Mavzu: Axborotlarni kodlash usullari
Fan: Informatika
Qisqacha tezis :
Insoniyat o‘z ongidagi ma’lumotlarni kelajak avlodga moddiy holda saqlab qo‘yish maqsadida tasvirlay boshlaganda turli belgi lardan foydalangan. Belgi biror obyektning o‘rnini bosuvchi aksi bo‘lib xizmat qiladi, shu sababli belgilar uzatuvchiga qabul qiluv chining ongida obyektning mos aksini hosil qilish imkonini beradi. Umuman, belgi – bu oshkor yoki oshkormas holda hissiy idrok etilayotgan obyektga aniq mazmun berish kelishuvidir. Agar belgining ko‘rinishi uning mazmunini fahmlash imkonini bersa, u holda kelishuv oshkor deb ataladi. Bu holda belgilarni piktogramma (tasviriy yozuv)lar deb atashadi. Masalan: , , , ,. Bu belgilar ma’nosini tasavvur qilish orqali tushunish mum kin.
|
Qo’shimcha ma’lumotlar:
Kodlash – axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo‘li shi uchun ularni aniq bir qoidalar asosida boshqa ko‘ri nishga o‘tkazishdir.
Kodlashda belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi turlicha bo‘lsa, notekis kodlash usuli, belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi bir xil bo‘lsa, tekis kodlash usuli deyiladi.
|
Nazorat savollari:
1. Belgi va kelishuvlar haqida ma’lumot bering.
2. Kodlash deganda nima tushuniladi?
3. Tarixdagi kodlash usullarini tahlil eting.
4. Tekis va notekis kodlash usullari mazmunini izohlang.
5. Morze kodlash usulining foydali va kamchilik tomonlarini tahlil qilib bering.
|
O’quvchilarni baholash.
|
Uyga vazifa:1-mashq
|
Fan o’qituvchisi: Raxmonova Shaxnozaxon
Do'stlaringiz bilan baham: |