Infratuzilma asoslari


Bozor infratuzilmasida savdo vositachilik faoliyati


Download 69.46 Kb.
bet8/9
Sana28.10.2021
Hajmi69.46 Kb.
#169018
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-1IQT 17 guruh Durbek Hidoyatov Mustaqil ish

Bozor infratuzilmasida savdo vositachilik faoliyati

Mahsulotning ishlab chiqarish jarayonidan iste‘molchiga yetib kelishgacha - tashish, saqlash va qo’shimcha (qadoqlash, o’rash, tamg`alash kabi) ishlarni bajarish bilan bog`liq bo’lgan jarayon tovar harakati deyiladi. Uni tashkil etishda firmaning asosiy maqsadi, birinchidan mahsulotni tezda, yaqin masofa orqali va samarali usul bilan o’z xaridorlariga yetkazish; ikkinchidan, tovarni sotish uchun eng qulay sharoit yaratishdan iborat bo’lishi shart. Tovar harakatini rejalashtirishda korxonalar tanlagan tovar sotish uslublariga asoslaniladi. Ular quyidagi uch uslubdan biri bo’lishi mumkin:

- tovar ishlab chiqaruvchi vositachilarsiz, to’g`ridan-to’g`ri o’zinig iste‘molchisi bilan bog`lanishi;

- tovarlarni mustaqil vositachilar orqali sotish;

- aralash usul, ishlab chiqaruvchi firma va vositachi savdo tashkiloti sarmoyalari qatnashishi orqali. Tovarlarning to’g`ridan-to’g`ri ishlab chiqaruvchi tomonidan sotilishining yaxshi tomonlari va kamchiliklari ham bor. Firma o’z mahsuloti savdosini to’la nazorat qiladi. Bunday usul bilan oddiy assortimentli tovarlardan ko’mir, neft mahsulotlari, sut va go’sht kabi tez buziladigan mahsulotlar sotilishi afzalroq hisoblanadi. Ammo qolgan tovarlarning sotilishida mustaqil vositachi - ulgurji yoki chakana savdo firmalarining qatnashishi jahon tajribasida sinalgan samarali yo’ldir. Firma tovar harakatini rejalashtirishda quyidagilarga ahamiyat beradi: - sotish siyosatini tovar harakatiga bog`lagan holda aniqlash;

- tovar harakati usullaridan va turlaridan barcha tovarlar va bozor segmentlariga mosini tanlash;

- tovar harakati bo’g`inlari va umumiy masofani topish;

- tovar harakati zanjirida qatnashuvchilar - mustaqil vositachilarni aniqlash;

- tovar harakatiga rahbarlik tizimini yaratish;

- tovar harakatini tashkil etuvchi bosh bo’g`inini topish;

- tovar harakati turlaridan eng samaralisini tanlash va bir necha xilini bog`lab, bir-birini to’ldirishini ko’zda tutish. Tovar harakati qatnashuvchilari quyidagi vazifalarni bajaradi: ishlab chiqarilgan mahsulotni taqsimlash va sotish; marketing tadqiqotlari o’tkazish; tovarlar iste‘molchilari bilan to’g`ridan-to’g`ri aloqa o’rnatish; oldi-sotdi qilish uchun shartnomalar tuzish jarayonini tayyorlash; tovarning iste‘molchiga yetib borishini rag`batlantiruvchi siyosat yurg`izish; tovar assortimentini rejalashtirishda qatnashish va yordamlashish, tovar harakatini moliyaviy ta‘minlash; sotilgan tovarlarga qo’shimcha xizmat uyushtirish; tovarlarni tashish; tovarlarni sortlarga ajratish; kichik o’ramlarga qadoqlash, tamg`alash, o’z savdo bitimini tuzishga tavakkal qilish, sotilgan tovar bahosini aniqlashda qatnashish va boshqalar. Ana shu ko’p qirrali vazifalarni maxsus savdo firmalarining bajarishi, tovar harakatidagi sarf-xarajatlarning ancha yuqori samara berishini ta‘minlaydi. Savdo vositachiligi bozor iqtisodiyotining juda muhim va ajralmas qismidir. Vositachilar – bitim tuzishni hohlovchi tomonlarni bog`lovchi hisoblanadi. Ular tashish, saqlash, sug`urtalash, sotish va boshqa sohalarda faoliyat yuritadilar. Vositachi sifatida alohida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin. Vositachilar buyurtmachi nomidan faoliyat yuritadi va shuning evaziga mukofot oladilar. Brokerlar, dilerlar, komissionerlar, konsignatorlar, maklerlar, ulgurji xaridorlar, savdo va sanoat agentlari vositachilar hisoblanadi. Vositachilik firmasi – tovarning ishlab chiqaruvchisi va iste‘molchisi o’rtasida turuvchi va uning savdosida ishtirok etuvchi tijorat korxonasidir. Vositachilik faoliyatining mohiyati hozirgi vaqtda juda keng bo’lib, hamkorlarni izlash, bitim uchun hujjatlarni tayyorlash va uni tuzish, transport-ta‘minotchilik faoliyati, tovarlarni sug`urtalash, tovarlarni reklama qilish, moliya-kredit ta‘minoti, sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish, bozorlarni o’rganish va tahlil qilish, bojxona rasmiylashtiruvlarini bajarish va boshqa shu kabi faoliyatlarni ham qamrab oladi. Vositachilarni jalb etishdan maqsad – savdo faoliyatining samaradorligini oshirishdir. Masalan, eksport jarayonida savdo vositachisi tovar ishlab chiqaruvchini mahsulotni sotish bo’yicha ko’plab majburiyatlardan ozod etadi. U tovarni importer mamlakatga yetkazib boradi, saralaydi, qadoqlaydi, tovarni assortimentlarga ajratadi, tovarni bozor talabiga moslashtirishga harakat qiladi. Shu yo’l bilan eksport qiluvchi (ishlab chiqaruvchi) xorijiy bozorda mustahkam o’rin egallash, mablag`larni tejash maqsadida vositachining bilim va tajribasidan foydalanadi. Savdo vositachilik firmalari odatda o’zining moddiy-texnik bazasini, ya‘ni saqlovchi inshootlar, ko’rgazma zallari, ta‘mirlash ustaxonalari, chakana savdo do’konlari va boshqa shu kabilarga ega bo’ladi. Vositachilarning ishtirok etishi ularga vositachilik mukofotining to’lanishiga qaramasdan quyidagi afzalliklarga ega:

- sotish jarayonining tejamliligini oshiradi;

- tovarlarni sotish jarayoni tezlashadi va buning natijasida kapital aylanishi tezlashadi hamda foyda ko’payadi; - vositachilar xaridorlar bilan to’g`ridan-to’g`ri aloqada bo’lganligi sababli ular ishlab chiqaruvchilar uchun bozor konyunkturasi, mahsulot sifati va mahsulotning raqobatbardoshligi to’g`risidagi dastlabki, qimmatli ma‘lumotlar manbai hisoblanadi;

- vositachilar tomonidan texnik xizmat ko’rsatish, sotishdan oldingi servis, joylardagi omborlar yordamida tovarlarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirish ishlab chiqaruvchi mahsulotining raqobatbardoshligini oshiradi; - vositachilarning sotish tizimining mavjud bo’lishi ishlab chiqaruvchilarning mablag`larini tejaydi;

- vositachilarning ma‘lum turdagi tovarni sotishga ixtisoslashuvi sotish xarajatlarining yanada tejalishiga olib keladi va qo’shimcha daromad olishga imkoniyat yaratadi. Ishlab chiqaruvchilar vositachilarni jalb etishdan avval ularning afzalligini iqtisodiy tomondan baholashi lozim. Agar vositachilar korxonaning o’zi sotganiga nisbatan yuqori daromadga erishishni ta‘minlamasa, ularni jalb etish samarasizdir. Jahon miqyosidagi savdo amaliyotida vositachilarni jalb etish keng tarqalgan bo’lib, bu ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda xaridorlarga ham qulayliklar yaratadi. Vositachilik faoliyati quyidagilarga qarab turlarga ajratiladi:

- kimning nomidan faoliyat yuritishiga qarab, ya‘ni o’z nomidan yoki ishlab chiqaruvchi nomidan faoliyat yuritishi, vositachilik faoliyatini amalga oshirishi natijasida huquqiy majburiyatlar uning o’ziga yoki u xizmat qilayotgan ishlab chiqaruvchiga tushishiga qarab;

- kimning hisobidan faoliyat yuritishiga qarab, ya‘ni o’z mablag`lari hisobidanmi yoki ishlab chiqaruvchi mablag`lari hisoidan faoliyat yuritishiga qarab, vositachilik faoliyatidagi xarajatlar va daromadlar vositachining o’ziga yoki u xizmat qilayotgan ishlab chiqaruvchiga tegishliligiga qarab. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasiga ko’ra savdo vositachilik faoliyatining quyidagi turlari mavjud:

- dilerlik faoliyati – vositachi o’z nomidan va o’z hisobidan faoliyat yuritadi;

- komission faoliyat – vositachi o’z nomidan, lekin o’zgalar hisobidan faoliyat yuritadi;



- agentlik faoliyati – vositachi o’zgalar nomidan va hisobidan faoliyat yuritadi. Yuqorida keltirilgan guruhlash va savdo vositachilari funksiyalari xarakteriga ko’ra, jahon tajribasida savdo-vositachilik firmalarining quyidagi turlari mavjud: a) savdo firmalari yoki dilerlar; b) komission firmalar; d) savdo agentlari. Savdo agentlarining keng tarqalgan turi – brokerlardir. Savdo firmalari tovarlarni sotib olish va uni qayta sotish bilan bog`liq dilerlik faoliyati bilan shug`ullanadilar. Ular o’z nomi va o’z hisobidan faoliyat yurituvchi vositachilar bo’lib, oldi-sotdi shartnomalaridan foydalanadilar. Tovarlarni sotib olishda xaridor sifatida, sotishda esa sotuvchi sifatida qatnashadi, ma‘lum muddatga tovarning egasiga aylanadilar va shu vaqtda tovarlar bilan bog`liq barcha xavf-xatarlarni o’z zimmasiga oladi. Savdo firmalarining quyidagi turlari mavjud: savdo uylari, eksport firmalari, import firmalari, ulgurji savdo firmalari, chakana savdo firmalari, distribyutorlar, stokistlar. Bu ularning bajaradigan ishlari turlariga qarab shartli guruhlash bo’lib, amaliyotda savdo firmalari bir vaqtning o’zida yuqoridagi faoliyatlarning bir nechasi bilan shug`ullanishi mumkin. Savdo uylari – bu keng profilli, keng ko’lamli kompaniya bo’lib, savdo vositachilik va tijorat faoliyati bilan shug`ullanadi. Jahon tajribasida savdo uyi tijorat, ombor va ishlab chiqarish faoliyatlarini o’z mamlakatida va xorijda amalga oshiradigan kompaniya yoki firmadir. Eksport firmalari – dilerlik faoliyatini o’z hisobidan ichki bozordan tovarlarni sotib olib, xorijiy bozorlarda uni qayta sotish orqali amalga oshiruvchi firmadir. Import firmalari esa dilerlik faoliyatini o’z hisobidan tovarni xorijdan sotib olib, uni so’ngra ichki bozorda ishlab chiqaruvchilarga, ulgurji va chakana savdo firmalariga sotish orqali amalga oshiruvchi firmadir. Import firmalari omborlarida tovar zahiralarini yaratib qo’yadi va zarurat paydo bo’lganda ichki bozorda uni sotish uchun chiqaradi. Import firmalari tovarni xorijlik eksportchilardan to’g`ridanto’g`ri, birjalar va auksionlardan yoki xorijiy mamlakatda ochgan tayyorlov tashkilotlari orqali sotib olishlari mumkin. Ulgurji firmalar – sanoat yoki tayyorlov tashkilotlari va turli savdo firmalari o’rtasidagi vositachi-dilerlardir. Ular xorijdan yoki mamlakat ichidan tovarlarni o’z hisobidan yirik partiyada sotib olib, keyinchalik uni alohida xaridorlarga maydaroq partiyada sotish bilan shug`ullanadilar. Baholar o’rtasidagi farqdan ularning daromadlari shakllanadi. Distribyutorlar (inglizcha «distribution» - taqsimlash) – dilerlik kelishuviga muvofiq belgilangan tovarlarni sotish bilan shug`ullanadi. Boshqa vositachilik faoliyatlaridan farqli o’laroq, distribyutorlar o’z nomidan va o’z hisobidan bir tomondan sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) bilan, ikkinchi tomondan xaridorlar bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadilar. Ular ishlab chiqaruvchilar bilan uzoq muddatga mo’ljallangan hamkorlik aloqalari bo’yicha bitim tuzadilar. Mazkur bitim odatda tomonlarning bir qator huquq va majburiyatlari majmuidan iborat bo’ladi. Distribyutorlar bilan tuziladigan bitimlar sotiladigan tovarlar nomenklaturasi, kelgusidagi savdolar hududi, bozorda faoliyat yuritish shartlari, yillik tovar sotish hajmi bo’yicha majburiyatlar va boshqa shu kabilarni o’z ichiga qamrab oladi. Distribyutorlik firmasi quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi: - bozor konyunkturasini o’rganish va unga taalluqli ma‘lumotlarni ishlab sotuvchiga (ishlab chiqaruvchiga) yetkazib turish;

- tovarlar reklamasini amalga oshirish;

- omborlar tashkil etish va tovarlar zahirasini saqlash;

- sotishdan oldingi xizmat ko’rsatish va tovarlarga sotishdan oldingi ishlov berishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

- bir maromda faoliyat yurituvchi savdo tizimini yaratish;

- sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yish, mashina tovarlariga texnik xizmat ko’rsatishni ta‘minlash. Komisson savdo faoliyatida vositachi o‘z nomidan, lekin tovar egasi hisobidan faoliyat yuritadilar. Komissoner – savdo vositachisi bo‘lib, tovarlarni o‘z nomidan, lekin komitent (tovar egasi)ning hisobidan va uning manfaatlari uchun ma‘lum komissiya (vositachilik haqi) evaziga sotadilar yoki sotib oladilar. Komissioner unga qat‘iy belgilab berilgan berilgan vakolatlar doirasida faoliyat yuritadi, aks holda ko‘rilgan zarar komitent tomonidan undirib olinadi. Komissioner savdo bitimi natijalarini to‘liq komitentga taqdim etadi. Komissionerlar uchinchi tomonning savdo bitimi shartlarini bajarmasligi holatida javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

Bozorga g`oyat xilma-xil tovar va xizmatlar chiqariladi, ular bozor obyektini, aniqrog`i u yerdagi oldi-sotdi obyektini tashkil etadi. O’z obyekti jihatidan bozorni quyidagi turlarga bo’lish mumkin:

1. Iste‘mol tovarlari bozori - kishilarning tirikchiligi uchun zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar bozoridir. Bu bozorda keng iste‘mol buyumlari, madaniy, maishiy va kommunal xizmatlari oldi-sotdisi olib boriladi. Bu bozorda deyarli barcha fuqaro ishtirok etadi. Bu bozorning O’zbekistonda aniq ko’rinishlariga quyidagilar misol bo’ladi: magazinlar, savdo uylari, supermarket, do’kon, oshxona, nonvoyxona, har xil ustaxonalar, sartaroshxonalar, salonlar, nihoyat, dehqon bozorlari va buyum bozorlari.

2. Ishlab chiqarish vositalari va resurslar bozori - ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslar bozori. Bu bozorda ulgurji savdo-sotiq yuz beradi. Mazkur bozor savdo firmalari, savdo uylari, birjalar faoliyatida namoyon bo’ladi. Bunday bozorda resursga talabgorlar resurs yetkazuvchilar bilan shartnomalar asosida aloqa qiladilar. Resurs bozorining bosh bo’g`ini tovar xomashyo birjasi hisoblanadi. Tovar xomashyo birjasi ulgurji savdo bilan shugullanuvchi tijorat korxonasidir. Birjadagi savdo-sotiq operatsiyalari quyidagi belgilarga ega:

- birjada tovarlarni yetkazib berish haqida bitim tuzilib, ularning pulini to’lash birjadan tashqarida yuz beradi;

- birjada sotiladigan tovarlarning o’zi emas, ularning namunasi va naqdligini tasdiqlovchi hujjat qo’yiladi;

- birjada hali yo’q tovarlarni sotish haqida ham bitim tuziladi, bu qishloq xo’jaligi mahsulotlariga taalluqlidir. Bo’lg`usi hosil yuzasidan savdo bitimi ilgariroq tuzilib, tovarni yetkazib berish hosil yig`ilganidan keyii yuz beradi;

- birja uyushgan bozor bo’lib, bu yerdagi savdo-sotiq operatsiyalari belgilangan tartibda o’tkaziladi. Universal birjalar har xil mollar bilan savdo qilsa, ixtisoslashgan birjalar ayrim tovarlarni (don, paxta, metall va hokazo) sotadi.

3. Ish kuchi yoki mehnat bozori - ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Ish kuchi maxsus tovar bo’lganidan uning bozori o’z xususiyatiga ega. Ish kuchi insonning ishlash qobiliyati. Agar oddiy tovar sotilganda uning egasi o’zgarsa, ish kuchi necha marta sotilmasin, o’z egasi bilan birga qoladi. Chunki, buni inson jismidan ajratib bo’lmaydi. Mehnat bozori mehnat birjalari, ishchi yollovchi vositachi firmalardan va nihoyat, kishilarni bevosita ishga jalb etuvchi korxonalarning o’zidan iborat. Sharqqa xos bo’lgan tartibsiz mehnat bozori - bu mardikor bozoridir.

4. Moliya bozori - moliyaviy resursga aylangan pul mablag`lari va ularga tenglashtirilgan qimmatbaho (qiymatli) qog`ozlar bozoridir. Moliya bozori tarkiban kredit (qarz puli) bozori, qimmatbaho qog`ozlar bozori va valyuta bozoridan iborat. Valyuta auksioni, kredit pullari auksioni, banklar, moliya kompaniyalari, fond birjalari (qimmatli qog`ozlar bozori) va boshqalarning faoliyati bu bozorning yaqqol ko’rinishidir.

5. Intellektual tovarlar bozori - aqliy mehnat mahsuli bo’lgan tovarlar va xizmatlar bozori. Bu bozorda ilmiy ishlanmalar, g`oyalar, texnikaviy loyihalar va chizmalar, axborot, san‘at, adabiyot va ilmga tegishli asarlar, ijrochilik xizmati va turli tomosha xizmatlari sotiladi. Bu bozorning muhim unsuri litsenziya bozori va hozirgi kunda shou-biznes va kino bozorlaridir. Bozor o’zining qamrov doirasi jihatidan mahalliy, hududiy, milliy va jahon bozorlariga bo’linadi. Bozor qanchalik turga bo’linmasin, ixtisoslashmasin, baribir, u oldi-sotdi orqali kishilar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni o’rnatishga hizmat qiladi. Tovar harakatining umumiy zanjirida chakana savdo muhim xalqa hisoblanadi. Chunki xalq iste‘moli tovarlarini ishlab chiqarish korxonasidan iste‘molchilarga yetkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va aholining shu tovarlarga o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur shart-sharoitlar xuddi ana shu chakana savdo korxonalarida yaratilishi lozim. Aholiga savdo xizmati ko’rsatishning sifati savdo-sotiqni tashkil etish darajasiga bog`liqdir, shu sababli chakana savdo korxonalarining butun savdo faoliyati shu vazifaga bo’ysundiriladi. Savdo madaniyati - keng tushunchadir. Iste‘molchi to’g`risida chinakam chuqur, har tomonlama g`amxo’rlik qilish uning asosi hisoblanadi. Xaridorlarga yuksak madaniyatli xizmat ko’rsatish uchun savdoni aholining tovarlarga bo’lgan ehtiyojini to’laroq darajada qondiradigan va muomala chiqimlarini qisqartiradigan, ya‘ni tovar sotib olishga ketadigan vaqtni kamaytiradigan qilib tashkil etish lozim. Savdo madaniyati, ya‘ni aholiga savdo xizmati ko’rsatish sifati ko’pgina omillarga bog`liq. Bu omillar birinchi navbatda aholiga zarur bo’lgan keng assortimentdagi va yuqori sifatli tovarlarning do’konlarda bo’lishini, shuningdek savdotexnologiya jihozlari bilan yaxshi ta‘minlangan yirik, zamonaviy do’konlarning keng tarmog`i bo’lishini bildiradi. Savdo madaniyati deyilganda xaridorga xushmuomalada bo’lishni ham, xizmat ko’rsatishning ilg`or usullarini joriy etishni ham, savdo maydonini bezash, did bilan jihozlashni ham, do’konlarning aholi uchun qulay ish vaqtlarini ham tushunmoq kerak. Savdo xizmati sifatini oshirish, xaridorlarga maslahatlar berish, tovarlarning namunalarini harakatda ko’rsatish, reklama va axborotning turli shakllarini rivojlantirish yo’li bilan tovar tanlab olishda xaridorlarga yordam berishni ham taqozo etadi. Mollarni uyga yetkazib berish, buyurtma qabul qilish, gazlamalarni bichib berish va shu kabi qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish ham savdo madaniyatining darajasini belgilaydi.




  1. Download 69.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling