Ingenerlik geodeziyasi
Invar sim bilan chiziq o`lchash
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Ingenerlik geodeziyasi
3.6.4. Invar sim bilan chiziq o`lchash.
Chiziq uzunligini yuqori aniqlik bilan o`lchashda 65% temir, 35% nikeldan iborat qotishmadan tayyorlangan 24 m li sim ishlatiladi. Uning ikki uchiga millimetrlarga bo`lingan 15 sm li metall yasalma (shkala) mahkamlangan bo`lib, simning uchlari ikkita shtativ ustiga qo`yilib, 10 kg yuk bilan tarang tortiladi va shu on shtativlar ustidagi o`tkir belgi bo`yicha shkalalardan millimetrning 0,1 bo`lagigacha aniqlikda sanoq olinadi (68-rasm). Olingan sanoqlar bo`yicha chiziq uzunligi aniqlanadi. Invar sim yordamida chiziq 1:1 000 000 aniqlikda o`lchanadi. 1 1 Dlinomer va chiziq o`lchash. Poligonometriyada chiziq uzunligini o`lchashda AD1M shifrli dlinomer (uzunlik o`lchagich) ishlatiladi. U diametri 0,8 mmli po`lat simdan yasalib, ikki uchiga shkalali disk o`rnatilgan, simning uzunligi 500 m, u diametri 160 mmli babin, 2 ga o`ralgan (69-rasm). Sim ikki uchidagi shkaladan 5 shtativ ustidagi moslama bo`yicha sanoq olinadi. 68-rasm. Dlinomer va chiziq o`lchash 69-rasm. Dlinomer va chiziq o`lchash sxemasi Simning bir uchi uzangiga o`xshash moslama 9 ga mahkamlanadi, ikkinchi uchiga 15 kg li yuk osiladi, bunda 1:10 000 aniqlik bilan o`lchash mumkin. 1:5000 aniqlik bilan o`lchash uchun dinamometr ishlatiladi. Shkala qiymata 5 mm bo`lib, sim tarang tortilgach, ikki fiksator va doiraviy shkala bo`yicha santimetr va millimetr sanoqlari olinadi. O`lchash va hisoblash invar simidagi kabi bo`ladi. VNIMI zavodi chiqaradigan AD-1 m ishforli dlinomer ham ishlatiladiki, unda chiziq po`lat sim yordamida o`lchanadi. Keyingi davrda chiziq uzunligini o`lchashda turli ko`rinishdagi dalnomerlar ishlatila boshlandi. Dalnomer, ularning turi va ishlatilishi bilan taxeometrik s`yomka haqidagi ma`ruzalarimizda tanishamiz. Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling