Informatika va raqamli iqtisodiyot Ma’ruza rejasi
Raqamli texnologiyalarning asosiy tamoyillari
Download 130.46 Kb.
|
1-mavzu. Informatika va raqamli texnologiyalari fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy informatika
- Axborot tizimi
Raqamli texnologiyalarning asosiy tamoyillari
Iqtisodiy informatika menejment, iqtisodiyot va biznesda qaror qabul qilish va tayyorlash uchun ishlatiladigan axborot tizimlari haqidagi fan. Iqtisodiy informatika ob'ekti iqtisodiy tizimlarda (iqtisodiy ob'ektlarda) paydo bo'ladigan biznes va tashkiliy muammolarni hal qilishni ta'minlaydigan axborot tizimlari. Ya'ni, iqtisodiy informatika ob'ekti iqtisodiy axborot tizimlari bo'lib, uning pirovard maqsadi iqtisodiy tizimni samarali boshqarishdir. Axborot tizimi Qarorlar tayyorlash va qaror qabul qilishni ta'minlash uchun ma'lumotlarni to'playdigan, saqlaydigan, qayta ishlaydigan va chiqaradigan dasturiy ta'minot vositalari, usullar va odamlar to'plamidir. Iqtisodiyotda ishlatiladigan axborot tizimlarining asosiy tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi: dasturiy ta'minot va apparat vositalari, biznes dasturlari va axborot tizimlarini boshqarish. Axborot tizimlarining maqsadi kompaniyalarni boshqarish uchun zamonaviy axborot infratuzilmasini yaratishdir. Masalan, Telegramdagi biror-bir savdo boti yoki internet magazinlar (Amazon.com, AliExpress.com, Alibaba.com, trendyol.com, openshop.uz, asaxiy.uz, olcha.uz, texnomart.uz va boshqalar) orqali o‘ziga ma’qul tovarni tanlab, tovar egasiga pulni elektron to‘lov tizimi orqali to‘lash va tovarni yetkazib berish xizmati orqali olish esa raqamli iqtisodiyot deyiladi. Masalan, O‘zbekistondagi milliy elektron to‘lov tizimlariga – paynet.uz, payme.uz, click.uz, oson.uz hamda respublikadagi barcha davlat va tijorat banklarining elektron saytlari va mobil ilovalarini keltirish mumkin. Aslida, hammamiz anchadan beri raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz. Xususan oylik maoshimiz plastik kartaga tushadi, elektron to‘lov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet hamda boshqa mahsulot va xizmatlarga to‘lov qilamiz, elektron tarzda soliq deklaratsiyasi topshiramiz, kartadan kartaga pul uzatamiz, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik bo‘yicha jarimalar to‘lovi, uyga taom buyurtma qilamiz va hokazo. Download 130.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling