Sana:
|
15.10.2020y.
|
9.10.2020y.
|
Sinf:
|
7-A
|
7-B
|
Mavzu: Amaliy mashg’ulot.
Fan: Informatika
Qisqacha tezis :
1. Aralashtirilgan alifbo usulidan foydalanib, berilgan jumlalarni kodlang: a) NAMUNASIZ HECH NARSANI O‘RGANA OLMAYSAN; b) DEYDILARKI, KITOB – OFTOB; d) KITOB BIZNING DO‘STIMIZ; e) KITOB JAVONI – ILM XIRMONI; f) ILM SIRLARIGA HAZINA KITOB.
2. Uch kishi «ha» yoki «yo‘q» deb ovoz berayotgan bo‘lsin. Agar «ha» so‘zi 1 raqami, «yo‘q» so‘zi 0 raqami bilan kodlansa, ovoz berishning barcha natijalarini yozing.
3. «ONA VATAN, MAKTAB» jumlasi «101100000 111000110000100, 011000010110000001» kabi kodlangan bo‘lsa, har bir harfga mos kodni aniqlang.
4. Avvalgi mashqdagi jumla belgilariga mos kodlarning o‘rnini almashtirib qayta kodlang.
|
Qo’shimcha ma’lumotlar:
Semyuel Morze 1837yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ix tiro qilgan va 1838yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda harf va raqamlarga nuqta va tirelarning maxsus ketmaketligi kod sifatida mos qo‘yiladi, ya’ni axborot quyidagi uchta belgi yordamida kodlanadi: «uzun signal» (tire yordamida ifo dalanadi), «qisqa signal» (nuqta yordamida ifodalanadi), «signalsiz» (bo‘shliq, pauza bilan ifodalanadi).
|
Nazorat savollari:
1. Morze kodlash usulining foydali va kamchilik tomonlarini tahlil qilib bering.
2. Alifbo bilan bog‘liq qanday kodlash usullari bor?
3. O‘zingizning kodlash usulingizni ishlab chiqing va «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» iborasini kodlang.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |