Informatika va axborot


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/93
Sana12.08.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1666566
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93
Bog'liq
10-sinf-informatika

3. 
Boshqarish 
tugmasiga 
hodisalarni bog‘lash.
Button1
tugmasi ilovada biron bir vazifani bajarishi 
kerak. Uni bosganimizda ilova o‘z oynasining o‘lchamlarini 16 va 9 ga 
kattalashtirsin.
Bajarish.
 
Topshiriqni bajarish bu tugmani ikki marta bosishdan 
boshlanadi. Natijada ekranda dastur kodi oynasi paydo bo‘ladi. uning kursor 
turgan joyiga
Form1.Width:=Form1.Width+16; 
Form1.Height:=Form1.Height+9; 
satrlarni kiritamiz. 
F9
tugmasini bosib, ilovani ishga tushiramiz va uning 
to‘g‘ri ishlashini tekshirib ko‘ramiz. 
YODDA SAQLANG ! 
Ilovada 
Button1 
boshqarish tugmasi bosilganda
TForm1.Button1Click 
protsedurasi ishga tushadi va undagi operatorlar 
bajariladi. 
 


92 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
 
1. Boshqarish tugmasi ilova oynasiga qanday o‘tkaziladi? 
2. Boshqarish tugmasining xossalari qayerda o‘zgartiriladi? 
3. Boshqarish tugmasi tanlanganda uning nima ish qilishi qayerda 
ko‘rsatiladi? 
4. 
Delphi
da yangi ilova yarating. Unga to‘rtta boshqarish tugmasini 
kiriting. Ulardan birinchisini 
Yarat
, ikkinchisini 
Yukla
, uchinchisini 
Saqla

to‘rtinchisini 
Tugat
degan yozuv bilan ekranga chiqaring. 
UYGA VAZIFA
1. Boshqarish tugmasining asosiy xossalarini yozib oling. 
40-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT 
 
1. 
Delphi
da yangi ilova yarating va uni 
01_02 
papkaga saqlang.
1.1. Ilovaning sarlavhasini 
salom, olam! 
deb o‘zgartiring.
1.2. Ilova oynasiga uchta boshqarish tugmasini bir ustun qilib joylang. 
1.3. Birinchi tugmani ikki marta bosing. Ekranda paydo bo‘lgan uning 
TForm1.Button1Click 
protsedurasiga 
begin
dan 
keyin 
TForm1.Caption:=’salom, ‘+TForm1.Caption; 
ni kiriting. 
1.4. Ikkinchi tugmani ikki marta bosib, uning protsedurasini quyidagi 
ko‘rinishga keltiring:
procedure TForm1.Button2Click(Sender: TObject);
begin 
TForm1.Left:= TForm1.Left+10; end; 
1.5. Uchinchi tugmani ikki marta bosib, uning protsedurasini quyidagi 
ko‘rinishga keltiring:
procedure TForm1.Button3Click(Sender: TObject); 
begin 
TForm1.Top:= TForm1.Top+10; end; 
1.6. Ilovani ishga tushirib, tugmalar qanday vazifa bajarishini kuzating. 
Ilova oynasini yopib, uning barcha fayllarini saqlab qo‘ying. Ilovaning 
barcha fayllarini yoping. 
2. Oldingi mashg‘ulotda berilgan mashqni kompyuterda bajaring.


93 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling