Informatsion globallashuv sharoitida inson ongini boshqarishga bo`lgan urinishlar


Axbort hujumining quyidagi turlari mavjud


Download 16.38 Kb.
bet4/5
Sana02.11.2023
Hajmi16.38 Kb.
#1739330
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 АПХ

Axbort hujumining quyidagi turlari mavjud:
  • Radioelektron hujum;
  • Psixologik hujum;
  • Xakerlik hujum;
  • Kibernetik hujum.

  • Radioelektron hujum – bu raqib tomon kompyuter tarmoqlari va tizimlarining faoliyatiga shikast yetkazish yo‘li bilan axborotlarni ishlab chiqish, jamlash, saralash va ishlov berish hamda uzatishiga to‘sqinlik qilishdir.
    Xakerlar tomonidan olib boriladigan axborot xuruji – turli mavzudagi yopiq axborotlarni qo‘lga kiritish maqsadida kompyuter tizimlarini buzib, undagi axborotlarni o‘g‘irlab sotish yoki boshqa bir maqsadda foydalanish uchun amalga oshiriladigan harakat.
    Kibernetik hujum – bu virtual maydonda imitatsiya modellaridan foydalangan holda olib boriladigan to‘qnashuv turi hissoblanib, biron bir ob’yektning nusxasi tayyorlanib, unga hujum uyushtiriladi va uning o‘z konsepsiyasi mavjud.
    Psixologik hujumbu odamlarni dunyoqarashi, fikri, motivlari, xulqi stereotiplari, ustanovkalari, qadriyatlarini o‘zi hoxlagan tomonga yo‘naltirishning usuli hisoblanib, hujum uyushtirilayotgan tomon “tuzgan” reja va maqsadlari asosida faoliyat yuritishni ta’minlashga erishish uchun olib boriladi.

Axborot davlat va jamiyat rivojlanishining muhim omilidir. Axborot asrida jamiyat axborotsiz yashay olmaydi. Dunyo yagona axborot makoniga aylagan bir pallada undan “holi” bo‘lish ham mumkin emas.
Mamlakatimizda ham jamiyatni axborotlashtirish qonun bilan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni 4-moddasida axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati aniq belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
AXBOROT JAMIYAT VA IJTIMOIY TARAQQIYOTI.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
  • har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanishini ta’minlash;
  • davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
  • xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
  • davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
  • axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;
  • axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;
  • dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish;
  • tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;

  • kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirishdan iborat.

Xulosa shuki, inson asosan axborot ta’siri va muhitida dunyoni kashf etadi, hayot va faoliyatining yo‘nalishini belgilab oladi. Axborot o‘zining mazmuni va xilma-xilligi bilan farqlanib turadi. Biroq u qanday bo‘lmasin, yoshlar ongi, kayfiyati, hissiyotlariga ijobiy yoki salbiy ta’sir etuvchi vositadir. Internet va boshqa vositalar orqali axborot tarqalishini tartibga solishda nafaqat vakolatli davlat organlari, balki nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari ham faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir. Shunday ekan, axborot xurujlari avj olgan globalizatsiya sharoitida har bir mas’ul xodim, mafkurachi, tarbiyachi va rahbar o‘z ish usulini o‘zgartirishi, muloqot qobiliyatini takomillashtirishi lozim. Undan tashqari, dunyo bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali ta’sir kuchaygan sharoitda, yoshlarning ma’naviy jihatdan tarbiyalanganligi o‘ta dolzarb bo‘lgan bir sharoitda yoshlar ongini psixologik himoya qilishga alohida e’tibor qaratish va bunda psixologik holatlar va hodisalarni bilishi zarur.

Download 16.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling