Infratuzilma asoslari


Investitsiyalar va investitsion faoliyatning bozor infratuzilmasidagi ahamiyati


Download 69.46 Kb.
bet9/9
Sana28.10.2021
Hajmi69.46 Kb.
#169018
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-1IQT 17 guruh Durbek Hidoyatov Mustaqil ish

Investitsiyalar va investitsion faoliyatning bozor infratuzilmasidagi ahamiyati

Investitsiya muassasalari - bu qimmatli qog`ozlar bilan o’z faoliyatini asosiy faoliyat sifatida amalga oshiruvchi qimmatli qog`ozlar bozorining professional ishtirokchilaridir. Investitsiya muassasasi bo’lgan yuridik shaxsning ustavida uning asosiy faoliyat turi albatta ko’rsatilishi kerak (bu investitsiya muassasalarini oddiy xo’jalik yurituvchi subyektlaridan ajratib turuvchi birinchi xususiyat). Boshqa mamlakatlarda investitsiya muassasalari qimmatli qog`ozlar bozorida o’z faoliyatini maxsus faoliyat sifatida amalga oshiruvchi tashkilot, deb ta‘riflanadi.

Investitsiya fondlari - bu jismoniy va yuridik shaxslar mablag`larini to’plovchi hamda foyda olish, aksiyadorlar xatarini kamaytirish maqsadida ushbu mablag`larni fond nomidan qimmatli qog`ozlarga, bank hisobraqamlariga va omonatlarga joylashtiruvchi tashkilotdir. Investitsiya fondi yuridik shaxs bo’lib, aksiyalarni chiqarish va xarid qilishni, qimmatli qog`ozlar bilan boshqa bitimlarni amalga oshiradi, shuningdek, u aksiyalariga egalik qilayotgan korxonalarning rivojlanishida va faoliyati samaradorligini oshirishda aksiyador huquqlari bilan ishtirok etadi. Investitsiya fondlari ikki xilga bo’linadi: ochiq va yopiq investitsiya fondlari. Ochiq turdagi investitsiya fondlari aksiyalarni ularni sotib olish majburiyati bilan muomalaga chiqaradi, ya‘ni fond qimmatli qog`ozlarining egalariga ularning o’rniga pul summasi yoki mol-mulkni olish huquqini beradi, bu ustavda oldindan ko’zda tutilishi lozim. Yopiq turdagi investitsiya fondlari aksiyalarni ularni sotib olish majburiyatisiz muomalaga chiqaradi. Investitsiya fondlarining muassislari bo’lib yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin, bunda ularning soni ikkitadan kam bo’lmasligi kerak. Investitsiya fondining ustav fondi eng kam ish haqining 500 barobaridan kam bo’lmasligi lozim. Fond aksiyalariga dastlabki obuna fond davlat ro’yxatiga olingan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi. Fond ustav sarmoyasining kamida 75 foizi pul mablag`lari bilan to’lanishi zarur. Investitsiya fondi davlat ro’yxatiga olinib, investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko’rsatish uchun litsenziya olganidan keyin u tashkil etilgan hisoblanadi. Investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko’rsatish uchun litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Fondni tashkil etishda uning aksiyalari ochiq obuna yo’li bilan tarqatiladi, bunday obuna boshqaruvchi kompaniya tomonidan amalga oshiriladi. Obunaning eng uzoq muddati 6 oy qilib belgilanadi. Obunaning yakunlanishida investitsiya fondining ustav sarmoyasi u tomonidan amalda joylashtirilgan aksiyalar bilan muvofiqlashtiriladi va adliya idoralarida ro’yxatdan o’tkaziladi,



Investitsiya muhiti - bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta‘sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me‘yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui. Investitsiya muhiti eng avvalo quyidagi iqtisodiy omillar orqali belgilanadi: tabiiy shart-sharoitlar, shu jumladan foydali qazilmalar zahiralari, ishchi kuchi malakasi va o’rtacha ish haqi darajasi, iqtisodiy kon‘yunktura holati, ichki bozor sig`imi hamda tovarlarni tashqi bozorda sotish imkoniyatlari, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning belgilanganligi va h.k. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon qulay investitsiya muhitini yaratish davlatimiz iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri bo’lib kelmoqda. Qimmatli qog`ozlarni harakatsizlantirish - bu qimmatli qog`ozlarni ifoda qiluvchi jismoniy hujjatlarni (sertifikatlarni) depozitariyda joylashtirish demakdir. Sarmoyadorlarning aksariyat qismi, ayniqsa, tez-tez bitimlar tuzuvchi sarmoyadorlar qimmatli qog`ozlarga egalik qilish guvohnomasi sifatida qo’llarida sertifikatga ega bo’lishni afzal ko’rishadi. "O’ttizlik guruhi" barcha usullar bilan bunday amaliyotdan voz kechishni qat‘iy ravishda tavsiya qiladi, chunki qog`oz sertifikatlarni ko’chirish va saqlash oxiroqibatda bozorning rivojlanishini sezilarli darajada murakkablashtiradi. Qimmatli qog`ozlarni moddiysizlantirish - bu jismoniy qimmatli qog`ozlarni chiqarmagan holda emissiyani amalga oshirishdir, qimmatli qog`ozlarni harakatsizlantirishdagi kabi depozitariyga bunday vaziyatda ham qimmatli qog`ozlarga egalik qilish haqidagi yozuvlarni saqlash majburiyati yuklatiladi. Shundan keyin depozitariy mijozlarning talablariga ko’ra naqdsiz hisobraqamlarga o’tkazish yo’li bilan mulkchilik huquqini o’tkazadi. Moddiysizlantirishning harakatsizlantirishdan muhim farqi shuki, bunda sarmoyador uchun egalik qilish haqidagi guvohnoma siatida qo’liga sertifikatni olish imkoniyati yo’q. Bank tizimi singari, O’zbekiston Respublikasining depozitar tizimi ham ikki pog`onalidir. Bu shuni anglatadiki, davlat unitar korxonasi ko’rinishida tashkil etilgan Markaziy depozitariy mamlakatning bosh depozitariysi hisoblanadi. U O’zbekiston depozitariylarida qimmatli qog`ozlarni saqlash, huquqlarni hisobga olish va harakatining yagona tizimini ta‘minlaydi {birinchi pog`ona). Qolgan depozitariylar - nodavlat korxonalar bo’lib, ularning muassislari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin, Bu depozitariylar Markaziy depozitariyga bo’ysunadi va u bilan vakillik aloqalarini o’rnatishga majbur (ikkinchi pog`ona). Depozitariylar o’z deponentlarining hisobraqamlarida, ularning markaziy depozitariylardagi vakillik hisobraqamlarida umumiy hisobga olinadigan naqdsiz qimmatli qog`ozlarga nisbatan huquqlarning hisobini yuritadi. O’zining asosiy faoliyatidan tashqari, depozitariylar qimmatli qog`ozlarning nominal egasi vazifasini bajarishi (ya‘ni depozitariy qimmatli qog`ozlar egasining topshiriri asosida qimmatli qog`ozlar egalarining reestrida ularning nominal egasi sifatida ro’yxatga olinishi mumkin), shuningdek, qimmatli qog`ozlar egalarining reestrini yuritish buyicha faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Depozitariy ustav fondining miqdori eng kam ish haqining 2000 barobaridan kam bo’lmasligi kerak, o’z sarmoyasi va qarz mablag`lari o’zaro nisbatining koeffitsiyenti N1>0,0001 darajasida belgilangan. Bunda mijozlar mablag`lari sifatida saqlash uchun qabul qilingan qimmatli qog`ozlarning qiymat summasidan foydalaniladi. Bir mijozga to’g`ri keladigan xatarning eng ko’p miqdori ko’rsatkichi depozitariylarga nisbatan qo’llanilmaydi. Depozitariylarda qimmatli qog`ozlarning but saqlanishi qimmatli qog`ozlarning maxsus saqlash joylarida va hisob ro’yxatlarining depozitar operatsiyalarining andozalariga muvofiq qimmatli qog`ozlarni saqlash va qimmatli qog`ozlarga bo’lgan huquqlarni hisobga olishga doir yozuvlar tizimining yuritilishi bilan ta‘minlanadi. Markaziy depozitariy, bundan tashqari, qo’shimcha ravishda o’z axborot ma‘lumotlar bazasini takrorlash tizimi bilan qimmatli qog`ozlarning but saqlanishini ta‘minlaydi. Markaziy depozitariy qimmatli qog`ozlarni saqlash, tegishli guvohnomani bergan holda naqd va naqdsiz qimmatli qog`ozlarga nisbatan huquqlar hisobini yuritish hamda tasdiqlash vazifasini bajaruvchi oddiy tashkilotlardan farqli o’laroq quyidagi vazifalarni bajaradi: - qimmatli qog`ozlarning naqdsiz nashrlarini saqlash; - davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan obyektlarning naqd qimmatli qog`ozlarini ularni sotib olgunga qadar saqlash; - naqd va naqdsiz qimmatli qog`ozlarga nisbatan davlat huquqining hisobini yuritish; - depozitariyning vakillik hisobraqamlarini yuritish; - birja va birjadan tashqari savdolar ishtirokchilarining qimmatli qog`ozlarini ularning savdoga qo’yilishi oldidan mavjudligini va haqiqiyligini tasdiqlash; - birja va birjadan tashqari savdolar ishtirokchilariga savdolarda tuzilgan bitimlar bo’yicha qimmatli qog`ozlarning yetkazib berilishini ta‘minlash; - naqd va naqdsiz qimmatli qog`ozlarning muomalaga chiqarilganligini tasdiqlovchi

hujjatlarni saqlash; - O’zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan, shuningdek, chet el bozorlarida O’zbekistonning rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog`ozlarni hisobga olish; - depozitariylar tizimida qimmatli qog`ozlarning harakati haqidagi axborotni yig`ish va tartibga solish. Markaziy depozitariy davlatga tegishli bo’lmagan naqd va naqdsiz qimmatli qog`ozlarga bo’lgan huquqlar hisobini, aksiyadorlar reestrini yuritish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga moliyaviy yordam ko’rsatish, boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida ishtirok etish huquqiga ega emas. Depozitariyning asosiy xizmatlaridan biri Davlat mulki qo’mitasiga, uning hududiy bo’linmalariga, tarmoq birlashmalariga, uyushmalar va kontsernlarga statistik hamda ma‘lumotnoma tusidagi axborotlarni taqdim etishdir.




Download 69.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling