Informatikaning nazariy asoslari fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
AXBOROTLASHGAN JAMIYATNI SHAKILLANTIRISH
Download 33.14 Kb.
|
Informatika.Jaloliddinova Nafosat
AXBOROTLASHGAN JAMIYATNI SHAKILLANTIRISH
Tilga olingan yangi moddada davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik hamda jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida umumiy foydalanishdagi 10 telekommunikatsiyalar tarmoqlarining samarali ishlashi va rivojlantirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyat belgilandi. Shunday qilib, Qonunning yangi normalarida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zaro munosabatlarga zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini yanada ko‘proq jalb etish maqsadida ularni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalasi hal etilmoqda. Rivojlangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat va jamiyat qurilishi tizimida keng foydalanishda Internet jahon axborot tarmog‘idagi milliy segmentni rivojlantirish zarurligi, uni tashkil etishda esa asosiy qismlaridan bo‘lgan aynan domen nomlari va domen nomlari tizimi kabi muhim tushunchalarga ta’rif berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Internetdan foydalanish ko‘lamini kengaytirishdan asosiy maqsad fuqarolar uchun zarur axborotni ularga kerak bo‘lgan vaqtda olish imkonini berishdir. Mazkur Qonunda belgilanayotgan islohotning maqsadi odamlarga axborot olish va undan foydalanishga bundanda to‘laqonli imkoniyat yaratishdir. Bugunga kelib mamlakatimizda 20ga yaqin telekommunikatsiya operatorlari mavjud bo‘lib, ular telekommunikatsiya tizimida 28ta yo‘nalish bo‘yicha dunyoning 180ta mamlakatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan xalqaro kanallari orqali o‘z xizmatlarini ko‘rsatishmoqda. Foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’minlash, ularning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’minlash maqsadida 2011-yil 13-aprelda «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Jamiyatni axborotlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2003–2004-yillarda «elektron» qonunlar deb ataladigan qonunlar bloki qabul qilindi. Bular O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli 11 imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunlaridir. Qonunlarni ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro tashkilotlar va bir qancha mamlakatlarning tajribasi ham hisobga olindi. Ushbu qonunlarning qabul qilinishi, joylarda ularning ijrosini ta’minlanishi o‘z navbatida, ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishining shakllanishiga, masofa qisqarishiga, vaqt tejalishiga hamda iqtisodiy samaradorlikning oshishiga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori sur’atlarda rivojlanishi, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi yana bir qancha yangi xizmat turlarining paydo bo‘lishiga va o‘z navbatida, tadbirkorlarimizga masofadan turib dunyoning xohlagan mamlakatidan o‘ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishga keng yo‘l ochib bermoqda. Mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti uchun yangi bo‘lgan mazkur tizimlarni tez sur’atlar bilan rivojlanishining yana bir omili bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish darajasining ortishi, jumladan Inter-netga ulanish tezligini mutassil ravishda o‘sib borishi (agar 2002-yili 8,5Mbit/s.ni tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 2500 Mbit/s.ga yetdi) va ulardan foydalanish uchun qulay sharoit yaratilganligidadir. Xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, elektron tijoratni shiddat bilan rivojlanishiga Internetdan foydalanuvchilar soni, aholining 20-25 foizini tashkil etganda erishish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda Internetdan foydalanuvchilar 9,1 mln.ni tashkil etgani elektron tijoratning rivojlanish istiqbolidan dalolat beradi. O‘zbekistonda elektron hujjatlarga huquqiy mavqe beruvchi «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, shubhasiz elektron hujjat aylanish tizimini rivojlantirishga ko‘maklashib, davlat hokimiyatining turli idoralari 12 o‘rtasidagi hujjat aylanishini avtomatlashtirishga imkon yaratmoqda. Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot almashuvi darajasi va sifatini oshirishga, izlash samaradorligining o‘sishiga, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va ulardan foydalanishga ko‘maklashib, qog‘oz hujjat aylanishi ulushining kamayishga yordam bermoqda. Ushbu qonun elektron hujjatning huquqiy maqomini va uning rekvizitlarini aniqlagan bo‘lib, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarini, elektron hujjatni olish, jo‘natish, ularni saqlash va muhofaza etish tartibini belgilab berdi. Elektron hujjat aylanishida ularning qog‘oz hujjatlar bilan teng kuchga ega ekanligini, ulardagi imzo, muhr va hujjatning boshqa rekvizitlarini tasdiqlash elektron raqamli imzo orqali amalga oshirilishi mumkin. «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’lum shartlarga rioya qilingan holda elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo va qog‘ozdagi shaxsiy imzo teng kuchga ega ekanligini ta’minlab berdi. Natijada, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Internet tarmog‘idan foydalangan holda kerak bo‘lgan barcha hisobot formalari va boshqa ma’lumotlarni elektron ravishda interaktiv holda olish hamda soliq va statistika hisobotlarini topshirish imkoniyatini yaratdi. Bu tizim kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari vaqtini tejash, davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqot uchun navbat kutish yoki soliq hisobotlarini to‘ldirishdagi xato va kamchiliklarni tuzatishga emas, balki o‘z tadbirkorlik ishlarini rivojlantirishga sarf etishlariga imkon bermoqda. Shuningdek, mazkur Qonunning qabul qilinishi va ijrosi ta’minlanishi natijasida respublikamizda 9 ta Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari tashkil etildi. Agar elektron raqamli imzo kalitlari soni 2006-yilda 93 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilga kelib, 250 000 taga yetdi. Mazkur sohadagi huquqiy bazani yanada takomillashtirish ikki palatali professional parlament tomonidan ham samarali tarzda davom ettirilmoqda. Mamlakatimizda elektron to‘lovlar sohadagi ijtimoiy munosabatlar Markaziy bank 13 tomonidan qabul qilingan «Elektron to‘lovlarni amalga oshirish Nizomi» bilan tartibga solinib kelingan bo‘lsa, 2005-yilda «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi bilan elektron to‘lovlar tizimini yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi o‘z navbatida, mijozlariga yangi xizmat turlarini ko‘rsatishga huquqiy asos yaratib berdi. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiyotimizga «Pay Net», «Fast Pay», «Moblis», «E-karmon» kabi elektron to‘lovlar xizmatini ko‘rsatuvchi muassasalarning kirib kelishi, shuningdek, «SMSbanking», «Internet-banking» kabi yangi elektron to‘lov xizmatlarini joriy qilish va shu asosda mobil to‘lovlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga zamin yaratdi. Ushbu xizmatlarning qulayligi shundaki, mijozlar bular yordamida kommunal xizmatlari, mobil aloqa va Internet xizmatlari hamda uy-ro‘zg‘or mollarini Internetdan foydalangan holda, sotib olish va hisob-kitob qilishlari mumkin. Ushbu Qonunlar axborotlashtirish va ma’lumotlarni uzatish sohasida hamda avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot muhofazasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, axborot muhofazasining huquqiy asoslarini aniqlash hamda axborot muhofazasiga qo‘yiladigan talablarni belgilashdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yaratilgan samarali huquqiy mexanizm iqtisodiyotning boshqa sohalarida bo‘lgani kabi ushbu sohaga ham chet el investitsiyalarining kiritilishiga yo‘l ochib, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, axborot texnologiyalarini hayotimizning barcha sohalariga keng joriy qilishga asos bo‘lmoqda. 2005-yildan boshlab O‘zbekistonda davlat organlarining Internetda rasmiy saytlarining ochilishi tatbiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi 256-sonli Qarori bilan ushbu saytlarga asosiy talablar belgilangan bo‘lib, unda saytlarni to‘laqonli rasmiylashtirish, undan foydalanish va yangilash maqsadida veb-saytda joylashtiriladigan zaruriy axborotlar ro‘yxati, mazmuni va boshqa kerakli shartlarga nisbatan xalqaro standartlar aniq 14 shakllantirilgan. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, keng jamoatchilik va aholini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning borishi to‘g‘risida muntazam xabardor qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2006- yil 22-sentabrda «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 203-sonli Qaror qabul qilindi. U bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati to‘g‘risidagi Namunaviy nizom tasdiqlangan bo‘lib, unga muvofiq, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibida xodimlarning umumiy soni doirasida axborot xizmatlarini tashkil etish belgilangan.
Download 33.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling