"informatika va axborot texnologiyalari"


Download 20.62 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi20.62 Kb.
#1615735
1   2   3   4
Bog'liq
labaratorika ishi-2

Nazorat savollari
1. Kompyuter tizimi bilan bog‘liq qanday xatoliklar mavjud?
2. Mavjud dasturiy xatoliklar va ular qanday bartaraf etiladi?
3. Tizimning sekinlashish sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari.
4. Tizimning qotib qolish sabablari va ularni bartaraf etish usullari.

1. Bittadan ko'p antivirus dasturlarini o'rnatish.
Ko'p kompyuter foydalanuvchilari qanchalik ko'p antivirus o'rnatilsa, shunchalik kompyuter xavfsiz deb o'ylashadi va bir nechta antiviruslar o'rnatishga harakat qilishadi.
Antivirus dasturlari ko'p resurs talab qilishadi va shu bilan birga bir birini ishiga halaqit berishadi. Undan tashqari fayl strukturalarini o'zgarishiga ham olib kelishi mumkin. Har bir antivirusning o'zining tekshirish algoritmiga ega va ular bir biriga zid keladi. Ishonmasangiz 2 ta antivirus o'rnatib tizimni qayta yuklab ko'ring, operatsion tizim yonishi sekinlashib, ishlashiga katta ta'sir qilishini ko'rasiz(maslahat bermayman).
O'z tajribamda bo'lgan voqea. O'zimni kompyuterimda kasperskiy antivirusi bor edi, lekin uning bazasi eskiroq edi. Man bu antivirus tekshirishiga qoniqmay, doktorveb antivirusini ham o'rnatdim va tamom, kompyuter yuklanishi uchun 20 daqiqacha vaqt ketdi.
2. Interfeysni o'zgartiruvchi dasturlar.
Navbatdagi katta xatolardan biri har xil turdagi standart interfeysni o'zgartiruvchi dasturlar. Ular tizim shriftini, yonish jarayonini, ikonka rasmlari va hakazolarni o'zgartiradi. Albatta bular chiroyli ko'rinishga ega bo'ladi, lekin ish jarayonini sekinlashtiradi. Agar siz kompyuterni jiddiy ishlar maqsadida olgan bo'lsangiz, bunday dasturlarni o'rnatish tavsiya qilinmaydi.
3. Asosiy katalogni asrang.
Keyinga asosiy foydalanuvchilar yo'l qo'yadigan xatoliklardan biri dastur va o'yinlarni asosiy katalogga o'rnatishdan iboratdir. Asosiy katalog qaysi? Bu Windows operatsion tizimida C:\ manzili hisoblanadi. O'zi С diskga o'yinlarni o'rnatish tavsiya qilinmaydi, asosiy katalogga esa umuman. Chunki С disk bilan operatsion tizim ishlaydi va har xil turdagi tizim kutubxonalаr bilan ishlaydi. O'yinlar ham har xil kutubxonalarni o'rnatadi va 2 ta bir xil kutubxona bir-biriga halaqit berishi mumkin.
O'yinlar asosan diskni qo'shimcha partitioniga o'rnatilishi lozim, misol uchun D:\game, agar С diskga o'rnatish kerak bo'lsa C:\game\game_name, lekin C:\ ichiga emas.

Download 20.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling