Ing electric elektr) elektr tokini deyarli oʻtkazmaydigan material (modda) lar
Dielektriklar haqida asosiy tushunchalar
Download 25.19 Kb.
|
Dielektriklar
Dielektriklar haqida asosiy tushunchalar.
Izolyatsiya materiallari majmuidan iborat elektr texnika tuzilmasi elektr izolyatsiyasi deb ataladi. Elektr texnikaga oid biror-bir uskuna, asbob va tuzilmalarni izolyatsiya materiallarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Eng oddiy hisoblangan elektr zanjirini ham elektr o‘tkazgich va izolyatsiya materiallarisiz yig‘ib bo‘lmaydi. Elektr izolyatsiyasi tok oqimining kerakli yo‘nalishi bo‘yicha o‘tishini ta‘minlaydi. Elektr izolyatsiya materiallari (dielektriklar) agregat holatiga ko‘ra gaz, suyuq va qattiq turlarga bo‘linadi. Ularning ichida qattiq holatdagi materiallar eng ko‘p uchraydi. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra izolyatsiya materiallari organik va anorganik turlarga bo‘linadi. Dielektriklarning fizik va kimyoviy xossalariga baho berishda ularni qutbli va qutbsiz turlarga ajratiladi. Qutbli dielektriklarda molekulaning doimiy elektr momenti noldan farqli, qutbsiz dielektriklarda esa nolga tengdir. Odatda, dielektriklarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi o‘tkazgich yoki yarim o‘tkazgichlarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligiga nisbatan juda ham kichik bo‘lganligi sababli, ular elektr tokini o‘tkazmaydi, deb hisoblanadi. Vaholanki, dielektr elektr maydoniga joylashtirilsa, yoki elektr maydoni ta‘siri ostida bo‘lsa, u o‘zidan qandaydir kichik miqdorda elektr tokini o‘tkazadi. Bu tok qiymati, asosan, elektrikning solishtirma qarshiligi va kuchlanish qiymatlariga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, dielektriklarning solishtirma qarshiligi 107 Omm dan yuqori bo‘lib, yaxshi dielektriklarda bu qiymat 108 Omm gacha yetadi. Elektr izolyatsiya materiallari sim va kabel izolyatsiyasida, elektr mashina va apparatlarida, izolyator, shuningdek elektr texnikasiga oid boshqa asbob-uskunalar ishlab chiqarishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Dielektriklardan xalq xo‘jaligida tobora ko‘proq foydalanilmoqda. So‘nggi paytlarda ular chastota kuchaytirgich xotira tuzilmasi, datchiklar ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda. Download 25.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling