Ingliz burjua inqilobi davri diplomatiyasi
Download 215.64 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzoq muddatli parlament diplomatisyasi
INGLIZ BURJUA INQILOBI DAVRI DIPLOMATIYASI REJA 1. Kirish. 2. Uzoq muddatli parlament diplomatiyasi. 3. O.Kromvel diplomatiyasi 4. Xulosa. Kirish Ingliz burjua inqilobi davridagi diplomatiya xalqaro munosabatlar va Yevropa diplomatiyasi tarixida maxsus o’rin tutadi. Chunki XVI asr o’rtalarida hamma Yevropa mamlakatlari hali monarxiya tuzumida edi. U davrning diplomatiyasi o’ziga xos ish tutardi ya’ni davlat manfaati emas, balki saroy va sulola manfaati nuqtai nazaridan ish olib borardi. Ularning ish uslubi fitna-ixtilofga moyillik, maxfiylik va murakkab-makkorlik asosda olib borilardi. Ingliz inqilobi diplomatiyasi esa o’zining sodda fikrlik, maqsadga muvofiqligi va ijro etishda o’zining mohirligi bilan tubdan farq qilardi. Bu esa inqilobda g’alaba qilgan ijtimoiy sinf manfaati va o’sha davrdagi siyosiy hayot hamda tushunchasiga to’gri kelib davr talabiga javob berardi. Inqilob xokimiyat tepasiga shunday kishilarni keltirdiki, ular Angliyada burjuaziya taraqqiyoti tarafdori edilar. Ular nima istashlarini va nima qilishlarini aniq va ravshan bilardilar va kelgusida qanday yashash va qanday qarakat qilishlarini belgilab olgan edilar. Angliyaning o’sha davrdagi diplomatlari XVI asrdagi feodal Angliyaning yerdorlari. Dengizchilari (qaroqchilar) va savdogarlari nima bilan shug’ullangan bo’lsalar, shuni takrorladilar, ya’ni mustamlakachilik, tashqi bozorni egallash. dengiz ustivorligi uchun hukumatdan mustasno tariqas ida kurash olib bordilar. chunki endilikda ularning o’zi hokimiyat tepasida turib. parlament orqali hokimiyatni boshqarayotgan edilar, parlament zo’r berib ularning manfaatini himoya qilardi, keyinchalik ularning hukmdori O.Kromvel bo’lib. u avvaliga ingliz burjua inqilobining Robespyeri, ya’ni inqilob tarafdori edi, keyinchalik, hokimiyat tepasiga kelgach inqilobni bug’uvchi Napoleonga aylanadi. "Uzoq muddatli parlament diplomatisyasi". Ingliz inqilobining birinchi galdagi siyosati. ya’ni diplomatiyasi Kirol bilan parlament o’rtasidagi kurash. feodalizm bilan kapitalizm o’rtasidagi nizo tugamaguncha Yevropada bo’layotgan hatti-harakat va nizolarga aralashmaslik mavqeini tutdi. Bu esa mamlakatda yangi, hokimiyatni mustahkamlab olish uchun sharoit yaratar edi. Angliya floti (harbiy va savdo) burjuaziya va savdo manfaati bilan bog’liq, bo’lib, ularni himoya qilish maqsadida inqilob boshlanish davridan boshlab to oxirigacha inqilob tarafida turdi. Bu esa inqilobchi ANGLIYaGA Yevropa qit’asidagi Feodal davlatlarning harbiy yurish (intervensiya) uyushtirishiga to’sqinlik qildi. Qirol Karl I ning qo’shni mamlakatlarga, ularning monarxlariga murojaat qilib, inqilobni bostirib, hokimiyatni saqlab qolishi uchun yordam so’raganda ham bu qo’shnilar unga e’tibor bermadilar. Bu Angliyaning ichki ishi deb biladilar. Bundan tashqari ular inqilobning borishini ham. mohiyatini ham tushunmas edilar, shuning uchun ham tashvishga tushmadilar. Birinchidan, Angliya inqilobi mamlakat ichkarisidagi mojorolarni xal qilish uchun Yevropa ishlariga vaqtincha aralashmadi, ikkinchidan qit’a mamlakatlari bu vaqtda kuch-quvvatga ega bo’lib, gullab yashnayotgan edi, shuning uchun ham inqilobdan qo’rqmadilar va uni inqilob ekanligini tushunib yetmadilar. Ayniqsa. Karl I ning Fransiyadan umidi katta edi, uning yordamiga muxtoj edi. Ammo bu hatti-harakatlar bekor ketdi, aksincha uning Fransiya hukumati bilan diplomatik yozishmalari Nezbi yonidagi jangda yengilib, butun hujjat-yozishmalari, ya’ni qirol arxivi parlament armiyasi qo’liga tushib. uni sharmandalarcha obro’sizlanishga olib keldi. G’alaba qilgan sinf, burjuaziya bilan yangi dvoryanlar hokimiyatni o’z qo’liga olib, barcha boyliklarni o’z foydalariga hal qilib. taqsimlab oldilar. Qat’iy-mustahkam tartib o’rnatishga xarakat qildilar va qit’a mamakatlari bilan savdo va diplomatik munosabatlarni tiklashga urindilar. "Puldor va mulkdor" kishilar Yevropa bozorini qo’lga olishga tayyor edilar. uning uchun qanday to’siq bo’lmasin, uni yengishga kuchlari yetar edi. Angliyaning dengiz dushmani va savdo raqibi bo’lgan davlatlar Gollandiya, Ispaniya va Fransiyaga qarshi kurash dasturi aniqlab olingan edi. Puritan hayolparastlari Jumhuriyat (Respublika)ni Gollandiya bilan qattiq va qaqshatqich kurashishga chaqirdilar. "Xudo bizga (inglizlarga - M. Gollandiyani bergan ekan, u yerga vakillar yuborib, tartib o’rnatish va Vavilionlikdan siz to’g’ri yo’ldan adashgan malikani taxtdan ag’darib, qit’ada Xudo hukmronligini o’rnatishga asos solish kerak, -degandi ulardan biri 1 . Ammo, xokimiyatga kelgan "xudo bandalari" o’zlarini o’ta xudojo’y deb atashlariga qaramasdan hayotdagi moddiy manfaatdorliklarini hech qachon unitgan emaslar. Ularning bunday xatti-harakatlari to xatto inglizlarning Shvetsiyadagi elchisi Uaytlok bilan Shvetsiya qirolichasi Uristinaning qabul suxbati vaqtida tilga olinib, qirolicha shunday degandi: "Siz inglizlar tovlamachi va ikkiyuzlamachi. Men sizlarning generallaringiz (O.Kromvel) va Siz haqingizda emas, menimcha Angliyada shunday shaxslar borki: ular ko’p, bu kishilar soxta dindorlar bo’lib, hayotida hech qanday maxzamlik yo’q, kerak bo’lsa diniy ulomolikdan ham foyda izlaydi 2 . XVII asr 40-yillarining oxiri va 50-yillarining boshlariga kelib ingliz burjua inqilobining tashqi siyosati va diplomatiyasi parlament ixtiyorida edi. Ammo O.Kromvelning tashqi siyosat bobidagi nojo’ya xarakatlari parlament a’zolariga xush kelmadi, ayniqsa Irlandiya masalasida parlament uning o’zboshimchalik va huquqlarini cheklashga harakat qilganda, o’rinbosari bo’lgan Praydni yuborib. parlamentda tozalash o’tkazib, uni o’ziga 1 История дипломатии.т.1., М., 1976. c. 282 2 История дипломатии.т.1.. c.282 bo’ysundirmoqchi bo’ldi. Lekin bari-bir parlament qaysarlik qila boshladi. Shunda Kromvel ozgina qolgan parlament azolarini ham xaydab, butun hokimiyatni o’z qo’liga oldi. 1653 yildan boshlab Respublika tuzumi o’rniga Kromvel homiyligi (protektorat) o’rnatildi. Bu vaqtda ingliz diplomatiyasining asosiy vazifasi birinchi galda qit’a mamlakatlari bilan diplomatiya va savdo munosabatlarini tiklash va yaxshilash edi. Qit’a davlatlaridan ko’pchiligining diplomatik (agent) vakillari ham Londonda yashab kelayotgan edilar, ammo yangi hokimiyatni tan olish- tanish uchun shoshilmadilar. Sust xarakat qildilar. Ularning davlat boshliqlari Angliyadagi yangilikka e’tibor bermadilar va Respublikani tan olishga urinmadilar. O’z vakillariga esa yangi ishonch yorliq berishni ham unutdilar. Fransiya xukumati Karl I ning hayoti va faoliyati haqida o’ylab ko’rmadi va unga yengillik ham qilmadi. To xatto o’limga maxkum etilganda ham qirolning ahvolini surash uchun harakat qilinmadi, Fransiyaning Londondagi elchisi Belevr xatto qirolni borib ko’rmadi ham, uning bu harakati keyinchalik Fransiya qiroli kengashida ma’qullangan edi. Angliya burjua Respublikasini tan olishga va unga moyillik bilan harakat qilgan qit’a davlatlaridan biri - bu Ispaniya edi. Ispaniyaning Londondagi elchisi don Alonso Kardenya, yangi ishonchli yorliq olmagan bo’lsada, lekin Jumxuriyat hukumati bilan maxfiy aloqada bo’lish uchun vakolat olgan edi. Bu masalada u juda ustalik bilan kirishib, ishonchni oqladi. Bu harakatni asosiy sababi, Ispaniya o’zining yovuz dushmani bo’lgan Fransiyani dog’da qoldirib, yaqinda Ispaniyadan ajralib chiqqan (1640 y.) Download 215.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling