Ingenerlik geodeziyasi


 Asboblar bilan ta`minlash


Download 4.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/81
Sana18.11.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1785691
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81
Bog'liq
Ingenerlik geodeziyasi

  
4.3.1. Asboblar bilan ta`minlash
Reyka va nivelirning konstruksiyasi shunday ishlab chiqarilmoqdaki, ular 
an`anaviy uslulda va raqamli shaklda foydalanilishi mumkin.
Nivelirlash reykasi.  
Reyka sintetik materiallar bilan kuchaytirilgan steklovoloknadan qilingan va 
uning kengayish koeffitsienti 10 ppm dan kam.
U uchta alohida seksiyadan iborat, har biri 1.35 m uzunlikda va biri biriga 
kiritilib, 4.05 m ni tashkil qiladi.
Reykaning bir tomonida elektron o`lchashlar uchun shtrix-kod mavjud, ikkinchi 
tomnida esa, metrlardagi oddiy bo`limalar bor. Qora va qizil ikkilamchi kod butun 
reyka uzunligi bo`yicha 2 mm enlikdagiga asosiy element bilan 2000 elementdan 
iborat. Korrelyasiya usuli tasvirni baholash uchun foydalanilayotgani uchun, 
elementlar psevdo-stoxastik sodada joylashtirilgan (qo`yilgan). Kodning tasviri, 
korrelyasiya protsedurasi 1.8 m dan to 100 m gacha oraliqda foydalanilishi mumkin.
Belgilangan og`ish reykaning bir elektron ko`rsatuvi 50 m ko`rinadigan 
masofada 0.3 mm ga teng deb hisoblanadi, 100 m da – 0.5 mm ga teng.
Reyka doiraviy adilak va ikkita ushlab turadigan qo`ldasta bilan ta`minlangan, 
chunki reykaning tikligi hali katta ahamiyatga ega.
Anig`roq ishlash uchun unga maxsus engil shtativ qo`shiladi.
Raqamli nivelir WILD NA 2000 oddiy avtomatik nivelir kabi optik va mexanik 
tarkibiy qismlarga ega. Ammo, reykani elektron ravishda sanoqlarni olish uchun, 
tasvirni detektor diodi matritsasiga yuboradigan svetodelitel o`rnatilgan. SHtrix-
kodning faqat oq elementlaridan qaytgan yorug`lik, infraqizil va ko`rinadigan yorug`lik 


1
3
komponentiga svetodelitel bilan bo`linadi. Ko`rinadigan yorug`lik kuzatuvchiga, infra 
qizil yorug`lik esa diod matritsasiga etib boradi. Nivelirning burchak aperturasi 2° ga 
teng, natijada reykaning 70 mm sanog`i 1.80 m oralig`ida tasvirlanadi, 100 m 
oralig`idasi -3.5 m bo`ladi. SHtrix-kodning olingan tasviri analogli ko`rish signaliga 
ko`chiriladi, u keyin saqlanayotgan ma`lumot kodi bilan taqqoslanadi. Korrelyasiya 
protsedurasi keyin kodlarning balandlik siljishining nisbatini beradi, bunda nivelirdan 
reykaga bo`lgan masofa kod tasvirining masshtabiga bog`liq bo`ladi.
90-rasm. DINI raqamli nivelir  
Ma`lumotlarga ishlov berish, ventil matritsasiga tayangan bir kristallik 
mikroprotsessorda amalga oshiriladi. O`rnatilgan ma`lumotlar keyin tasvir shaklida 
ikki qatorli matrik displeyga beriladi.
O`lchash jarayoni fokuslantiradigan qo`ldastaning yonida joylashgan klavishga 
(knopkaga) juda engil tegish bilan boshlanadi. 15 o`rinli nivelir okulyarining yuz 
tomonida joylashgan klaviatura, sonli ma`lumotlarni kiritishga va oldindan 
dasturlashtirilgan ko`rsatmalar berish uchun imqon yaratadi. Axborot WILD REC 
modulida saqlanishi mumkin, bundan tashqari, nivelir tashqi nazoratni, ma`lumotlarni 
berishni va energiya bilan ta`minlashni amalga oshiradigan GS1 interfeysiga ega.


1
3

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling