Ijtimoiy infratuzilma subyektlari fuqarolarning ijtimoiy, ma‘naviy, madaniy, ma‘rifiy, ilmiy va boshqa faoliyat yo’nalishlari, o’zaro munosabatlarini bir-birlariga bog`lash va aloqasini ta‘minlash hamda rivojlantirishga xizmat ko’rsatuvchi tarmoq va subyektlar majmuidan iborat. Ijtimoiy infratuzilma subyektlari aholining turmush darajasini belgilaydigan uy-joy qurilishi, sog`liqni saqlash, ta‘lim, jismoniy tarbiya va sport, aloqa, transport, umumiy ovqatlanish xizmatlari, umuman aholining turmush farovonligiga ijobiy ta‘sir etuvchi barcha sohalarni o’z ichiga olgan va bog`lovchi tizim sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |