1. Tizimning mashiali modellashtirish masalasini qo‘yilishi. S aniq tizimning tadqiq qilish masalasini aniq ifoda etish berilmoqda va shunday masalalarga asosiy e’tibor qaratiladi:
a) masala mavjudligini va mashinali modellashtirish zarurligini tan olish;
b) mavjud resurslarni hisobga olib masalani yechish uslubini tanlash;
d) masalaning masshtabi va uni nimmasalalarga ajratish imkoniyatini aniqlash.
Turli nimmasalalarni yechish ustuvorligi haqidagi savolga ham javob berish kerak, imkoni bor matematik usullar samaradorligi va ularni yechishning dasturiy-texnik vositlarini baholash. Bu masalalarni puxta ishlab chiqish tadqiqot masalasini ifoda etish va uni amalga oshirishga kirishish imkonini beradi. Bunda modellashtirish jarayonida masalani birlamchi qo‘yilishi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
2. Tizimni modellashtirish masalasinining tahlili. Masala tahlilini o‘tkazish modellashtirish usuli bilan uni yechishda kelib chiqadigan qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Ko‘rilayotgan ikkinchi bosqichda asosiy ish tahlilni aynan o‘tkazishga qaratiladi va quyidagilarni inobatga oladi:
a) S tizimning ishlash jarayoni samaradorligini baholash mezonlarini tanlash; b) M modelning endogen va ekzogen o‘zgaruvchilarini aniqlash; d) imkoni bor identifikatsiya usullarini tanlash; e) tizimning modelini algoritmlashning ikkinchi bosqichi mazmunini dastlabki tahlilini va uning mashinali amalga oshirishni bajarish;
f) tizimning modellashtirish natijalarini olish va talqin qilish, uchinchi bosqich mazmunini dastlabki tahlilini bajarish.
3. Modellashtirish obyekti haqida kirish axborotiga talablarni aniqlash va uni yig‘ishni tashkillashtirish. S tizimni modellashtirish masalasi qo‘yilgandan keyin axborotga talablar aniqlanadi. Axborotdan bu masalani yechish uchun zarur sifatli va miqdorli kirish ma’lumotlari olinadi. Bu ma’lumotlar masalani, uni yechish usullarining mazmunini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Shunday qilib, bu nimbosqichda quyidagilar: a) S tizimi va E tashqi muhit haqida zarur ma’lumotni tanlash; b) aprior ma’lumotlarni tayyorlash; d) mavjud eksperimental ma’lumotlarning tahlili; e) tizim haqida axborotni dastlabki qayta ishlash usullari va vositalarni tanlash yordamida olib boriladi.
Bunda shuni esda saqlash kerakki, modellashtirish obyekti haqida kirish axborot sifatiga nafaqat model monandligi, balki modellashtirish natijalarining ishonchliligi ham jiddiy bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |