Ekologik infratuzilma subyektlari bevosita tabiat, atrof-muhit, atmosfera ifloslanishi oldini olish, toza ichimlik suvi bilan ta‘minlash, fuqarolarning tabiat va atrof-muhitga bo’ladigan salbiy ta‘sirlarini kamaytirish bo’yicha vakolatli davlat organlari, muhandislik inshootlari va laboratoriyalari, shuningdek ekologiya bilan shug`ullanadigan halqaro va ijtimoiy tashkilotlardan iborat. Ekologik infratuzilma subyektlari fan-texnika taraqqiyoti natijasida yuzaga kelayotgan salbiy oqibatlarni kamaytirish asosida tabiatning musaffoligini saqlash, eng asosiysi cheklangan yer va suv resurslaridan yanada samarali foydalanish, bu borada xalqaro miqyosida o’zaro hamkorlikda faoliyat yurgizishni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |