1.17 Mb.
|
Bekzod kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olingan natijalarning asoslanganligi.
- Ishning amaliy ahamiyati.
Olingan asosiy natijalar.
- tajriba natijalariga asoslanib ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’lanish kuchsiz, o’rtacha, kuchli va hokazo munosabatda ekanini aniqlash algoritmi va dasturi tuzildi; - ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’lanish kuchsiz bo’lmagan holda mavjud adabiyotlarda keltirilgan usullardan foydalanib jarayonni ifodalaydigan funksiya ko’rinishini aniqlashning algoritmi va dasturi ishlab chiqildi; - aniqlangan funksiyaning no’malum koeffisientlarni aniqlash uchun eng kichik kvadratlar usulidan foydalanib algoritm va dastur ishlab chiqildi; - olingan natijalarni qulay ko’rinishda taqdim qilish uchun grafiklarda ifoda etish; - tuzilgan algoritm asosida Paskal tilida dastur tuzildi va aniq boshlang’ich qiymatlarda natijalar olinib uning adekvatligi tekshirildi; - foydalanuvchi qulay grafik interfeysini ta’minlash maqsadida Paskal tilida tuzilgan dastur Delphi dasturlash muhitida ifodalandi; - olingan natijalarni qulay ko’rinishda taqdim qilish uchun Delphi imkoniyatlaridan foydalangan holda grafiklarda ifoda etildi. Olingan natijalarning asoslanganligi. Olingan natijalar model, matematik modellashtirish tamoyillariga va ob’yekt faktorlarining mavjud adabiyotlardagi matematik statistika usullariga asoslangan. Tadqiqot yangiligi . Berilgan tajriba natijalariga asoslanib: - Empirik taqsimotning statistik ko’rsatgichlari aniqlandi; - bog’liqlik regressiya tenglamasi amaliyotda ko’p uchraydigan ettita tenglama asosida tuzildi; - eng kichik kvadratlar usulini qo’llab ko’phad koeffistentlarini aniqlash ishlari amalga oshirildi, bunda asosiy model sifatida bir necha ko’rinishidagi modellar tanlandi, ushbu modellarning murakkablik tomoni shundan iboratki, ularni barchasini chiziqli ko’rinishga olib kelinadi; - bog’liqlik regressiya tenglamasi tuzildi; - olingan natijalarni qulay ko’rinishda taqdim qilish uchun Delphi imkoniyatlaridan foydalangan holda grafiklarda ifoda etildi. Ishning amaliy ahamiyati. Berigan tajriba natijalaridan sonli qiymatlarni tahlil qilgan holda ulardagi qo’pol xatolarni saralash usuli joriy qilindi, bog’liqlik tenglamasini tuzishning barcha bosqichlari uchun algoritimlar ishlab chiqildi, ularning dasturi Paskal tilida va Delfi dasturlash tilida tuzildi, grafiklarni chiqarish uslublari joriy etildi. Ushbu ishda ilmiy - tadqiqot, tajriba natijalariga ko’ra olingan sonli qiymatlar alosida ushbu jarayonni matematik modelini tuzish ketma ketligi bayon qilingan ekan, undan xalq xo’jaligining, iqtisodiyotining sohalarida olingan tajriba natijalarini qayta ishlashda foydalanish mumkin, shuningdek ushbu ketma-ketlikda Fermer xo’jaligini boshqarish, amaliy matematika va informatika, menejment kabi bakalavrlik ta’lim yo’nalishlarida ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda foydalanish mumkin. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling