Ingenerlik geodeziyasi
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Ingenerlik geodeziyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fotogrammetrik nivelirlash
Mexanik nivelirlashda – shovun ta`siriga asoslangan moslamali nivelir-
avtomatlar yordamida bajariladi Bo`ylama nivelirlash ishi avtomatik nivelir yordamida bajarib nivelirlash yo`lining chizilgan profilini olishga mexanik nivelirlash deyiladi. Bunda profil chizilganidan asbob profilograf deb xam yuritiladi. Bu usul ko`prok kidirish ishlarida qo`llaniladi. Nivelir-lanadigan joyning baland pastligi nokulay bo`lishiga karamay kechasi va kunduzi nivelilash mumkin. Bu asbob bilan joy bir vaktda nivelirlanadi va profil chiziladi. Bu bilan vakt tejaladi. Bu usulda nivelirlash xatosi 1km ga 0,5- 0,30m ga to`g`ri keladi. V.I. Shillingir va boshkalar avtomashinaga uratiladigan VA – 51, VA – 1M, AVA shifrli elektron xisoblashga moslashgan nivelirlar ishlab chikdilarki ular bir soatda 30 km yo`lni nivelirlashga imkon berdi 87-rasm. Profilograf, mexanik nivelirlash Fotogrammetrik nivelirlash – fotosuratlarni stereoskopik ishlaydigan maxsus asboblarda amalga oshiriladi. 1 3 Samalyot yoki kosmosdan olingan suratlarni piksellar rangining sinfiga ko`ra yerning sathiy balandliklari aniqlanadi. Bu usulning aniqlik darajasi yuqori bo`lmaganligi sababli kam sohalarda qo`llaniladi. Hozirda zamonaviy texnologiyalar yordamida yuqori aniqliklarga yerishilmoqda/ 88-rasm. Samodan olingan suratning natura balandligini aniqlash 4.3. Raqamli nivelirlash Differensial nivelirlash – juda sodda tushuncha bo`lganligi uchun tadqiqotlarning ko`p qismi va texnologiyalarning rivojlanishi, masofani va burchaklarni o`lchashga qaratilgan. Ammo nivelirlarni ishlab chiqaruvi Wild yaqinda dunyoda birinchi Wild NA 2000 deb atalgan raqamli nivelirni ishlab chiqdi. Bu nivelir, reykaning ko`rsatkichlarini baholash uchun elektron tasvirlarga ishlov berishdan foydalanadi. Aslida, kuzatuvchi, modelni (rasmni) nivelirlash reykasining shtrix-kod tusidagi signalidan chiqaradigan detektor diodining matritsasi bilan almashtirilgan. Korrelyasiya protsedurasi nivelir ichida rasmni vertikal reykaga qaratadi va nivelirning gorizontal masofasi raykadan qaratiladi. Shunday qilib, kuzatuvchi bilan bog`liq bo`lgan xato paydo bo`lmaydi. Asosiy dala axboroti nivelir tomonidan yozuvchi modulda saqlanadi, bu esa o`lchovlarni ro`yxatga oladigan kitobga ma`lumotlarni kiritish bilan bog`liq bo`lgan xatolarni istisno qiladi (89-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling