"informatika va axborot texnologiyalari"
Windows bilan bog‘liq xatoliklar
Download 20.62 Kb.
|
labaratorika ishi-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimning “osilib qolishi”
- Tizim “sekinlashishi”
Windows bilan bog‘liq xatoliklar
Windows ishida bir necha xatoliklar bo‘lishi mumkin: Operatsion tizim noto‘g‘ri yoki to‘la o‘rnatilmagan bo‘lsa; Drayverlar mavjud holatda bo‘lmasa; (Drayver – maxsus, tizimga xizmat ko‘rsatuvchi dastur bo‘lib, u operatsion tizim va qurilmalar orasida munosabat o‘rnatadi. Ya’ni ularni birgalikda ishlashini ta’minlaydi.); Amaliy dasturlar cheklangan foydalanuvchi tomonidan o‘rnatilgan bo‘lsa; Tizimning “osilib qolishi” Windows operatsion tizimi bir me’yorda ishlab turib tasodifan “osilib qolishi” mumkin. Ushbu xolat dasturiy yoki qurilma sababli ro‘y beradi. • Protsessorning “zo‘riqishi” yoki qizib ketishi. • Tezkor xotiraning nuqsonli moduli. • Manba blokining yetarlicha quvvat olmasligi va aksincha. Ushbu holatlar tizimda tashkil topgan drayver dasturlari, tizimli kutubxona yoki o‘rnatilgan dasturlar orqali amalga oshishi ham mumkin. Yuqoridagi holat ro‘y berganida quyida keltirilgan amallarni bajaring. 1. Windows OT idagi vaqtinchalik fayllarni o‘chirib tashlang. 2. Tizim reestrini tozalang va defragmentatsiya qiling. 3. Windows kutubxonasini SFC dasturi orqali tekshiring. 4. Windows Update saytiga kirib OT uchun yangi kalit o‘rnating. Va nihoyat–avvalgidek, eng murakkab qurilmalarning drayverlarini tekshiring (videoplatalarni birinchi navbatda). Tizim “sekinlashishi” Noldan boshlab “Hard disk”ka OT ning yangi versiyani o‘rnatib ko‘ring. Kompyuterga bir necha asosiy dasturlarni o‘rnating. Tezlik kamayadi, ammo bu holatda ham kompyuterning ish tezligi sizni albatta qoniqtiradi. Bir muncha vaqt o‘tib xotirada fayllar soni ko‘payganidan keyingina tizimning sekin ishlayotgani ko‘zga tashlanadi. Papkalar ochilmay qolishi, tasvirlar sekinlik bilan ekranga chiqishi va dasturlar yuklanishi sustlashishi kabi holatlar kuzatiladi. Ushbu holatlarda quyidagi sabablar inobatga olinishi mumkin: 1. Juda ham ko‘p miqdorda o‘rnatilgan dasturlar, ulardan ko‘plari doimo xotirada qiyinchilik bilan yuklanadi. 2. Qattiq disk va tizim reestrlardagi vaqtincha kerak bo‘lmagan, yoki umuman nokerak, “musor”lar to‘planganida. 3. Qattiq diskning kuchli fragmentatsiyasiyaga ega bo‘lishi. 4. Windows ning ratsional bo‘lmagan sozlanishi. 5. Ishning jiddiy sekinlashishiga viruslar ham sababchi bo‘lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki siz qayta antivirus dasturingizni yangi bazalarni tekshirishingiz maqsadga muvofiq (albatta ularni internetdan yangilashni unutmang). 6. “Sekinlashishga” boshqa sabablar ham olib kelishi mumkin, lekin havaskor foydalanuvchiga ularni aniqlash qiyinroq. Windows ni yangilab unga tezkorlik qaytarish eng optimal yo‘ldir. Download 20.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling