Ingenerlik geodeziyasi
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Ingenerlik geodeziyasi
5.4.1. GPS segmentlari
GPS tizimi uchta segmentga bo`linishi mumkin: fazo (kosmik) segmenti, nazorat segmenti va foydalanuvchining segmenti. 1 6 102-rasm. GPS sun`iy yo`ldoshlarlari Kosmik (fazoviy) segment 400 kg sun`iy yo`ldoshlardan tashkil topgan, uchta zahira nikel-kadmiy batareyasi bilan ikkita quyosh paneli yerdamida energiya bilan ta`minlanadi (102-rasm). Boshqaruv fazasi hozirgi paytda uchta zahirasi bilan 26 sun`iy yo`ldoshlardan tashkil topgan. Ular deyarlik dumaloq orbitada yerni aylanish vaqti 12 soat (11 soat 58 minut) bilan yer sathidan 20200 km balandlikda joylashgan. Oltita teng joylashgan orbita yassiligi (103-rasm) ekvatorga 55° burchak bilan egilgan, natijada gorizont ustida besh soat bo`lishini ta`minlaydi. Tizim buning bilan, hech bo`lmaganda to`rtta sun`iy yo`ldoshlar har doim ko`rinish doirasida bo`lishini kafolatlaydi. Har bir sun`iy yo`ldoshlar o`zining 10.23 MGs ga teng bo`lgan (asosiy) chastotasiga ega va yuqori balandlikdagi chastota doirasida ikkita radio signalini yuboradi. Lj signali 1575.42 MGs (10.23 x 154), L2 esa 1227.60 MGs (10.23 x 120) chastotasiga ega. Bu signallar modullashtirilgan, kodi Qo`pol topib olish – Coarse Acquisition (C/A), hozir standart S-kodi va aniq P-kodi deb ataladi. Kodlar – bular, 1.023 MGs chastotada (S-kod) va 10.23 MGs chastotada (P-kod) yuboriladigan soxta tasodifiy binar (ikkilamchi) qatorlardir (izchillikdir) (104-rasm). R-kod joyning aniq belgilanishiga (PPS) xizmat qiladi, S-kod – joyni standart holatida aniqlash xizmatidir (SPS). SPS absolyut nuqtaning joylashishini 100-300 m gacha aniqlikda, PPS esa – 5-10 m gacha aniqlikda ta`minlaydi. Aslida kodlar – bu, sun`iy yo`ldoshlardagi ultraaniq soatlar (ossillyatorlar) bilan bog`langan vaqtinchalik belgilardir. Har bir sun`iy yo`ldoshlarda 10-13 sekund atrofidagi aniqlikka ega bo`lgan uchta rubidiy yoki seziy soatlari bor. Bundan tashqari, 1 6 L1 va L2 lar formatlashtirilgan, sekundiga 50 bit beriladigan sun`iy yo`ldoshlarning identifikatsiyasi, efemeridlar (osmon jismlarining jadvallari), vaqt to`g`risidagi axborot, ionosfera ma`lumotari va haqoza axborot ma`lumotlari bor. Nazorat segmenti vaqtni belgilash, orbitalar va xususiy sun`iy yo`ldoshlarlarning mexanik sharoitlarini boshqarish vazifasini bajaradi. Na vaqtni belgilash tizimi, na orbitalar, ularni uzoq muddatga nazoratsiz qoldirish uchun, etarli darajada turgun emaslar. Hozirgi paytda sun`iy yo`ldoshlarlar Colorado Springs dagi markazlashtirilgan boshqaruvi bilan Kwajalein, Hawaii, Ascension va Diego Garcia da joylashgan beshta nazorat stansiyalari bilan kuzatilmoqda. 103-rasm. GPS sun`iy yo`ldoshlarlarining birlashmasi: 24 sun`iy yo`ldoshlar, 6 orbital yassilik, egilish 55°, balandlik 20 200 km, aylanish vaqti 12 soat. (Wild Heerbrug tomonidan berilgan) 104-rasm. 10.23 MGs chastotada yuboriladigan soxta tasodifiy chastota 1 6 GPS dan foydalanib o`rinni qayd qilishning asosiy prinsipi teskari kestirma prinsipi bo`lgani uchun, uchta nuqtalargacha (sun`iy yo`ldoshlarlargacha) ma`lum masofalardan foydalanib sun`iy yo`ldoshlarlarning o`rnini aniqlash (ma`lum koordinatalar tizimida) juda muhim bo`ladi. Sun`iy yo`ldoshlarlarning joylashuvini, ular tomonidan yuboriladigan “translyasiya qilinadigan (beriladigan) efemerid” deb ataladigan ma`lumotlardan olinadi. Joylashuvi to`g`risidagi ma`lumotlar hamma kuzatayotgan stansiyalardan ishlov berish uchun markaziy boshqaruvga yuboriladi. Ushbu ma`lumotlar sun`iy yo`ldoshlarning ilgarigi orbitadagi o`rni bilan kombinatsiyasi, sun`iy yo`ldoshlarning jolashuvini bir necha soat oldin prognoz qilish imkonini beradi. Ushbu axborot har sakkiz soatda, kyinchalik foydalanuvchiga yuborish uchun, sun`iy yo`ldoshlarga to`ldiriladi (yuboriladi). Hozirgi paytda orbitadagi joyni aniqlash 10 metrgacha aniqdir, agarda u yangilab turilmasa, yomonlashishi mumkin. Markaziy boshqaruvi AQSHning dengiz observatoriyasining (US Naval Observatory - Vashingtonda, Kolumbiya okrugi - Vashingtonda, DC.) vaqtinchalik standartlari bilan bog`langan. Shunday usul bilan sun`iy yo`ldoshlardagi vaqt universal bilan bog`lanib yuboriladigan vaqt bir biriga moslanishi mumkin. Muntazam yangilatib turishni talab qiladigan boshqa ma`lumotlar – bu, o`lchangan masofalarga sinish tuzatmasini hisoblash uchun ionosferani belgilaydigan ko`rsatkichlardir. Foydalanuvchining segmenti, asosan energiya bilan ta`minlovchi asbob bilan ixcham priyomnik\protsessordan va yo`naltirilmagan antennalan iborat (105-rasm). Protsessor odatda, daladagi ma`lumotlarga ishlov berish uchun mikrokompyuterni ifodalaydi. GPSning priyomniklari. Priyomniklar asosan soxta-oralik yoki ma`lumotli faza to`g`risidagi ma`lumotlarni, hech bo`lmaganda to`rtta sun`iy yo`ldoshlardan oladilar. GPS texnologiyalari juda tez rivojlanayotganligi sababli, faqat eng muhim protsedura tavsiflarini ko`rib chiqish mumkin. Foydalanilayotgan priyomniklarning turlari (106- rasm) foydalanuvchi tomonidan qo`yilayotgan talablar bilan bog`lik bo`ladi. Misol uchun, agarda GPS joyning ham absolyut, ham nisbiy o`rnini aniqlash uchun lozim bo`lsa, unda soxta-oralikdan (harakat doirasidan) foydalanish kerak. Agarda talab – 1 6 yuqori aniqlikda nisbiy o`rinni topish bo`lsa, unda kuzatildigan element, ma`lumotli faza bo`ladi. Ushbu dastlabki mulohazalardan ko`rinib turibdiki, soxta-oralik bilan haqiqiy vaqtda joyni aniqlash uchun foydalanuvchiga axborotlarning navigatsiyasi blokiga (Broadcast Ephemerides – translyasiya efemeridlariga) kirish imkoni bo`lishi kerak. Agarda ma`lumotli to`lqin foydalanilsa, unda ma`lmotlar postprotsessorda ishlov berilsa, unda tashqaridagi aniq efemerid foydalanilishi mumkin. SHunday qilib, axborotlarning navigatsiya bloki muhim bo`lsa, kod bilan bog`langan priyomnik foydalaniladi. Agarda talab ma`lumotli fazada va postprotsessorda bo`lsa, unda kodsiz priyomnikdan foydalanish afzalroq bo`ladi. Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling