Ingenerlik geodeziyasi
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Ingenerlik geodeziyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geometrik
- Mexanik
- Geometrik nivelirlashda
4.2. Nivelirlash turlari
Nuktalarning otmetkasini aniklash uchun avvalo nuktalar orasidagi nisbiy balandlik aniklanadi. Ikki nukta orasidagi nisbiy balandlikni aniklashga nivelirlash deyiladi Nivelirlash 6 turga bo`linadi va ular qo`yidagilar: 1. Geometrik - gorizontal kurish nuri yordamida nicbiy balandlik aniklanadi; 2. Trigonometrik - ulchangan kiyalik burchagi va masofa orkali nisbiy balandlik xisoblanadi; 3. Barometrik - nuktada atmosfera bosimi bilan balandlik orasidagi boglanishni aniklashga asoslanadi, barometrlarda amalga oshiriladi; 4. Gidrostatik – tutash idishlarda suyuklik satxining baravar turishiga asoslanadi; 5. Mexanik – shovun ta`siriga asoslangan moslamali nivelir avtomatlar yordamida bajariladi; 6. Fotogrammetrik –fotosuratlarni stereoskopik ishlaydigan maxsus asboblarda amalga oshiriladi. Yukorida kursatilgan nivelirlash turlaridan eng kup qo`llaniladigani va anig`i geometrik nivelirlash usulidir, trigonometrik nivelirlash asosan topografik s`yomkalarni bajarishda kullaniladi. Geometrik nivelirlashda- gorizontal kurish nuri yordamida nisbiy balandlik aniklanadi. Geometrik nivelirlashning o`rtadan va oldinga nivelirlash usullari mavjud. 1 3 82- rasm. O`rtadan geometrik nivelirlash 83-rasm. Oldinga geometrik nivelirlash O`rtadan nivelirlash usulida a) B nuktani A nuktadan h nisbiy balandligini aniklash uchun ular urtasiga nivelir o`rnatiladi va bu nuktalarda tikib qo`yilgan reykalardan tegishlicha orkadan a va oldindan b sanoqlar olinadi 82-rasm, a -ga kura nisbiy balandlik. h = a - b (1) Agar a › b bulsa, nisbiy balandlik musbat va aksincha, teskari yunalishda nivelirlansa, sanoklar nomi o`rni almashib a ‹ b va nisbiy balandlik manfiy buladi. A nuktaning balandligi NA ma`lum bulganda V nuktaning balandligi NV kuyidagi ikki formula yordamida xisobla: 1. Nisbiy balandlik orqali 1 3 NV = NA + h (2) Ya`ni keyingi nuktaning balandligi oldingi nuktaning balandligiga nuktalar orasidagi nisbiy balandlik qo`shilganiga teng. Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling