Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan


Download 0.66 Mb.
bet23/26
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661191
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti

Mavzuni yoritish:
Aksariyat hujjatlarga rasmlar bilan bir qatorda jadvallar joylashtirishga ham to‘g‘ri keladi. Ular turli-tuman bo‘lishi mumkin. Masalan, maktabingizdagi dars jadvali, kundalik daftaringiz yoki sinf jurnali sahifasi, futbol turniri jadvali va hokazo. Bu jadvallar­ning ko‘rinishi ham, mazmuni ham turlicha. Lekin ularning hammasi ma’lum miqdordagi ustun va satrdan tashkil topgan.
Demak, ixtiyoriy jadval n ta ustun va m ta satrdan iborat bo‘lar ekan. Ular o‘z navbatida kataklardan tashkil topadi. Jadvalning asosiy elementi – bu katak. Katakni o‘ziga xos mikro­hujjat deyish mumkin. Katakka matn yozish, uni formatlash, hatto rasmlar ham joylashtirsa bo‘ladi. Unga faqatgina yangi jadval joylashtirib bo‘lmaydi, holos.
Jadval katagiga kiritilgan axborotlar ham jadval elementi hisoblanadi. Jadvallar ustida quyidagi asosiy amallarni bajarish mumkin:

  • jadvalga yangi ustunlar qo‘shish;

  • jadvalga yangi satrlar qo‘shish;

  • jadval kataklarini birlashtirish;

  • jadval kataklarini bo‘laklarga ajratish;

  • jadval elementlarini saralash;

  • yig’indi hisoblash.

M asalan, informatika to‘garagi a’zolarining familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili va yashash joyi haqidagi ma’lumotlar aks ettirilgan jadval tuzish kerak bo‘lsin. Word matn protsessorida bu quyidagicha amalga oshiriladi.
A
8
vvalambor jadval nechta ustun va satrdan iborat bo‘lishini aniqlab olish lozim. Agar to‘garak a’zolari 7 kishidan iborat bo‘lsa, bizga 4 ta ustun va 8 ta satrli jadval kerak bo‘ladi. Birinchi satr kataklariga, odatda, ustunlarda joylashgan ma’lumotlar uchun sarlavhalar, birinchi ustunga esa tartib raqamlari yoziladi.

Ustun va satrlar soni aniqlangach, «Jadval» menyusining «jadval joylashtirish» buyrug‘i tanlanadi. Hosil bo‘lgan muloqot oynasida ustunlar va satrlar soni kiritiladi. «OK» tugmasi bosilgach, quyidagi jadval hosil bo‘ladi:



































































































Jadval kataklari ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. Buning uchun yurgich “sichqoncha” yordamida kerakli katakka joylashtiriladi va zaruratga qarab “Tab” yoki yo’nalish klavishalari yordamida boshqa kataklarga o‘tiladi:






Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling