Qo’shimcha ma’lumotlar: Menyular tarkibiga kirgan amallarning ba’zilari kam qo‘llanilsa, ba’zilari teztez qo‘llaniladi. Ko‘p qo‘llaniladigan amallarni bajarishni osonlashtirish maqsadida dasturda uskunalar paneli tashkil etilgan. Uskunalar paneli tugmalar majmuidan iborat bo‘lib, har bir tugma ma’lum amalni bajaradi.
Nazorat savollari: 1. Internet Explorerni ishga tushirish usullarini amalda ko‘rsatib bering.
2. Internet Explorerning menyulari haqida so‘zlab bering.
3. «Tanlangan» menyusining asosiy vazifalarini izohlang.
4. Internet Explorerning uskunalari vazifalarini tahlil etib bering.
|
O’quvchilarni baholash.
|
Uyga vazifa:2-mashq
|
Fan o’qituvchisi: Raxmonova Shaxnozaxon
Mavzu:23.Takrorlash darsi
Fan: Informatika
Qisqacha tezis : Internet tarmog‘idagi websahifani ochish uchun Internet Explorer ning manzillar satriga kerakli websahifa manzilini yozib, ENTER klavishini bosish kifoya. Masalan, manzillar satriga www.google.ru deb yozib, ENTER klavishini bossak, bir necha soniyadan keyin ma’lumotlar oynasida google.ru websahifasi paydo bo‘ladi. Xuddi shunday ketmaket bir nechta websahifani ochish mumkin. Uskunalar panelidagi «orqaga» va «oldinga» amallari yordamida ochilgan websahifalar bo‘ylab harakatlanish, ya’ni oldingi yoki keyingi ochilgan websahifaga o‘tish mumkin. Websahifaning haj miga qarab, uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarflanishi mumkin. Websahifa ochilish jarayonida uning qismlari ekranda astasekin ko‘rinib boradi. Agar shu vaqtda uskunalar panelidagi «To‘xtatish» tugmasini bossangiz, websahifani internetdan qabul qilish to‘xtatiladi va ma’lumotlar oynasida mazkur websahifaning o‘qib ulgurilgan qismi qoladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |