Ingenerlik geodeziyasi


Download 4.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/81
Sana18.11.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1785691
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81
Bog'liq
Ingenerlik geodeziyasi

4.3.2. O`lchashlar protsedurasi O`lchashlarning ikki 
tashqi bosqichi mavjud:
Reykaga nishonlash va fokuslash; Raqamli 
o`lchovlarni harakatlantirish. Ulardan keyin ikki 
ichki bosqich keladi:
qo`pol korrelyasiya qilish; aniq 
korrelyasiya qilish.
Butun jarayon tahminan to`rt sekundni ishg`ol etadi.
O`lchovlarni harakatlantirish fokus o`rnini aniqlaydi, undan reykagacha bo`lgan 
masofani o`lchaydi va kompensatorning monitoringini ishga tushiradi.
Qo`pol korrelyasiya, nishonning balanligini va tasvir masshtabini aniqlaydi. 
Jarayon tahminan bir sekundni ishg`ol etadi. Qeyingi sekundda aniq korrelyasiya 
konstant tekshirish yordamida reykadan ohirgi sanoqni oladi va kuzatish masofasini 
aniqlaydi.
Keyinchalik, ma`lumotlar qabul qilingan ish dasturiga va tartibiga muvofiq
displeyda ko`rsatiladi va yoziladi. Nivelirga kiritilgan dasturlar quyidagilardir:
FAQAT O`LCHASH – reyka ko`rsatuvlari va gorizontal masofa.
NIVELIRLASHNI BOSHLASH – chiziq nivelirlash.
NIVELIRLASHNI DAVOM QILISH - chiziq nivelirlash oraliq o`lchovlari bilan. 
Ma`lumotlarni avtomatik tenglashtirish. Balandliklarni aniqlash.
TEKSHIRISH VA SOZLASH – nivelirni tekshirishda yordamlashadi
(ikki qoziq bilan test).
MA`LUMOTLARNI O`CHIRISH – REC modulining mazmunini o`chiradi.


1
3
  
91-rasm. Raqamli nivelirning sanoq olish sxemasi  
TO`NTARISH – to`ntarilgan belgilardan (nishonlardan) foydalanishni beradi.
O`RNATISH – nivelirning parametrlarini o`rnatishni beradi va elektron teodolitni 
o`rnatishda initsializatsiya protsedurasini eslatadi.
4.3.3. O`lchash protsedurasiga ta`sir qiladigan faktorlar
O`lchash jarayonidagi har bir protsedura, xato manbai bo`lishi mumkin va uning 
oxirgi natijaga ta`sirini baholash talab qilinadi.
Yo`naltirish (nishonlash) va fokuslash.  
Ko`rsatish mumkinki, 2 m oraliqdagi tasvirni olish uchun reyka enining 0.3 mm 
kerak, 100 m oraliqdagi tasvirni olish uchun – faqat 14 mm keark. SHtrix-kodning eni 
50 mm bo`lgani uchun, reykaning yuzi bilan (oldingi, yuz tomoni bilan) nivelirga qarshi 
o`rnatilishi shart emas, natija, xatto reyka ko`rinish chizig`iga 45° li burchak tusida 
tursada, sanoq olinishi mumkin.
Balandlikning o`zgarish aniqligi tasvirning ravshanligi bilan bog`liq emas, 
ammo, o`tkir fokuslangan ravshan tasvir, o`lchash uchun kerak bo`lgan vaqtni 
kamaytiradi.
Tebranishlar va illiqlik xilpillashi.  


1
3
SHtrix-kod tasviriga, shamol, transport harakati va boshqalar ta`sirida vujudga 
kelgan kompensatorning tebranishiga o`xshab, ta`sir qiladi. Ammo, raqamli nivelirlash 
ko`rsatuvlarni talab qilmaganligi sababli, uning o`rniga kod seksiyasi bilan bog`liq, 
xilpillash va tebranish uning uchun mo`shkil holat emas. Reykadagi masshtab xatolari 
o`rtalashtiriladi. Illyuminatsiya (yoritish).  
Usul shtrix-kodning oq oraliqlaridan yorug`likning qaytishiga asoslanganligi 
sababli reykani yorttish ahamiyatli bo`lib qoladi. Kun vaqtida yorug`likka bulutlik, 
qo`yosh, kechki payt, soyalar ta`sir qilishi mumkin. Bu holatlarning hammasi nivelir 
tomonidan hisobga olingan va ular yorug`lik kamayganda o`lchash vaqtining uzayishi 
bilan xal bo`ladi.
Agarda nivelir sun`iy yoritishda foydalanilayotgan bo`lsa, uning spektr tarqalishi 
kundagi yorug`lik bilan mos bo`lishi keark.
Reykalarni qo`llash.  
Ayrim sharoitlarda shtrix-kod seksiyasining kerak bo`lgan bir qismi, soyalangan 
bo`lishi (ravshan ko`rinmasligi) mumkin. Balandlik va masofalarni o`lchash uchun 
kodning kamida 30 elementi, hech bo`lmasa 70 mm reykaning seksiyasi kerak bo`ladi. 
Bu, reyka seksiyasining 5 mm dan ko`p oraligidagi 30% gacha seksiyasi, soyalangan 
bo`lishi mumkin. Seksiya 5 mm dan kam bo`lsa, reykaning hamma seksiyalari kerak 
bo`ladi.

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling