"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

Tizimni yaratish moduli. U qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi. 
Tizimni yaratish modulining asosi bo‘lgan ikkita yondoshuv mavjud: dasturlashtirishning 
algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish. 
Bilimlar bazasini tasavvur etish uchun maxsus lisp va prolog tillari ishlab chiqilgan, garchi bundan 
boshqa har qanday ma’lum algoritmik tildan foydalanish mumkin bo‘lsa ham. 
Ekspert tizimi qobig’i. Tegishli bilimlar bazasini yaratish orqali ma’lum bir muammoni hal 
etishga moslashgan tayyor dasturiy muhitni ifodalaydi. Ko‘pgina hollarda qobiqdan foydalanish 
dasturlashdan ko‘ra tezkor va osonroq tarzda ekspert tizimini yaratish imkonini beradi. 
Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali mutaxassislarga qiyoslab shunday bayon etish 
mumkin: 
•erishilgan puxta bilim, asos yo‘qolmaydi, u hujjatlashtirishi, uzatilishi, ijro etilishi va ko‘payishi 
mumkin; 
•nisbatan mustahkam natijalarga erishiladi, insondagi hissiy va shu kabi boshqa ishonchsiz omillar 
bo‘lmaydi; 
•tizimning ishlab chiqish qiymati yuqori, lekin ekspluatatsiya qiymati past. Umuman qiyoslaganda 
esa u yuqori malakali mutaxassislardan ko‘ra arzonroq tushadi. 
Yangi qoida va konsepsiyalarga, ijodkorlik va ixtirochilikka unchalik moslashmaganligi hozirgi 
ekspert tizimining kamchiligidir. Ko‘p hollarda bu tizim yuqori malakali mutaxassislar o‘rnini bosa 
oladi, ammo ba’zan past malakali ekspertga muhtojli joylar ham bo‘lib turadi. Ekspert tizimi 


37 
eng oxiridagi foydalanuvchining kasb imkoniyatlarini kengaytirish va ko‘paytirshi vositasi bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Ochig‘i, bu tizim muayyan bir predmet sohasida mutaxassis-ekspertlar darajasidagi bilimni 
namoyish etmog‘i kerak. Tizim yaxshi yechimlarni kerakli darajada topa olmaydi, lekin predmetni keng 
anglaydi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling