Ingliz tili fonetikasi
etnografik dialektizmlar va semantik semantic dialektizmlar
Download 161.42 Kb.
|
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017
etnografik dialektizmlar va semantik semantic dialektizmlar. Masalan: 1. Kampir shotining yon yog 'ochini silab o’ynar, Enaxon og’zidan olgan saqichini ezib “soqqa” yasar... (Cho’lpon) 2. Jiyaningiz qishloqdan zig’ir moy olib keldi. Shuni chuchityapman.(T.Murod) 3. U yozlik kiyimini kiyib, to’ppa-to’g’ri birinchi klass nomerga bordi va o’zi uchun ajratilgan kichkinagina chigiling (bejirim) vas oz o’yiga o’rnashdi.(Cho’lpon) 4. Tok osti so’ri olachalpoq ko’laga bo’ldi. (T.Murod)
Muayyan sheva tarqalgan hududda yashovchi kishilarning o’zlariga xos bo’lgan urfodatlarning nomlari etnografik dialektizmlar deb yuritiladi. Bunday so’zlar tasvirning realligini ta'minlaydi: U eshikdan kirar - kirmas to’y to’qqizini xotiniga uzatib:-Qizing qani? - deya so’radi.(Cho’lpon) Biror so’z adabiy tilda ham shevada ham mavjud bo’lib, shevada adabiy tilda bo’lmagan ma'nosi bilan qo’llana oladigan so’zlar semantik dialektizmlar deb yuritiladi. Masalan: Men buvimdan (onamdan -M. Y.) beruxsat mehmon chaqirmayman.(Cho’lpon) Grammatik dialektizmlarning ham morfologik va sintaktik deb ataluvchi ichki guruhlari mavjudligini qayd etish mumkin. Masalan: Qurvonbibi bu haqiqatni o’zi-o’z ko’nglida necha marta takrorlagan bo’lsaykin. Bilamiz, taqsir, yangi uylangan odamdi gapga tutib bo’lmaydi. Shevaga xoslik iboralarda ham mavjud bo’iib badiiy matn qahramonlarining ma'lum bir hududga mansubligini va voqea-hodisalar bo’lib o’tayotgan o’rinni ta’kidlashga xizmat qiladi Masalan, Tog'ay Murod asarlarida Surxondaryo shevasiga xos frazeologizmlar ko’p qo’llanilgan: Xolilatib-xolilatib oyoq ildi. Men ovoz qo’yib chiriq berdim. Seni yo’qlab chiriq berdim. Chet va haqorat so’zlari Badiiy adabiyotda muayyan tasvir maqsadi bilan o’zga tilga oid so’z va iboralar qo’llanishi kuzatiladi. Tilning lug'at tarkibiga kiritilmagan, faqatgina og'zaki nutqda mavjud bo’lgan bunday chet so’zlaridan badiiy nutqda voqealar bo’lib o’tayotgan o’ringa ishora qilish, nutqiy vaziyat va unda ishtirok etayotganlarning milliy mansubligi, qahramonlar xarakteri haqida ma’lumot berish maqsadida foydalaniladi. Bunday birliklar varvarizmlar deb yuritiladi. Masalan, quyidagi parchada tatar millatiga mansub Fatxullin ismli amaldor nutqida keltirilgan varvarizmlar qahramonning qaysi millatga mansubliginigina emas, balki uning xarakterini ham to’liq ochib berishga xizmat qilgan: O’xu, tolkoviy malay shul. Bundan otlichniy kommunist chiqa. Ul partiya atisidan kechdi. Dinsiz ekanini dokazat etish uchun kolbasay yib kursatdi. Buni o’z ko’zingiz bilan ko’rdingiz. Tolko patriot kommunistgina kolbasani shulay yeyishi mumkin. Bravo, bravo! (S.Ahmad) Tilshunoslikda vulgarizmlar deb ataluvchi haqorat so’zlarida o’ta salbiy munosabat, kamsitish, mensimaslik, haqorat kabi bir qator ifoda semalari juda ochiq ko’rinib turgan bo’ladi. Bunday so’zlar ko’proq nominativ ma'nolariga ko’ra emas, ayni shu konnotativ ma'nolariga ko’ra nutqda yashaydi. Haqorat so’zlari badiiy asarlarda asosan, qahramonlar nutqida ishlatiladi. Lisoniy tahlil jarayonida badiiy asarga olib kirilgan vulgarizmlarni kimning (jinsi, ijtimoiy tabaqasi, mavqei, yoshi kabilar) nutqida ishlatilayotganligiga qarab guruhlash, qanday vaziyatlarda va nima sababdan qo’llanilayotganligini hamda ularning leksik-semantik tarkibi, shevaga xoslanganligi kabilarni aniqlash lozim bo’ladi.Misollar:– Hey! Baqqa tush enag'ar!, Momo qo-oldi... Yuraging sovudimi, haromi? Endi yaylov keng bo’ldi senga! Bog'da javlon urasan, silkasal! (Sh.Xolmirzayev) - Ahmoq! - dedi kampir. –Qayoqlarda sang'ib yurganding? (S.Ahmad) - Nima, nima? Menga til tegizdi? Nimalar deydi xotintatoq? (Cho’lpon) G’animat g'arniki, deydilar,-dedi Botir firqa. (T.Murod) Download 161.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling