4. gipotezalarni ko‘rsatish va farazlarni qabul qilish. S tizimning modelini qurishda gipotezalar tadqiqotchi tarafidan masalani tushunishdagi «kamchiliklar» ni to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Mashinali eksperiment o‘tkazishda haqqoniyligi tekshiriladigan S tizimning modellashtirish imkoni bor (joiz) natijalariga nisbatan gipotezalar ham ko‘rsatiladi. Farazlar shuni nazarda tutadiki, ba’zi bir ma’lumotlar noma’lum yoki ularni olish mumkin emas. Farazlar masalani yechish talablariga javob bermaydigan ma’lum ma’lumotlarga nisbatan qo‘yilishi mumkin. Farazlar modellashtirishning tanlangan darajasiga muvofiq modelni soddalash imkonini beradi. Gipotezalarni ko‘rsatishda va farazlarni qabul qilishda quyidagi omillar hisobga olinadi: a) masalalarni yechish uchun mavjud axborotlarning hajmi; b) yetarli bo‘lmagan axborotli nimmasalalar; d) masalani yechish uchun vaqt resurslariga chegaralanishlar; e) kutilayotgan modellashtirish natijalari.
Shunday qilib, S tizimning modeli bilan ishlash jarayonida, modellashtirishning olingan natijalari va obyekt haqida yangi axborotga bog‘liqligiga qarab, bu nimbosqichga ko‘p marta qaytib kelish mumkin.
5. Modelning parametrlari va o‘zgaruvchilarini aniqlash. Matematik modelning tavsifiga o‘tishdan avval, , , tizimning parametrlarini, , , , , kirish va chiqish o‘zgaruvchilarini, , bu tashqi muhitning ta’sirini aniqlash kerak. Bu nimbosqichning yakuniy maqsadi – E tashqi muhitda ishlayotgan, S tizimning matematik modelini qurishga tayyorgarlikdir. Buning uchun modelning barcha parametr va o‘zgaruvchilarini ko‘rib chiqish va tizimning yaxlit ishlash jarayoniga ularning ta’sir darajasini baholash zarur. Har bir parametr va o‘zgaruvchilarning tavsifi quyidagi shaklda berilish kerak:
a) ta’rif va qisqacha tavsif; b) belgilash simvoli va o‘lchash birligi; d) o‘zgarish ko‘lami; e) modelda qo‘llash joyi.
Do'stlaringiz bilan baham: |