"informatika va axborot texnologiyalari" kafedrasi mavzu: texnologik jarayonlarni modellashtirish va optemallashtirish fanidan


Modellashtirish natijalarini chiqarish va tavsiyalar berish


Download 1.17 Mb.
bet21/24
Sana05.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1275377
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Bekzod kurs ishi

Modellashtirish natijalarini chiqarish va tavsiyalar berish.
Bu nimbosqichni o‘tkazish oldingi ikkinchi bosqich bilan chambarchas bog‘liq. Modellashtirish yakunlarini chiqarishda model ustida tajriba rejasiga muvofiq olingan natijalarning bosh xossalari belgilanishi, gipotezalar va farazlarni tekshirilishi o‘tkazilgan bo‘lib, bu natijalar asosida xulosalar bajarilgan bo‘lish kerak. Bularning hammasi modellashtirish natijalaridan amaliy foydalanish tavsiyalarini ifodalashga imkon beradi, masalan S tizimning loyihalashtirish bosqichida.
Uchinchi bosqich bo‘yicha texnikaviy hujjatlarni tuzish.
Bu hujjatlar o‘z ichiga quyidagilarni olish kerak: a) mashinali eksperimentni o‘tkazish rejasi; b) modellashtirish uchun kirish ma’lumotlar to‘plamlari; d) tizimni modellashtirish natijalari; e) modellashtirish natijalarini tahlili va bahosi; f) olingan modellashtirish natijalari bo‘yicha xulosalar; g) mashinali modelni keyingi mukammallashtirish yo‘llarini va uni amalga oshirishning mavjud sohalarini ko‘rsatish.
Ko‘rilgan bosqichlarning har biri bo‘yicha EHMda S aniq tizimni modellashtirish bo‘yicha texnikaviy hujjatlarning to‘la majmui bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, S tizimning modellashtirish jarayoni modellash­tirishning sanab o‘tilgan bosqichlarini bajarishga olib keladi. konseptual modelini qurish bosqichida modellanadigan obyektni tadqiqi o‘tkaziladi, kerakli approksimatsiyalar aniqlanadi va modelning mantiqiy sxemasi va dasturning sxemasini ketma-ket qurish yo‘li bilan modellashtirishning ikkinchi bosqichida MM mashinali modelga qayta o‘zgartiriladigan umumlashgan sxemasi quriladi. Modellashtirishning oxirgi bosqichida EHMda ishchi hisoblar o‘tkaziladi, S tizimning modellashtirish natijalari olinadi va talqin qilinadi.
Ko‘rib chiqilgan bosqichlar va nimbosqichlarning ketma-ketligi S tizimning modelini qurish va amalga oshirishning eng umumiy yondashuvini aks ettiradi. Keyinchalik modellashtirish jarayonining eng muhim tashkil etuvchilarida to‘xtalamiz.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling