Ingliz burjua inqilobi davri diplomatiyasi


Download 215.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.01.2023
Hajmi215.64 Kb.
#1135199
1   2   3   4
O.Kromvel diplomatiyasi 
Uzoq muddatli parlamentdan qolgan "dum"ni ham 1653yilda xaydab 
yuborilgach, butun hokimiyat Kromvel qo’liga o’tadi va 1654 yildan e’tiboran 
hokimiyat diktaturaga aylanadi. 
Kromvel o’z qo’liga ham fuqarolik ham harbiy hokimiyatni 
birlashtirib oldi. U Angliya, Shotlandiya va Irlandiya armiyasi va 
flotining bosh qo’mondoni edi. Soliqlar yig’ishni boshqarardi, sud ishlarini 
nazorat qilardi. Urush e’lon qilish va tinchlik shartnomalarini imzolash uning 
ixtiyorida edi. Aslida Kromvel ancha oldin diktator bo’lgan edi. Kromvel 
Angliyaning kelajagini o’ylarkan va kurasharkan, parlament va davlatning 
boshqa boshqaruv idoralarini tan olmasdi. Xoxlagan ishini istaganicha amalga 
oshirardi. 
Taniqli ingliz xaykaltaroshlaridan biri Kromvelning osoyishta va jiddiy 
ko’rinishini xaykal qilib yaratgan. Uning bir qo’liga qilich, ikkinchisiga esa 
injil ushlatgan. -ko’lidagi qurol yordamida u o’z gurkuragan davrining 
7
История дипломатии.т.1., c.287 


murakkab masalalarini xal qilgan, aniqroq qilib aytganda chopib tashlagan, 
degan ma’noni aks ettirgan. 
O’z lavozimini bajarishga kirishishdan oldin Kromvel o’zining 
tantanama-yistrani chet ellik elchilar huzuriga yuborib, u orqali shularni 
ma’lum qilishni ya’ni mamlakatdagi bu o’zgarishlar Angliya bilan Yevropa 
mamlakatlari o’rtasidagi oldingi do’stlik va yaxshi qo’shnichilik 
munosabatlarini aslo o’zgartirmaydi, deb ishontirishni topshirgan edi
8
Borgan sari diktatorlik xokimiyati kuchayib bordi. Gollandiya bilan 
bulayotgan urush 1653 yilda Gollandiya mag’lubiyati bilan tamom bo’ladi. 
Gollandiyaning siyosatchisi va diplomati Korneliy de Vigg General shtatlar 
majlisida Birlashgan viloyatlar ahvoli haqida gapirib, shunday degandi: “Men 
shuni aytishim kerakki. bundan keyin biz va dengiz Angliya hukmronligi 
ostida”
9

Kromvel ikki respublikaning birlashishidan voz kechdi. 1654 yilning iyunida 
ikki o’rtada sulh tuzishga qaror qildi. Sulh tuzish marosimida faqat
gollandlarning vakillari bo’lmasdan. Gollandiya ittifoqchilari Daniya 
qiroli, Shvetsariyaning protestant homiylari, Ganza shaharlari va Shimoliy 
Germaniyaning bir qancha protestant knyazlari ishtirok qildilar. Ayni bir 
vaqtda Kromvel Angliya uchun uncha xavfli bo’lmagan davlatlar Shvetsiya, 
Daniya va Portugaliya bilan ham savdo shartnomalarini imzoladi. 1653 yil 
Kromvel Stokgolmga ingliz diplomati Uaytlokni yuborib. Shvetsiya bilan 
shartnoma 
tuzishni 
topshirgandi
10
.Bu 
shartnoma,-degandi 
Kromvel 
Uaytlokka,-respublika uchun juda muhim. Qirolicha Xristinadan boshqa butun 
xristian olamida bunday davlatpanoh va davlat yo’qki, biz ular bilan do’stlik 
iplarini bog’lasak... Sizning hozirgi amalingiz gollanllar va daniyaliklar bilan 
ishlarimizni va savdomizni yaxshilashga katta vosita buladi". 
Shved dvoryanlarini ko’ndirish uchun Uaytlok ko’p urindi, shvedlar 
Angliyaga nafrat ko’zi bilan qarab, undagi voqealarni tikuvchilar ishi deb 
8
История дипломатии.т.1., c.288 
9
История дипломатии.т.1., c.288 
10
История дипломатии.т.1., c.288 


kinoya qilardilar. Shunga qaramasdan Uaytlok 1654 yilning 28 aprelida 
Shvetsiya bilan tinchlik va ittifoq traktatini imzolashga muvaffaq bo’ldi. 1654 
yilning sentyabrida Daniya bilan imzolangan traktatga ko’ra Angliya Zund 
orqali suzib o’tish huquqi berildi. Shu choqqacha bu gollanllar qo’lida edi. 
Portugaliya bilan tuzilgan shartnoma uni iqtisodiy jixatdan Angliyaga tobi 
qilib ko’ydi. 
Ispaniya bilan bo’layotgan ishlar va munosabatlar birmuncha mushkil 
edi. Ispaniyaning Angliyani birinchi bo’lib tan olishi va ispan elchisi 
Karden’yaning 
xatti-harakatlarining 
tezlashib 
borishiga 
qaramasdan 
shartnomani imzolash ishi nihoyatda sust va cho’zilib borardi. Inglizlar 
azaldan ispanlarga boshqacha munosabatda bo’lib ularga xasad bilan 
qarardilar. 
Chunki 
bu 
mamlakatning 
juda 
katta 
hududdan 
iborat 
mustamlakalari bor edi. 
Kromvelni protektor (xomiy) deb e’lon qilinishi Kardenyani cho’chitib 
qo’ydi, chunki o’rtada Fransiya bor edi, fransuzlardan har qanday 
buzg’inchilik ishlarini kutish mumkin edi, shuning uchun Karden’ya bilan 
Kromvel o’rtasida bo’lgan shaxsiy suxbatda Ispaniya tomonidan qanday 
yordam kerak bo’lsa, biz tayyor deb aytgandi. Undan tashqari qatl qilingan 
ingliz qiroli Karl I ning o’g’li yordam so’rasa unga rad javobini berishni aytib 
buning uchun Kromvel ispanlar bilan birga Franpiyaga qarshi turishini talab 
qilgan edi. Ammo Mazarini Ispaniya hukumatiga nisbatan ixcham xarakat 
qilib. Kromvelni o’z qiroli nomidan "aka"."uka",’’jiyan" va h.k. deb atashga 
tayyor ekanligini ma’lum qildi. Ammo Kromvel kardinalga menga 
protestorlik unvonidan boshqasi kerak emas deb, javob qildi. Mazarinn agar 
kerak bo’lsa sobiq qirol Karl 1 ning oilasini "yumshoqqina qilib" Fransiyadan 
chiqarib yuborishni ham aytgandi. 
Kromvelni bunday mayda-chuyda masalalar qiziqtirmasdi. Uning 
maqsadi Fransiya bilan Ispaniya ustidan hukmron bo’lish edi, shuning uchun 
ham raqiblariga yangi-yangi og’ir talablar qo’ya boshladi. Fransiya kuchli 
mamlakat edi. Uning bilan urush kutilmaganda. favqulodda bo’lishi mumkin 


edi. 
Ispaniya esa chirib borayotgan bo’lsa ham, lekin boy va osongina 
qo’lga keladiga ulushga ega edi. Ana shunday vaziyatni o’z qo’lida saqlab 
qolish maqsadida Ispaniya o’z mustamlakalarining Angliya bilan savdo 
qilishga qarshi edi. 
Angliya Ispaniyadan Vest-Indiya soxillarida erkin suzish va inkvizitsiya 
taqibini bekor qilishni talab qildi. Bu xaddan tashqari bo’lgan talab edi, hatto 
ispan 
elchesi 
ham 
xayratda 
edi: 
Kardenya 
norozilik-nafrati bilan: 
"Inkvizitsiyadan ozod qilish va Vest-Indiyada erkin suzish - bu mening 
davlatpanoximning ikki ko’zini o’yib olishdir", degandi
11

Kromvel ko’zi bilan qaraganda Ispaniya bilan bo’ladigan uchush 
muqarrar bo’lib qoldi. Bu urush matros (dengizchi)lar, zobitlar (ofiser)lar va 
askarlarni ishga soladi, ularning urush tufayli boyishiga yo’l ochadi. 
Xayolparastlarning aqli-xushini joyiga keltiradi va Angliyaning Yangi 
dunyoda xukmron bo’lishiga imkon yaratadi, deb o’ylardi Kromvel
12

Urush rasmiy holatda boshlanmasdan yangi dunyo qirg’oqlariga Penya 
eskadrasi yuborildi. O’rta Yer dengiziga esa Ispaniya sohillarida suzib yurgan 
vaximali Blek qumondonligidagi eskadra yuborildi. 
Pennga berilgan topshiriq Ispaniya mustamlakalarini bosib olish edi. 
Ammo San-Domingoni olish imkoniyati bo’lmadi. Chunki ispanlar bu 
xujumni qaytardilar. 
Bu voqea Ispaniyada ma’lum bo’lgach. Ispaniya hukumati ingliz 
kemalari va mulklariga embargo (taqiq) e’lon qildi. Ko’pgina ingliz 
savdogarlari hibsga olindi. qirol Kardenyaga Londonni tashlab kelishini 
buyurdi. Kardenya o’ziga yuborilgan fregatga Duvrdan 1655 yilning 24 
oktyabrida chiqayotgan vaqtda Kromvel Fransiya bilan tinchlik va savdo 
shartnomasini imzolayotgan edi
13

“Agarda bu shartnoma uzoq kutishlardan so’ng o’z qimmatini yuqotgan 
11
История дипломатии.т.1., c.289 
12
История дипломатии.т.1., c.289 
13
История дипломатии.т.1., c.289 


bo’lsada, -degandi fransuz elchisi Bordo. - ammo Kopaniya bilan bo’lgan 
uzilish unga yangi kuch ato etadi”
14
. Shu yilning 28 noyabrida Fransiya bilan 
tuzilgan shartmoma va Ispaniya bilan bo’layotgan urush haqidagi axborot 
London ko’chalarida xalqqa ma’lum qilindi. 
1656 yilning sentabrida Kromvel kelib chiqqan vaziyatni izoxlab, 
shundan degandi: “Biz Ispaniya bilan urush xolatidamiz. Biz bu urushni 
nochorlikdan boshladik. Ispaniya bizning buyuk dushmanimiz, dushman 
tabiiy, xuddi xudo ko’rsatganidek, u tulig’incha papizm bilan (katolik) 
sug’orilgan
15

Urush Kromvel vafotidan so’ng tamom bo’ldi, Ispaniya uchun urush 
muvofaqqiyatsiz bo’lib, inglizlar Yamayka orolini, ya’ni Amerikadagi qul 
savdosining markazini ishg’ol qilib, uni bosib oldilar. Bu yer inglizlarning 
yangi nusxadagi birinchi mustamlakalari edi, shundan so’ng mustamlaka 
bosib olish davlat ishiga aylandi. Ingliz savdogarlari davlatga o’z ta’sirlarini 
o’tkazib, Vest-Indiya yerlaridan to’liq foydalanish, Yamaykadagi yer 
uchastkalarini 
taqsimlab 
olish, 
ayniqsa 
mustamlakachilik 
ishiga 
aralashganlarga yer ulushlari berish talabi qo’yilib, bu yerda majburiy mehnat, 
qullar mehnatidan, shuningdek Irlandiya, Shotlandiya va Angliyaning o’zidan 
ko’chirilgan aholining mehnatidan xuddi qullardek foydalanish masalasi 
qo’yilgan edi. Ana shu tariqa Kromvelning Ispaniya mustamlakalarini bosib 
olish yo’li bilan XVIII asrda Britaniya mustamlakachilik imperiyasiga asos 
solindi. 
Inglizlar Yamaykani bosib olganlaridan so’ng, bo’lajak qirol Karl II 
Ispaniya 
xukumati 
bilan 
shartnoma 
tuzib. 
Ispaniyaning 
Angliyada 
monarxiyani tiklashga bergan yordami uchun Yamaykani qaytarmoqchi 
bo’ldi.
Kromvel xukumronligining oxiri katta harbiy g’alaba - ispan 
qo’shinlarining tor-mor qilinishi va 1658 yilda Yevropa darvozasi bo’lgan 
14
История дипломатии.т.1., c.289 
15
М.А.Барг. Великая английская революция и портретах ее деятелей. М.. "Мысл" 1991. с.245. 


Dyunkerkni olish bilan belgilanadi. 
Ingliz qo’shinlari bu yerda marshal Tyuren qumondonligida fransuz 
qo’shinlari bilan birgalikda urushdi. Urushgan ispan qo’shinlari tarkibida esa 
ingliz royalistlari kurashdi. 
Dyunkerk olingandan so’ng qit’aning kaliti Kromvelning belbog’ida 
osig’liq". -deb aytgandi uning sipohiylari. 1658 yilning 3 sentyabrida Kromvel 
vafot etadi. O’z g’alabasining natijasini ko’ra olmadi. 
Voris tariqasida uning o’g’li Richard qolgandi, lekin mamlakat xazinasi 
bo’m-bo’sh edi, albatta Angliyani bunday boshi berk ko’chadan olib chiqish 
qiyin edi. Richard xokimiyatni boshqarishda bo’shlik qildi, unga nisbatan 
qo’shin va uning boshliqlari kuchlilik qilib, parlamentni tarqatishni talab qildi 
va 1659 yilning 22 aprelida parlament tarqatildi. Ozgina vaqt o’tgach, ya’ni 
1659 yilning 25 mayida protektorat ag’darilib, xokimiyat uzoq muddatli 
parlamentdan qolgan "Dum" tiklanib, uning qo’liga o’tadi. 
Royalistlar zo’r berib, qirollikni tiklash va Karl I ning o’g’li Karl II 
Styuartni qirollikka tiklashni talab qildilar. 1660 yilga kelib Karl II Styuart 
Siti shahrida Angliya qiroli deb katta tantana bilan e’lon qilindi. Yangi 
dvoryan va burjuaziyaning inqilob vaqtida musodara qilingan mol-mulklari 
qaytarildi, ularning eski huquqlari tiklandi. 

Download 215.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling