Ingliz tili fonetikasi


Download 161.42 Kb.
bet36/47
Sana24.01.2023
Hajmi161.42 Kb.
#1115625
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Bog'liq
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017

Kichraytirish (litota) deganda mubolag'aning aksi tushuiniladi. «Lekin mohiyat e'tibori bilan ular qarama-qarshi hodisalar emas, har ikkisi ham voqelikni haddan
tashqari kuchaytirib tasvirlashga xizmat qiladi, faqat ularning ifodalanish usulida farq bor: giperbolada voqelik to’g'ridan - to'g'ri, bevosita bo’rttirib ko’rsatilsa, litotada biror voqelikni kichraytirish vositasida beriladi” –Tilimni qichitma, jo’jaxo’roz! Aytmadimmi, kuzda qiyqillab stolning tagiga kirib ketasan, deb... Eh-e, sening xo’roz bo’lishingga hali o’n to’rt prosent bor (A.Qahhor). Bunda qarshidagi insonni «jo’jaxo’roz» deb kichraytirish orqali o’zining kuchli ekanligi ta’kidlanyapti. Yoki, quyida berilgan misoldagi birinchi lofchi mubo’lag'adan foydalangan bo’lsa, ikkinchisining nutqida kichraytirish va mubolag'a birdaniga kuzatiladi, hatto mubolag’a orqali birinchi obyekt yo’qqa chiqarilyapti: Bir lofchi ikkinchi lofchining uyiga kelib dedi:
Sizga bir gilamni sovg'a qilib keltirdim, uning bir uchi bu yerda bo’lsa, ikkinchi uchi Samarqandda turibdi.
Ikkinchi lofchi unga darhol javob berdi:
Rahmat, yaxshi qilibsan, mehmonxonadagi gilamning ozgina yeriga o’t tushib kuygan edi, sen sovg'a qilgan gilamni o’shanga yamoq qilaman.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Badiiy matnda metafora qanday maqsadlarda qo’llaniladi?
2. Badiiy matnda metonimiyadan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
3. Badiiy matnda sinekdoxa qanday maqsadlarda ishlatiladi?
4. Kinoyadan badiiy matnda qanday maqsadlarda foydalaniladi?
5. Perifrazdan badiiy matnda qanday maqsadlarda foydalaniladi?
6. Mubolag'adan badiiy matnda qanday maqsadlarda toydalaniladi?
7. Badiiy matnda groteskdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
8. Kichraytirishdan badiiy matnda qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Adabiyotlar ro’yxati
1. Yo’ldoshev M., Isoqov Z., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili.– Toshkent:A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010.
2. Yo’ldoshev B. Frazeologik uslubiyat asoslari.–Samarqand, 1999.
3. Abdurahmanov X., Mahmudov N. So’z estetikasi.– Toshkent: O’qituvchi, 2002.
4. Boboyev T., Boboyeva Z. Badiiy san’atlar. – Toshkent: TDPU, 2001.
5. Yo’ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2008.
6. Yo’ldoshev M., Yadgarov Q. Badiiy matnning lisoniy tahlili fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish.–Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2007.
7. Mamajanov A. Tekst lingvistikasi.–Toshkent, 1999.
8. Yo’ldoshev M. Cho’lpon so’zining sirlari.–Toshkent: Ma’naviyat, 2002.

Download 161.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling