Tadqiqot ob’ekti – turli janr va yo‘nalishlardagi ko‘rsatuvlar boshlovchilarining kasb faoliyati. Tadqiqot predmeti – televideniyedagi boshlovchilik mahorati (“Yoshlar” telekanali boshlovchilari misolida).
Ishning maqsadi – Yangiliklar dasturlari, jonli reportaj, muloqot, tematik ko‘rsatuv, dolzarb mavzularga bag‘ishlangan tok-shoular, videofilm, teleseriallar hamda dam olish dasturlari teletomoshabinlar tomonidan iliq qabul qilinib, efirdan muqim o‘rin egallamoqda. Jamiyat taraqqiyotiga televideniyening va, o‘z navbatida, jamiyatning OAVga, xususan TVga taʼsiri ham ortib bormoqda. Jahon amaliyotida mutaxassislar televideniyega nafaqat mafkura yaratiladigan, uni shakllantiradigan vosita, qurol sifatida, balki turli ijtimoiy-siyosiy qarashlarni tomoshabinga yetkazadigan, maʼrifat tarqatadigan medium sifatida qarashadi3. Televideniyeda boshlovchilik mahoratining o‘ziga xos qirralari, mohiyati va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
Ishning amaliy ahamiyati. Tadqiqotdan olingan natijalarni axborot dasturlari uchun teleboshlovchilarni tanlash, ularning malakasini oshirish, kundalik faoliyatlarida yuqori ijodiy yutuqlarga erishish, shuningdek teleko‘rsatuvlar qahramonlarini taqdim etish (aks ettirish) usullarini ishlab chiqishda qo‘llash mumkin. Tadqiqot natijasida qo‘lga kiritilgan malakali teleboshlovchining tavsiflari ommaviy ijodiy kasb egalari: suhandonlar, muharrirlar, sharhlovchilar, reporterlar, intervyu oluvchilar va boshqalarni tayyorlashda ishlatilishi ham mumkin. Shu tariqa, mazkur tadqiqot natijalari televizion boshlovchilarning ijodiy salohiyati hamda kasb mahoratini oshirish va ulardan turli dasturlarda samarali foydalanish uchun zamin hozirlaydi.
Ishning tarkibiy tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, to‘rt fasldan iborat ikki bob, xulosa hamda adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |