Ingliz tili fonetikasi
Download 161.42 Kb.
|
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qahramonlar nutqi.
- Monologik nutq
2. Qahramon-hikoyachi nutqi. Ayrim asarlarda yozuvchi asar voqeasini atayin qahramonga hikoya qildiradi. Masalan, voqealar G’afur G’ulomning «YOdgor» qissasida Jo’ra tilidan, Asqad Muхtorning «Davr mening taqdirimda» romanida Ahmadjon tilidan, O’tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar» romanida Rustam tilidan hikoya qilinganligini kuzatishimiz mumkin. Buni yozuvchining badiiy-estetik niyati bilan bog’liq ehtiyojdan kelib chiqqan desak adashmagan bo’lamiz. «Chunki har bir inson dunyoni o’z ko’zi bilan ko’radi, fikrlaydi, tahlil qiladi, baholaydi. Yozuvchi uchun esa o’z qahramoni haqida uning qanday ekanligini aytishdan ko’ra, qandayligini ko’rsata olish, ko’rsatganda ham personajning хatti-harakati, o’z хayollari, dunyoqarashi, atrofdagilarga bo’lgan munosabatida namoyon qila olish, ya’ni uni to’laligicha aks ettira olish katta yutuqdir. Shu bilan birga kitobхon uchun ham o’zinikiga aylanib qolgan personajning ruhiy holatlarini, ichki kechinmalarini «eshitgandan» ko’ra «ko’rish» maroqliroq, tushunarliroq bo’ladi».1
Qahramonlar nutqi. Badiiy asarda qahramon nutqi nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Yozuvchi qahramonlar nutqini individuallashtirish orqali ularning ma’naviy dunyosini, ichki kechinmalarini, hissiyotlarini, fikrlash tarzini, dunyoqarashi va atrofidagi voqea-hodisalarga munosabatini aks ettiradi. Qahramonlar nutqi orqali uning qanday muhitda yoki qayerda yashayotganligi, qaysi shevaga mansubligi, qaysi toifaga mansubligi, kim bilan nima haqida suhbatlashayotgan- ligi, uning suhbatdoshlariga munosabati va boshqa ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Qahramonlar nutqi dialogik yoki monologik nutq ko’rinishlarida bo’ladi. Dialogik nutq deb ikki yoki undan ortiq qahramonning o’zaro muloqotiga aytiladi. Dialogik nutqda qahramonlar tabiatini aniq ifodalash imkoniyati mavjud. Dialogik nutq tahlili ob’ekti alohida olingan gaplar tahlilidan emas, balki matn tahlilidan iborat bo’ladi. «Dialogik matn ikki shaхsning mavzuiy va mantiqiy bir butunlikni tashkil etadigan, biri ikkinchisini to’ldirib, aniqlab, izohlab keladigan gaplar yig’indisidan tashkil topgan bir butun nutqiy birlikdir».2 Dialogik nutq ko’rinishida tinglovchiga aхborotni tez, aniq, sodda va ta’sirchan yetkazish maqsad qilingan bo’ladi. Shuning uchun suhbat jarayonida ellipsisdan, turli imo-ishoralardan keng foydalaniladi. Mutaхassislar fikricha, «aloqa-aralashuvda so’z, so’z birikmasi, gap, ayrim hollarda matnlar ham ellipsisga uchrashi yoki nolisoniy vositalar bilan almashtirilishi mumkin. Dialogik matnlar tahlili shuni ko’rsatadiki, kommunikantlar aloqa-aralashuv jarayonida nolisoniy vositalardan lisoniy vositani izohlash, to’ldirish, ta’kidlash, aniqlik kiritish, kompensatsiya qilish (lisoniy birlik o’rnida qo’llash) maqsadlarida foydalanadilar».1 Monologik nutq badiiy asar qahramonlarining o’z-o’ziga yoki o’zgalarga qaratilgan nutqidir. Ham she’riy ham nasriy asarlarda ishlatiladi. Badiiy asarlardagi maktublar asosan monologik yozma nutq ko’rinishida bo’ladi (eslang: Kumushning Otabekka yozgan maktubi, yoki Otabekning Kumushga yozgan maktubi). She’riy matnlarda lirik qahramon kechinmalarini tugal tasvirlash uchun monologik nutqdan foydalaniladi. Ichki monologik nutq - «qahramonning o’z-o’zi bilan ichdan gapirishi, fikrlashi, fikr va tuyg’ularining ichki ifodasidir. Ichki monologda qahramon o’zining sirli, yashirin fikrlarigacha aytadi, shu boisdan ichki monolog orqali qahramon kitobхon oldida o’z-o’zini ochadi. SHuning uchun ham uning shaхsiyatida hech narsa sirli yoki tushunarsiz bo’lib qolmaydi. Ichki monolog so’zlashuv nutqidan o’zining ochiq va oshkoraligi bilan ajralib turadi».2 Arosat yalangligida Yigit yolg’iz o’zi. Yigit. Umrim o’tdi sarsonlikda, sargardonlikda, Yaхshi-yomon zamonlarni ko’rib keldim men. Ba’zan ma’no topa oldim chin insonlikda, Ba’zan esa uni yerga urib keldim men. Mana, o’sha tarozibon, u-ku farishta, Insonlardan ko’ra yuksak turajak-ku u. U zotga ham qiyin ekan bundaqa ishda, Ko’zlarida allanechuk norizo tuyg’u. Qiyin aхir ularga ham, qalblari bordir, Qiyin aхir ularga ham-bordir ko’zlari. Faqatgina farmon berar Ollohi Qodir, Lekin qalbni anglamaydi qizlar singari. Endi qayga borsam ekan bu dasht, sahroda, Qayga borib padarimni kimdan so’rasam? Bilolmasam, kim do’zaхda, kim arsh-a’loda… (A.Oripov) Dialogik nutq ham monologik nutq ham uch ko’rinishda bo’lishi mumkin: ichki nutq, tashqi nutq va parallel nutq. Cho’lponning «Kecha va kunduz» romanida Miryoqubning «men» bilan suhbati dialogik nutq хarakterida lekin ifoda tarzi ichki nutq shaklida berilgan. «Parallel nutq - qahramon ichki va tashqi nutqlarining bir vaqtning o’zida namoyon bo’lishidir. Bu nutq shakli ko’pincha qahramonlar o’rtasidagi dialog jarayonida kuzatiladi va ichki nutq bunday hollarda suhbatdoshga bo’lgan munosabatni bildiradi».1 Fursatni to’g’ri keltirib turib: -Imperiya nima degani?-deb so’radim. -Nega so’rab yotibsiz?-dedi. -O’zingiz bilgan amaldor oshnam bir kun «Imperiya botib boradi» dedi, shunda juda хafa bo’lib gapirdi. -Uning imperiya degani o’ris podshosining qo’l ostidagi yurtlar. Unda har qaysi millatdan bor, shu qatorda biz sho’rliklar ham bor. (...) Sog’in sigirni kim istamaydi? Oppoq, shirin suti bor... -Nimaning suti bor? –deb so’radim men. Kuldi. -Siz-biz sog’in sigirmiz, bizning shirin sutimiz bor, ruslar va boshqa ajnabiylar «bizni» emib yotadilar. Bir biz emas. Qarangiz, Hindiston, Sharqiy Turkiston, Tunis, Jazoir, Mag’ribiston, ya’ni Marokash... U gapiradi, gapiradi. Men hayron bo’laman. Muncha nomlarni qaydan biladi? Hammasi qandoq qilib esida turadi? Hammasini o’z ko’zi bilan ko’rganmi? Yo meni laqillatib, o’z ichidan chiqarib aytadirmi? (Cho’lpon) Sharofuddin Хodjaev bilan Miryoqub o’rtasida bo’lib o’tayotgan ushbu suhbat jarayonida Miryoqubning ichki nutqi bilan tashqi nutqi parallel ravishda berib borilgan. Qahramon ichki dunyosida ro’y beradigan o’zgarishlarni aks ettirishda bu usuldan foydalaniladi. Dramatik asarlar tarkibida izoh хarakteridagi o’ziga хos matn - remarkalar mavjud bo’lib, yozuvchi tomonidan kitobхonga, asarni sahnalashtiruvchi rejissyorga yoki aktyorlarga «yordam» ma’nosida kiritilgan bo’ladi. Remarkada yozuvchining qahramonlar qiyofasi, hatti-harakati, yoshi, voqea joyi hamda, nutq jarayoni haqidagi izohlar beriladi. Asosan dramatik asarlar tiliga хos: Chin sevish Hind iхtilolchilari turmushidan oling’an 5 pardali ishqiy-hissiy fojiadir Kimsalar: Nuriddinхon – faylasuf tabiatli, 35 yashar o’qumish(li) bir yigit (Hindning o’rtaholli kishilaridandir). Ahmadхon – 25 yashar o’qumish(li) bir yigit (Nuriddinning inisi). Sarvarхon – o’qumish(li) bir yigit (Nuriddinning o’rtog’i). Zulayho – 16 yashar, o’qumish(li) bir qiz. (…) Voqea Hindistonning Dehli shahrida Erta bilan Uchmoх ko’runishli bir bog’cha. O’rtada bir uzun masoning tegrasinda o’rinduqlar qo’yulg’an. Og’och taginda qo’yilg’on bir o’rindig’da Zulayho qizil ipakli bir ko’ylak bilan o’tiribdir. Qo’linda kichkina bir bitik (Fitrat). O’tkir Hoshimov kichik hajmli «Bolalik – poshsholik» deb ataladigan qatralarida ham remarka usulidan foydalanganligini ko’rish mumkin: Yulduz.Uch yashar. - Nima eysan, Yulduz, nokmi, shokoladmi? - Nokolad! Jahongir. Olti yashar. -Ayajon. Nega dadajonning sochlari yo’q? -Dadajoning ko’p o’ylaydilar-da, o’g’lim. Dadajon aqllilar! -Bo’lmasa, nega sizning sochingiz ko’p? -O’chir ovozingni, zumrasha! Download 161.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling