"informatika va axborot texnologiyalari" kafedrasi mavzu: texnologik jarayonlarni modellashtirish va optemallashtirish fanidan


Tizimning konseptual modelini tavsiflash


Download 1.17 Mb.
bet15/24
Sana05.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1275377
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Bekzod kurs ishi

9. Tizimning konseptual modelini tavsiflash. Tizimning modelini qurish bu nimbosqichida: a) konseptual model abstraktli atamalar va tushunchalarda tavsiflanadi; b) namunaviy matematik sxemalardan foydalanib modelning tavsifi beriladi; d) gipotezalar va farazlar yakuniy qabul qilinadi; e) modelni qurishda real jarayonlarning approksimatsiya protseduralarini tanlash asoslanadi. Shunday qilib, bu nimbosqichda masalaning to‘liq tahlili o‘tkaziladi, uning yechish uchun turli usullari ko‘riladi va modellashtirishning ikkinchi bosqichida qo‘llaniladigan konseptual modelning mukammal tavsifi beriladi.


10. Konseptual model ishonchliligini tekshirish. konsep­tual modelning tavsifidan keyin, S tizimning modellashtirishni keyingi bosqichiga o‘tishdan avval modelning ayrim konsepsi­yalarining ishonchliligini tekshirish kerak. Konseptual modelning ishonchliligini tekshirish murakkabroq, chunki uni qurish jarayoni evristikdir va bunday model abstrakt atamalar va tushunchalarda tavsiflanadi. MK modelni tekshirish usullaridan biri – modelni tahlil qilishga imkon beruvchi teskari o‘tish operatsiyalarni qo‘llash, qabul qilingan approksimatsiyalarga qaytish va, nihoyat, modellashtirilayotgan S tizimda oqayotgan real jarayonlarni qaytadan ko‘rishdir. konseptual modeli ishonchliligini tekshirish o‘z ichiga quyidagilarni qamrab olishi kerak: a) model g‘oyasini tekshirish; b) kirish axborot ishonchliligini baholash; d) modellashtirish masalasini qo‘yilishini ko‘rib chiqish; e) qabul qilingan approksimatsiyalarning tahlili; f) gipotezalar va farazlarni tadqiq qilish.
konseptual modelini faqat puxta tekshirishdan keyingina modelni mashinali amalga oshirish bosqichiga o‘tish kerak, chunki modelidagi xatolar modellashtirishning ishonchli natijalarini olishga imkon bermaydi.


11. Birinchi bosqich bo‘yicha texnikaviy hujjatlarni tuzish. MK konseptual modelini qurish bosqichi va uni shakllantirish oxirida bosqich bo‘yicha texnikaviy hisobot tuziladi, u quyida­gilardan iborat : a) S tizimni modellashtirish masalasining to‘liq qo‘yilishi; b) tizimni modellashtirish masalasining tahlili; d) tizim samaradorligini baholash mezonlari; e) tizim modelining parametr­lari va o‘zgaruvchilari; f) modelni qurishda qabul qilingan gipote­zalar va farazlar; g) modelni abstakt atamalar va tushunchalarda tavsiflash; h) S tizimni modellashtirishdan kutilayotgan natijalarini tavsiflash.
Texnikaviy hujjtlarni tuzish - S tizimini modellashtirishni muvaffaqiyatli o‘tkazishning majburiy shartidir, chunki yirik tizim modelini ishlab chiqish jarayonida va uni mashinali amalga oshirilishida turli bosqichlarda turli kasb mutaxassislar guruhlari ishtirok etadi (masalani qo‘yuvchilardan boshlab dasturchilargacha) va ushbu hujjat qo‘yilgan masalani modellashtirish usuli bilan yechishda ularni samarali hamkorlik qilishining vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling