Ingliz tili fonetikasi


Download 161.42 Kb.
bet43/47
Sana24.01.2023
Hajmi161.42 Kb.
#1115625
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017

2. Kompleks tahlil. Tilning barcha sohalarga xos birliklar va ularning muayyan bir asarda qo’llanishini matnning umumiy mazmuni, janri, tarkibiy tuzilishi bilan o’zaro bog’liklikda olib o’rganish kompleks tahlilning asosini tashkil etadi. Bu xildagi tahlil umumfilologik yo’nalish, mazmun va xarakter kasb etadi. Shuning uchun matnni tahlil qilishdan avval adabiyotshunosiik va tilshunoslik bilan aloqador sohalarning tamal qonuniyatlaridan albatta xabardor bo’lishimiz kerak. Kompleks tahlil biror bir ijodkorga bag'ishlangan bo’ladi. Bunday tahlilni bir asarni turli sathlar bo’yicha yoki bir necha asarni bir sath bo’yicha o’tkazish mumkin. Masalan,
Abdulla Qodiriyning «O’tkan kunlar» romani lingvopoetikasi (til sathlari bo’yicha). Yoki Abdulla Qodiriy asarlari lingvopoetikasi. Bunda adib qalamiga mansub barcha asarlarning lisoniy xususiyatlari tekshiriladi va natijalar umumlashtirib tahlilga tortiladi. Bu oson ish emas. Shuningdek, bir yoki ikki kishining ishi ham emas. Adib asarlarini har taraflama tekshirish, tahlil qilish, shu kungacha qilingan barcha ishlarni bir joyga to’plash, tasniflash indeksli ma'lumotlar bazasini yaratish, zaruriy lug'atlarni tayyorlash va boshqa ishlarni amalga oshirish jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan lingvopoetikaning faoliyat doirasiga kiradi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Metodologiya, metod, tamoyil va usul deganda nimalarni tushunasiz?
2. Shakl va mazmun birligi tamoyilidan badiiy matn tahlili jarayonida qanday foydalaniladi?
3. Makon va zamon birligi tamoyili deganda nimani tushunasiz?
4. Badiiy matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga munosabatini aniqlash tamoyilini qanday izohlaysiz?
5. Badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash tamoyili deganda nimani tushunasiz?
6. Badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarining lisoniy va semantic xususiyatlarini aniqlash tamoyilini qanday izohlaysiz?
7. Badiiy matnni tahlil qilishda qanday usullardan foydalaniladi?
8. Lisoniy tahlilning qanday tiplarini bilasiz?

Download 161.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling