6. Modelning asosiy mazmunini aniqlash. Bu bosqichda modelning asosiy mazmuni aniqlanadi va qabul qilingan gipotezalar va farazlar asosida ishlab chiqilgan tizimning modelini qurish usuli tanlanadi. Bunda quyidagi xususiyatlari hisobga olinadi: a) tizimning modellashtirish masalasini ifodalash (formulirovkalash); b) S tizimning strukturasi va uning xulqi algoritmlari, E tashqi muhitning ta’siri; d) modellashtirish masalasining yechish vositalari va imkoni bo‘lgan usullari.
7. Tizimning samaradorligini baholash mezonlarini asoslash. Modellashtirilayotgan S tizimning ishlash jarayonining sifatini baholash uchun samaradorlikni baholash mezonlarining ba’zi majmuini tanlash kerak. Ya’ni masalaning matematik qo‘yilishi samaradorlikni baholash uchun kerakli munosabatni xuddi tizimning parametrlari va o‘zgaruvchilarining funksiyalarini olish kabi amalga oshirishga olib keladi. Bu funksiya o‘zidan parametrlar va o‘zgaruvchilarning o‘zgarishi tadqiq qilinayotgan sohada javob yuzasini ifodalaydi va tizimning reaksiyasini aniqlashga imkon beradi. S tizimning samaradorligini ko‘rilayotgan masalaga qarab integralli yoki xususiy mezonlar yordamida baholash mumkin.
8. Approksimatsiya protseduralarini aniqlash. S tizimda o‘tayotgan real jarayonlarni approksimatsiyalash uchun odatdagiday protseduralarning uchta ko‘rinishidan foydalaniladi: a) determinanlangan; b) ehtimolliy; d) o‘rta qiymatlarni aniqlash.
Determinanlangan protsedura qo‘llanganda modellashtirish natijalari S tizimning kirish ta’sirlari, parametrlari va o‘zgaruvchilari berilgan majmui bo‘yicha bir qiymatli aniqlanadi. Bu holda modellashtirish natijalariga ta’sir qiluvchi tasodifiy elementlar bo‘lmaydi. Ehtimoliy protsedura tasodifiy elementlar, E tashqi muhit ta’sirini qamrab olganda, S tizimning ishlash faoliyati xarakteristikasiga ta’sir qiladi va chiqish o‘zgaruvchilarining taqsimlash qonuniyatlari haqida axborotni olish zarur bo‘lganda qo‘llaniladi. O‘rta qiymatlarni aniqlash protsedurasi tizimning modellashtirishda tasodifiy elementlar mavjudligida chiqish o‘zgaruvchilarning o‘rta qiymatlari qiziqtirganda qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |