Ingenerlik geodeziyasi


Download 4.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/81
Sana18.11.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1785691
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81
Bog'liq
Ingenerlik geodeziyasi

4.2. Nivelirlash turlari
Nuktalarning otmetkasini aniklash uchun avvalo nuktalar orasidagi nisbiy 
balandlik aniklanadi. Ikki nukta orasidagi nisbiy balandlikni aniklashga nivelirlash 
deyiladi
Nivelirlash 6 turga bo`linadi va ular qo`yidagilar:
1. Geometrik - gorizontal kurish nuri yordamida nicbiy balandlik aniklanadi;
2. Trigonometrik - ulchangan kiyalik burchagi va masofa orkali nisbiy balandlik 
xisoblanadi;
3. Barometrik - nuktada atmosfera bosimi bilan balandlik orasidagi boglanishni 
aniklashga asoslanadi, barometrlarda amalga oshiriladi;
4. Gidrostatik – tutash idishlarda suyuklik satxining baravar turishiga asoslanadi;
5. Mexanik – shovun ta`siriga asoslangan moslamali nivelir avtomatlar yordamida 
bajariladi;
6. Fotogrammetrik –fotosuratlarni stereoskopik ishlaydigan maxsus asboblarda 
amalga oshiriladi.
Yukorida kursatilgan nivelirlash turlaridan eng kup qo`llaniladigani va anig`i 
geometrik nivelirlash usulidir, trigonometrik nivelirlash asosan topografik 
s`yomkalarni bajarishda kullaniladi.
Geometrik nivelirlashda- gorizontal kurish nuri yordamida nisbiy balandlik 
aniklanadi. Geometrik nivelirlashning o`rtadan va oldinga nivelirlash usullari mavjud.


1
3
82-
rasm. O`rtadan geometrik nivelirlash  
83-rasm. Oldinga geometrik nivelirlash  
O`rtadan nivelirlash usulida a) B nuktani A nuktadan h nisbiy balandligini 
aniklash uchun ular urtasiga nivelir o`rnatiladi va bu nuktalarda tikib qo`yilgan 
reykalardan tegishlicha orkadan a va oldindan b sanoqlar olinadi 82-rasm, a -ga kura 
nisbiy balandlik.
h = a - b (1)
Agar a › b bulsa, nisbiy balandlik musbat va aksincha, teskari yunalishda 
nivelirlansa, sanoklar nomi o`rni almashib a ‹ b va nisbiy balandlik manfiy buladi. A 
nuktaning balandligi NA ma`lum bulganda V nuktaning balandligi NV kuyidagi ikki 
formula yordamida xisobla:
1. Nisbiy balandlik orqali


1
3
NV = NA + h (2)
Ya`ni keyingi nuktaning balandligi oldingi nuktaning balandligiga nuktalar 
orasidagi nisbiy balandlik qo`shilganiga teng.

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling