Ingenerlik geodeziyasi
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Ingenerlik geodeziyasi
105-rasm. Antenna va GPS priyomnik
(Magellan Pro Mark-3 NAP-100) 106-rasm. GPS priyomnigi (Leica-GS14) Priyomnik, asosan, bir yoki undan ko`p kanallarga ega bo`ladi. Kanal, apparatura va sattellit ustidan kod va\yoki ma`lumotli faza bilan uzluksiz kuzatish uchun dastur ta`minotidan iborat. Priyomniklar bir qator sun`iy yo`ldoshlarlarni 1 7 kuzatish uchun ko`p kanalli bo`lishlari mumkin. Multipleksirovka qilish (tig`izlash) birlamchi kanalga bir nechta sun`iy yo`ldoshlartan sekundiga 50 ka yaqin signallarni, qator qilib olish imkonini beradi. Qator qilib joylashtirish, shunday tez amalga oshiriladiki, uzluksiz soxta-oraliklar kuzatiladigan barcha sun`iy yo`ldoshlarlardan o`lchab olinishi, yana axborot navigatsiyasi blokidan hamma ma`lumotlarni olishi mumkin. Geodezik s`yomka nuqtai nazaridan ularning kamchiligi shundaki, ular ma`lumotli kuzata olmaydi. Qator qilib bir, ikki yoki uch kanaldan foydalanib sun`iy yo`ldoshlarlar orqali joylashtirish – bu, sun`iy yo`ldoshlar faqat bir kanal tomnidan kuzatilib, axborot boshqa sun`iy yo`ldoshlarga o`tmasdan kelishi, ayrim priyomniklar tomonidan foydalaniladigan jarayondir. Ikki yoki uchta kanal bo`lganda, qo`shimcha kanal keyingi sun`iy yo`ldoshlarning joyini belgilash va efemeridni yangilash uchun, shuning bilan butun jarayonni tezlashtirib, foydalanilishi mumkin. Ko`pi bilan to`rtta sun`iy yo`ldoshlar, 5 sekundda bitta signal olinganda, qator joylashtirilishi mumkin. Ma`lumotli fazani kuzatishda modullashtirishni olib tashlash kerak. Kodni korrellyasiya qiladigan turidagi priyomnik, keladigan va sun`iy yo`ldoshlar tomonidan yuzaga keltiriladigan signal o`rtasida tenglashtirishni (bir chiziqda turishini) t`minlash uchun, to`xtatib turish bo`yicha vaqtni birxillashtirish doirasini qo`llaydi. Kelib tushayotgan signal, kodni olib tashlash imkoniga ega bo`lgan yuzaga keltirilgan signalning ekvivalent qismiga ko`paytiriladi. U hali ham axborot navigatsiyasi blokini sig`diradi va shuning uchun translyasiya efemeridini foydalanishi mumkin. Kodsiz priyomnik kvadratli kanalni foydalanadi va qabul qilingan signalni o`ziga ko`paytiradi, shuning bilan chastotani ikki marta oshiradi va kod modulini olib tashlaydi. Bu jarayon, signal-tovush nisbatini kamaytirib, axborot navigatsiyasi blokini yo`qotadi va tashqi efemerid xizmatidan foydalanish zarurligini keltirib chiqaradi. Har xil turdagi asboblar (nivelirlar) o`ziga xos afzalliklarga va kamchiliklarga ega. Misol uchun, kodni korrelyasiya qilish priyomniklari, agarda L2 chastotasida kuzatuv olib borsalar, P-kodga kirish ehtiyojlari bo`ladi. P-kod, Y-kodga o`zgartirilishi mumkinligi sababali, aholi foydalanuvchilari uchun berilishi mumkin bo`lmaydi va L2 bo`ycha kuzatish mustasno bo`ladi. Ammo, bu priyomniklar, kodsiz priyomniklarga 1 7 ko`ra, pastroq balandliklarda joylashgan sun`iy yo`ldoshlarlarni kuzatish imkoniyatiga ega. Navigatsiya maqsadlari uchun foydalaniladigan priyomniklar, odatda, L1 soxta-oralik ma`lumotlarini oladigan oltita sun`iy yo`ldoshlargacha kuzatadilar va ko`pchilik kiradigan gavanlar, qirg`oqdagi malumotnoma beradigan priyomniklardan differensial tuzatmalarni olish imkoniyatiga ega bo`lishlari kerak. Injenerlik izlanishlarida qo`llaniladigan geodezik priyomniklar bir yoki ikki chastotali, hamma iloji bo`lgan yo`ldoshlarni kuzatish uchun 12 dan 24 kanalli bo`lishlari mumkin. Ayrim 24 kanalli priyomniklarning 12 ta kanali GPS da va 12 tasi Rossiya ekvivalent tizimi, GLONASda joylashtirilgan. Hamma zamonaviy priyomniklar L1 kuzatiladigan soxta-oralikni, kodni korrelyasiya qilish jarayonidan foydalanib, olishlari mumkin. Soxta-oralik S- koddan (yoki ayrim holatlarda C/A-kod deb ataladigan) foydalanib, hisoblab chiqarilganda, L1 ma`lumot fazasiga va axborot navigatsiyasi blokiga kirish imkonini olish uchun, u signaldan chiqarib tashlanishi mumkin. Bu ikkita signal aholi ma`lumotlari deb tasniflanishi mumkin. Ikkilamchi chastotali priyomniklar ham R- kodining sohta-oralik va L2 ma`lumot fazalari ma`lumotlarini olish uchun foydalaniladilar. SHunga qaramasdan, bular faqat Amerika harbiylarining ruxsati bilangina olinishi mumkin, ular ruxsat bermasliklari ham mumkin. Bu jarayon AntiSpoofing (AS) – anti-obman deb ataladi va keyinchalik ko`rib chiqiladi. AS ishlayotganda, signalni kvadratga ko`tarish usuli, L2 kodiga kirish imkonini yaratish uchun qo`llanilishi mumkin. Bu jarayon ilgari eslatilganidek, muammolarga ega. Ayrim ishlab chiqaruvchilar kvadratga ko`tarish jarayonining L2 ma`lumotli faza ma`lumotlari to`lqinlari uzunligining yarmini beradigan korrelyasiya kodidan foydalanadilar. Har xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan foydalaniladigan, “kesilish korrellyasiyasi” va “PW kodni kuzatish” deb atalgan boshqa ikki yonloshish, L2 faza ma`lumotlari to`lqinlarining to`liq uzunligini berish imkoniga ega. Shubha yo`qki, priyomniklarni ishlab chiqarish texnologiyasining, ihchamroq, biroq ancha murakkab asbob-uskanalarning rivojlanishi davom ettiriladi. Haqiqatda ham, kitobni yozish paytiga (2000 yil) kelib, GPS bilan qo`l soatlari ishlab chiqarilgan edi. 1 7 Nems astronomi Iogann Kepler (1571-1630 yillar) planetalarning quyosh atrofida aylanishini aniqlaydigan uchta qonun chiqargan, ular sun`iy yo`ldoshlarlarning yer atrofida aylanishiga qo`llanilgan edi: Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling