Infratuzilmasini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari


-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkiliy infratuzilmasi


Download 69.7 Kb.
bet2/7
Sana21.10.2023
Hajmi69.7 Kb.
#1714589
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-маъруза

4.1-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkiliy infratuzilmasi


Bevosita innovatsiyalash, ya’ni innovatsiyalarni taklif sifatida yaratish uchun va innovatsion tadbirkorlik, ya’ni bu takliflarni amalga oshirish va ilgari surish uchun infratuzilma elementlarining mazmun-mohiyatiga kengroq e’tibor qaratish zarur (4.1-jadval).

4.1-jadval


Infratuzilma elementlarining qiyosiy jadvali

Innovatsion tadbirkorlik uchun

Bevosita innovatsiyalash uchun

Joriy qiluvchi firmalar Muhandislik markazlari Injeniring firmalari
Axborot xizmati ko‘rsatuvchi firmalar Konsalting firmalari
Reklama faoliyati bo‘yicha firmalar Banklar va boshqa kredit korxonalari Innovatika ixtisoslashgan auditorlik firmalari
Ilmiy-texnik shirkatlar
Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari
Sertifikatsiya markazlari Lizing kompaniyalari
Patent-litsenziyali korxonalar Biznes-inkubatorlar Texnologiyalar transferi markazlari Sug‘urta kompaniyalari

Sanoat universitetlari va xalq xo‘jaligining boshqa sektorlari Tadqiqotchilik majmualari Fanlar akademiyasi Kutubxonalar va ma’lumotlar to‘plamlari
Sinov tariqasidagi ishlab chiqarishlar
Tajriba laboratoriyalari va markazlari
Axborot xizmati ko‘rsatuvchi firmalar
Patent-litsenziyali korxonalar Ilmiy parklar
Innovatsion markazlar Innovatsion-ishlab chiqarish komplekslari

Mazkur infratuzilma turlarining ayrim elementlari mos kelishi yoki umumiy bo‘lishi mumkin, bu - axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi firmalar, tajriba va muhandislik markazlari, moliyaviy strukturalar, patentli-litsenziyali korxonalardir.


Korxonalarni innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish quyidagilarga imkon beradi:
yangi yoki takomillashtirilgan texnologiyalar, mahsulotlar, asbob-uskunlarni joriy qilish hisobiga mahsulot (tovar, xizmat) ishlab chiqarishning o‘sishini ta’minlash;
innovatsion mahsulot hajmi ulushini innovatsion faol korxonalar mahsulotlari umumiy hajmining 20% foizga etkazish;
fan-texnika va ishlab chiqarish sohalaridagi qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish;
ITTKI (ilmiy-tadqiqot va tajriba-konsturuktorlik ishlari) innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangi usullarini joriy qilish hisobiga innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha resurslar jalb qilish;
zaruriy innovatsion infratuzilma (texnologiyalar, innovatsion texnologik markazlar, kichik innovatsion-texnologiya, korxonalar va boshqalar) innovatsion faoliyat sub’ektlariga iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratish va rivojlantirish;
innovatsion faoliyat qatnashchilarining munosabatlarini tartibga soladigan qonunchilik va normativ-huquqiy asoslar shakllantirish;
innovatsion sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlari yaratish;
korxonalar innovatsion faolligini oshirishni ta’minlaydigan, samarali faoliyat ko‘rsatadigan, bozorga yo‘naltirilgan innovatsion tizim yaratish;
yangiliklar kiritish asosida ishlab chiqarishda jadal tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
mahsulot (tovar, xizmat) raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish;
ichki va tashqi bozorlarda sanoat va fan-texnika yangi birlamchi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish;
innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va tarmoqlararo kooperatsiya ilg‘or tajribalari va ustunliklaridan maksimal darajada foydalanish.
Bizga ma’lumki, yangi tovar ishlab chiqarishda muvaffaqiyat keltirishning uchta omili mavjud. Ya’ni o‘z raqobatchilariga nisbatan tovarlarining ustunligi, iste’molchilar tomonidan qabul qilish uchun ajralib turuvchi xususiyatlarining mavjudligi, firmaning innovatsion marketing, yuqori ITTKI va ishlab chiqarish, ya’ni texnologik nou-xauning mavjudligidir. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan muvaffaqiyat keltiruvchi omillar innovatsion marketingda muhim o‘rin tutadi.
Ma’lumki, ishlab chiqaruvchi korxonalarida savdo vasof foyda hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat qiladi.Bunda ular marketing faoliyatini yanada rivojlantirishga, unda yangi tovarlar ishlab chiqarish, yangi xizmat turlarini joriy etish asosiy masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun ham bu o‘rinda korxonalar faoliyatiga yangiliklarni kiritish, yangi tovar ishlab chiqarish, innovatsion marketing usullarini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.



    1. Download 69.7 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling