Ma’ruza eksperimental statistik modellashtirish usuli Reja
Download 101.05 Kb.
|
Maruza eksperimental statistik modellashtirish usuli Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik modellashtirish va modellashtirish bosqichlari
- Matematik modellashtirish uch bosqichda olib boriladi
MA’RUZA-3. Eksperimental statistik modellashtirish usuli Reja: 1.Matematik modellashtirish va modellashtirish bosqichlari 2.Eksperimental statistik modellashtirish usuli. 3.Chiziqli regressiya; 4.Regression taxlil. Matematik modellashtirish va modellashtirish bosqichlari Odatda texnologik obyektni o‘rganishda ma’lum qiyinchiliklar bo‘lsa, unda modellashtirish usullari qo‘llaniladi (masalan, obyektning xavfsizligi bo‘yicha tajriba o‘tkazish mumkin bo‘lmasa). Modellashtirilayotgan obyekt xususiyatlarini uning modelida olingan anologik xususiyatlarni tahlil qilish yo‘li bilan o‘rganishga modellashtirish deyiladi. Bunda model va obyekt o‘xshash bo‘lishi kerak. Odatda o‘xshashlik fizik va matematik bo‘ladi. Fizik modellashtirishda, obyekt xususiyatlari kichik masshtabli moslamalarda o‘rganilib, u ob’ektni o‘rganishni kam xarajatlar bilan o‘tkazishga imkoniyat beradi. Fizik modellashtirishda ob’ektning ba’zi bir xususiyatlari modelda olingan natijalardan farqli bo‘lishi mumkin.Shuning uchun odatda fizik modellashtirishda odingan natijalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri obyekt uchun qo‘llab bo‘lmaydi. Matematik modellashtirish usuli oxirgi 30-40 yil ichida juda tez rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, zamonaviy kompyuterlarning imkoniyatlarini oshib borishi bilan matematik modellashtirish yo‘li bilan texnologik jarayon xususiyatlarini o‘rganish yaxshi natijalar bera boshladi. Matematik modellashtirish uch bosqichda olib boriladi: O‘rganilayotgan jarayon matematik modelini tuzish, Asosiy parametrlar qiymatlarini hisoblash uchun masalani yechishni dasturlash(algoritmlash), Modelni o‘rganilayotgan jarayonga adekvatligini aniqlash. Obyektda ketayotgan xodisalarni ifodalaydagan matematik tenglamalar tizimsiga matematik model deyiladi. Shunga asosan, texnologik jarayonning matematik modelini tuzishni quyidagi uch aspektda ko‘rishimiz mumkin: mazmuniy, analitik va hisoblash. Birinchi, obyektning fizik moxiyati o‘rganilib, uning mazmuniy ifodasi tuziladi. Ikkinchi, mazmuniy ifodani analitik ko‘rinishda, ya’ni matematik tenglamalar tizimsi ko‘rinishida ifodalanadi. Uchinchi, modelni hisoblash tomonlari, ya’ni modellashtirish algoritmi aniqlanadi.Bunda matematik ifodani yechish usuli va yechish ketma-ketligi aniqlanib, ya’ni yechish algoritmi tuziladi. Download 101.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling