"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

2.Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda 
qo‗llashdagi yutuq va muammolar.
Axborot tizimidagi jarayonlar quyidagi bloklardan iborat: 
axborotlarni tashqi yoki ichki manbalardan kiritish
kiritilgan axborotlarni qayta ishlash va qulay ko‗rinishda tasvirlash; 
axborotlarni iste‘molchilarga chiqarish yoki boshqa AТlarga uzatish; 
teskari aloqa – mazkur tashkilot personali tomonidan qayta ishlanib yana kiritiladigan 
axborot. 
Axborot tizimlari quyidagi xususiyatlarga ega: 
har qanday axborot tizimi -tizimni yaratishning umumiy tamoyillariga binoan tahlil qilinishi, 
qurilishi va boshqarilishi mumkin; 
axborot tizimi o‗zgaruvchan va taraqqiy etuvchidir
axborot tizimini yaratishda tizimli yondoshishga amal qilinadi; 
axborot tizimining mahsuloti bo‗lmish axborotga asoslangan holda qarorlar qabul qilinishi 
mumkin; 
axborot tizimini axborotlarni qayta ishlashning inson-kompyuter tizimi sifatida qarash 
mumkin. 
Hozirda axborot tizimini kompyuter vositasida yaratiladigan tizim sifatida tushuniladi, lekin 
umuman olganda axborot tizimi kompyutersiz variantda ham yaratilishi mumkin. 
Axborot tizimining faoliyatini tushunish uchun u hal qiladigan muammolarning mohiyatini va u 



jalb qilingan tashkiliy jarayonlarni e‘tiborga olish lozim. Masalan, qaror qabul qilishni ta‘minlovchi 
kompyuterli AТ ning imkoniyatlarini tushunishda quyidagilarni hisobga olish zarur: 
yechilayotgan boshqaruv masalalarining strukturalashganini; 
firma boshqaruvining yechimni qabul qilishi lozim bo‗lgan darajasini (bo‗g‗inini); 
hal kilinayotgan muammoning biznesning muayyan funksional sohasiga tegishliligini
ishlatilayotgan axborot texnologiyasining turini. 
Axborot tizimlarini joriy etilishidan kutilayotgan natijalar. Axborot tizimlarini joriy etilishi 
quyidagi natijalarni berishi mumkin: 
matematik metodlar va intellektual tizimlarni joriy etish evaziga boshqaruv masalalarini 
yechimining ratsional variantlariga ega bo‗lish; 
avtomatlashtirish evaziga xodimlarni qiyin va bir xil ishlarni bajarishdan xalos qilish
axborotlarning ishonchliligini ta‘minlash; 
ma‘lumotlarni qog‗oz ko‗rinishdan magnit tashuvchilarga o‗tkazish; 
muassasadagi axborotlar oqimini va hujjatlarni yuritishning strukturasini takomillashtirish; 
mahsulotlarni chiqarish va xizmatlarni ko‗rsatish tannarxining kamayishi; 
iste‘molchilarga yangi xizmat turlarini taklif etish
bozorda yangi imkoniyatlarni topish; 
turli qulayliklar va imtiyozlarni taklif etish evaziga iste‘molchilarni firmaga bog‗lab qo‗yish. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling