Ingenerlik geodeziyasi
Asboblar bilan ta`minlash
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Ingenerlik geodeziyasi
4.3.1. Asboblar bilan ta`minlash Reyka va nivelirning konstruksiyasi shunday ishlab chiqarilmoqdaki, ular an`anaviy uslulda va raqamli shaklda foydalanilishi mumkin. Nivelirlash reykasi. Reyka sintetik materiallar bilan kuchaytirilgan steklovoloknadan qilingan va uning kengayish koeffitsienti 10 ppm dan kam. U uchta alohida seksiyadan iborat, har biri 1.35 m uzunlikda va biri biriga kiritilib, 4.05 m ni tashkil qiladi. Reykaning bir tomonida elektron o`lchashlar uchun shtrix-kod mavjud, ikkinchi tomnida esa, metrlardagi oddiy bo`limalar bor. Qora va qizil ikkilamchi kod butun reyka uzunligi bo`yicha 2 mm enlikdagiga asosiy element bilan 2000 elementdan iborat. Korrelyasiya usuli tasvirni baholash uchun foydalanilayotgani uchun, elementlar psevdo-stoxastik sodada joylashtirilgan (qo`yilgan). Kodning tasviri, korrelyasiya protsedurasi 1.8 m dan to 100 m gacha oraliqda foydalanilishi mumkin. Belgilangan og`ish reykaning bir elektron ko`rsatuvi 50 m ko`rinadigan masofada 0.3 mm ga teng deb hisoblanadi, 100 m da – 0.5 mm ga teng. Reyka doiraviy adilak va ikkita ushlab turadigan qo`ldasta bilan ta`minlangan, chunki reykaning tikligi hali katta ahamiyatga ega. Anig`roq ishlash uchun unga maxsus engil shtativ qo`shiladi. Raqamli nivelir WILD NA 2000 oddiy avtomatik nivelir kabi optik va mexanik tarkibiy qismlarga ega. Ammo, reykani elektron ravishda sanoqlarni olish uchun, tasvirni detektor diodi matritsasiga yuboradigan svetodelitel o`rnatilgan. SHtrix- kodning faqat oq elementlaridan qaytgan yorug`lik, infraqizil va ko`rinadigan yorug`lik 1 3 komponentiga svetodelitel bilan bo`linadi. Ko`rinadigan yorug`lik kuzatuvchiga, infra qizil yorug`lik esa diod matritsasiga etib boradi. Nivelirning burchak aperturasi 2° ga teng, natijada reykaning 70 mm sanog`i 1.80 m oralig`ida tasvirlanadi, 100 m oralig`idasi -3.5 m bo`ladi. SHtrix-kodning olingan tasviri analogli ko`rish signaliga ko`chiriladi, u keyin saqlanayotgan ma`lumot kodi bilan taqqoslanadi. Korrelyasiya protsedurasi keyin kodlarning balandlik siljishining nisbatini beradi, bunda nivelirdan reykaga bo`lgan masofa kod tasvirining masshtabiga bog`liq bo`ladi. 90-rasm. DINI raqamli nivelir Ma`lumotlarga ishlov berish, ventil matritsasiga tayangan bir kristallik mikroprotsessorda amalga oshiriladi. O`rnatilgan ma`lumotlar keyin tasvir shaklida ikki qatorli matrik displeyga beriladi. O`lchash jarayoni fokuslantiradigan qo`ldastaning yonida joylashgan klavishga (knopkaga) juda engil tegish bilan boshlanadi. 15 o`rinli nivelir okulyarining yuz tomonida joylashgan klaviatura, sonli ma`lumotlarni kiritishga va oldindan dasturlashtirilgan ko`rsatmalar berish uchun imqon yaratadi. Axborot WILD REC modulida saqlanishi mumkin, bundan tashqari, nivelir tashqi nazoratni, ma`lumotlarni berishni va energiya bilan ta`minlashni amalga oshiradigan GS1 interfeysiga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling