Ingenerlik geodeziyasi
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Ingenerlik geodeziyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3.3. O`lchash protsedurasiga ta`sir qiladigan faktorlar
4.3.2. O`lchashlar protsedurasi O`lchashlarning ikki
tashqi bosqichi mavjud: Reykaga nishonlash va fokuslash; Raqamli o`lchovlarni harakatlantirish. Ulardan keyin ikki ichki bosqich keladi: qo`pol korrelyasiya qilish; aniq korrelyasiya qilish. Butun jarayon tahminan to`rt sekundni ishg`ol etadi. O`lchovlarni harakatlantirish fokus o`rnini aniqlaydi, undan reykagacha bo`lgan masofani o`lchaydi va kompensatorning monitoringini ishga tushiradi. Qo`pol korrelyasiya, nishonning balanligini va tasvir masshtabini aniqlaydi. Jarayon tahminan bir sekundni ishg`ol etadi. Qeyingi sekundda aniq korrelyasiya konstant tekshirish yordamida reykadan ohirgi sanoqni oladi va kuzatish masofasini aniqlaydi. Keyinchalik, ma`lumotlar qabul qilingan ish dasturiga va tartibiga muvofiq, displeyda ko`rsatiladi va yoziladi. Nivelirga kiritilgan dasturlar quyidagilardir: FAQAT O`LCHASH – reyka ko`rsatuvlari va gorizontal masofa. NIVELIRLASHNI BOSHLASH – chiziq nivelirlash. NIVELIRLASHNI DAVOM QILISH - chiziq nivelirlash oraliq o`lchovlari bilan. Ma`lumotlarni avtomatik tenglashtirish. Balandliklarni aniqlash. TEKSHIRISH VA SOZLASH – nivelirni tekshirishda yordamlashadi (ikki qoziq bilan test). MA`LUMOTLARNI O`CHIRISH – REC modulining mazmunini o`chiradi. 1 3 91-rasm. Raqamli nivelirning sanoq olish sxemasi TO`NTARISH – to`ntarilgan belgilardan (nishonlardan) foydalanishni beradi. O`RNATISH – nivelirning parametrlarini o`rnatishni beradi va elektron teodolitni o`rnatishda initsializatsiya protsedurasini eslatadi. 4.3.3. O`lchash protsedurasiga ta`sir qiladigan faktorlar O`lchash jarayonidagi har bir protsedura, xato manbai bo`lishi mumkin va uning oxirgi natijaga ta`sirini baholash talab qilinadi. Yo`naltirish (nishonlash) va fokuslash. Ko`rsatish mumkinki, 2 m oraliqdagi tasvirni olish uchun reyka enining 0.3 mm kerak, 100 m oraliqdagi tasvirni olish uchun – faqat 14 mm keark. SHtrix-kodning eni 50 mm bo`lgani uchun, reykaning yuzi bilan (oldingi, yuz tomoni bilan) nivelirga qarshi o`rnatilishi shart emas, natija, xatto reyka ko`rinish chizig`iga 45° li burchak tusida tursada, sanoq olinishi mumkin. Balandlikning o`zgarish aniqligi tasvirning ravshanligi bilan bog`liq emas, ammo, o`tkir fokuslangan ravshan tasvir, o`lchash uchun kerak bo`lgan vaqtni kamaytiradi. Tebranishlar va illiqlik xilpillashi. 1 3 SHtrix-kod tasviriga, shamol, transport harakati va boshqalar ta`sirida vujudga kelgan kompensatorning tebranishiga o`xshab, ta`sir qiladi. Ammo, raqamli nivelirlash ko`rsatuvlarni talab qilmaganligi sababli, uning o`rniga kod seksiyasi bilan bog`liq, xilpillash va tebranish uning uchun mo`shkil holat emas. Reykadagi masshtab xatolari o`rtalashtiriladi. Illyuminatsiya (yoritish). Usul shtrix-kodning oq oraliqlaridan yorug`likning qaytishiga asoslanganligi sababli reykani yorttish ahamiyatli bo`lib qoladi. Kun vaqtida yorug`likka bulutlik, qo`yosh, kechki payt, soyalar ta`sir qilishi mumkin. Bu holatlarning hammasi nivelir tomonidan hisobga olingan va ular yorug`lik kamayganda o`lchash vaqtining uzayishi bilan xal bo`ladi. Agarda nivelir sun`iy yoritishda foydalanilayotgan bo`lsa, uning spektr tarqalishi kundagi yorug`lik bilan mos bo`lishi keark. Reykalarni qo`llash. Ayrim sharoitlarda shtrix-kod seksiyasining kerak bo`lgan bir qismi, soyalangan bo`lishi (ravshan ko`rinmasligi) mumkin. Balandlik va masofalarni o`lchash uchun kodning kamida 30 elementi, hech bo`lmasa 70 mm reykaning seksiyasi kerak bo`ladi. Bu, reyka seksiyasining 5 mm dan ko`p oraligidagi 30% gacha seksiyasi, soyalangan bo`lishi mumkin. Seksiya 5 mm dan kam bo`lsa, reykaning hamma seksiyalari kerak bo`ladi. Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling